6- ma’ruza. Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari


Kriptografiyaning qisqacha tarixi


Download 0.93 Mb.
bet2/4
Sana08.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1342599
1   2   3   4
Bog'liq
3-maruza

Kriptografiyaning qisqacha tarixi

  • Eramizning 56-yili. Y.Sezar gallar bilan urush vaqtida shirflashning almashtirish turini qo‘llagan. Ochiq matn alfaviti ostiga sikl bo‘yicha (Sezarda uchta pozitsiyaga) siljitish orqali shu alfavit yozilgan. Shifrlashda ochiq matndagi alfavitlar, ya’ni yuqori qismda joylashgan harflar quyi qismdagi mos harflar bilan almashtirilgan. Bu turdagi shifrlash Y.Sezargacha ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin bunday shifrlash usuli uning nomi bilan yuritiladi

Kriptografiyaning qisqacha tarixi

  • Murakkab almashtirishlar shifri sifatida yunonlar shifri – «Polibiy kvadrati» sanaladi. Alfavit kvadrat jadval ko‘rinishida tasvirlanadi. Shifrlashda ochiq matn harfi jadvaldagi ikkita songa almashtirilgan – mos tushuvchi harfning joylashgan ustun va qator raqamlariga. Alfavitni jadvalda ixtiyoriy tarzda joylashtirish va u orqali qisqa xabarni shifrlash zamonaviy qarashlar nuqtai nazari bo‘yicha ham mustahkam shifrlash hisoblanadi. Bu g‘oya birinchi jahon urushida murakkab shifrlashlarda amalga oshirilgan.

Kriptografiyaning qisqacha tarixi

  • XV asrning ikkinchi yarmi. Vatikanda ishlagan, arxitektor va matematik, shifrlar to‘g‘risidagi kitob muallifi Leon Batista Alberta ikkita konsentrik aylana asosida almashtirish shifrini bayon qilgan. Birinchi aylanaga ochiq matnning alfaviti joylashtirgan bo‘lsa, ikkinchisiga shifrlovchi alfavit yozilgan.

Kriptografiyaning qisqacha tarixi

  • Bu shifrlovchi alfavitdagi harflar ketma-ket joylashtirilmagan. Matnda harflarning turli darajada qaytarilish xususiyatini Alberta birinchi bo‘lib shifrni yechish uchun qo‘llagan. Shuningdek, shifrlashning mustahkamligini oshirish uchun boshqa shifrlash tizimlari yordamida qayta shifrlashni taklif etgan.

Kriptografiyaning qisqacha tarixi

  • Germaniyalik Iogann Tritemiy (1462–1516) kriptografiya bo‘yicha birinchi darsliklardan birini yozgan. «Ave Maria» deb nomlangan ko‘p qiymatli almashtirishli original shifrlashni taklif etgan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling