6 – Ma’ruza: Foydali qazilma konlarining sanoat tasnifi
Download 327.27 Kb. Pdf ko'rish
|
6 маъруза Фойдали қазилма конларининг саноат таснифи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall foydali qazilmalar
- Nometall foydali qazilmalar
- Yonuvchi foydali qazilmalar
- Gidromineral xomashyo
6 – Ma’ruza: Foydali qazilma konlarining sanoat tasnifi Konlarning sanoat tasnifida metall elementlar metallurgiyada qo'llaniladigan xossalaridan kelib chiqib guruhlarga ajratiladi. Nometall elementlar esa xalq xo'jaligining sohalarida asosiy ahamiyatiga qarab tasniflanadi. Quyida ana shu tasnif keltiriladi (3-rasm): Metall foydali qazilmalar Hozirgi vaqtda foydali qazilma konlaridan 70 dan ortiq metallar ajratib olinib, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilmoqda. Metallarni eritib qayta ishlovchi sohalar qora va rangli metallur- giya hisoblanadi. Qora metallurgiya asosiy qora metallar-temir, marganets, xrom ma'danlarini qayta ishlaydi. Rangli metallurgiyada asosiy rangli metallardan (mis, rux, qo'rg'oshin, aluminiy, qalay, surma, vismut, simob) tashqari asl, kamyob, tarqoq va turli qotishmalari uchun maxsus metallar eritib olinadi. 3-rasm. Foydali qazilma konlarining sanoat tasnifi Metall ma'danlar monometalli (temirli, xromli, oltinli), metalli (qo'rg'oshin- rux, mis-molibden, surma-simob) va polimetalli bo'lishi mumkin. Ko'pchilik metall konlarida kamyob va tarqoq elementlar uchrashi xos bo'lib, ularni ajratib olish qazib olinayotgan xomashyoning qimmatini oshiradi. 1. Qora metallar: temir, marganets, xrom, titan. 2. Nodir metallar: volfram, molibden, qalay, surma, simob, nikel, vanadiy, kobalt, vismut. 3. Rangli metallar: mis, qo'rg'oshin, rux, aluminiy. 4. Asl metallar: oltin, kumush 5. Radioaktiv metallar: uran, toriy 6. Kamyob metallar: sirkoniy, gafniy, niobiy, tantal. 7. Yengil metallar: berilliy, litiy, rubidiy, seziy, magniy. 8. Tarqoq metallar: indiy, galliy, germaniy, talliy, kadmiy, selen, tellur, skandiy, reniy. Nometall foydali qazilmalar Nometal foydali qazilmalarga iqtisodiyotda o'zining muhim fizik va fizik- kimyoviy xossalari, mineral tarkibi tufayli ulardan turli mahsulot hamda materiallar olish mumkin bo'lgan xomashyolar kiradi. Nometall foydali qazilmalar guruhi 130 dan ortiq sanoat turidagi foydali qazilmalarni o'z ichiga oladi. Ular tabiiy holda yoki biror ishlov berib qo'llaniladi. Ko'pchilik nometall foydali qazilmalar umumiy xossalarga ega bo'lgani uchun bir-birini almashtirib sanoatda ishlatish mumkin. Shuning uchun ularni o'rganishda miqdoridan tashqari texnik, fizik- kimyoviy xossalari ham hisobga olinadi. Shu sababli ularga standart, texnik sharoit, konditsiya talablari qo'yiladi. 1. Kimyo sanoati va qishloq xo'jaligi uchun xomashyo: oltingugurt, fosfor, mineral tuzlar. 2. Industrial xomashyo: grafit, slyudalar, olmos, asbest, flyuorit. 3. Sopol, shisha, o'tga va kislotaga bardoshli xomashyo: dala shpati, gillar va kaolinlar. 4. Qurilish materiallari: qum, shag'al, gips, tog' jinslari. 5. Qimmatbaho va bezak toshlar: yoqut, feruza, nefrit, yashma, zumrad, olmos. Yonuvchi foydali qazilmalar Yonuvchi foydali qizilmalar “kaustobiolitlar” deb ataladi. Grek tilidan “kaustos” - yonuvchi, “bios” - organik hayot, “litos” – “tosh”, ya'ni “kelib chiqishi organik bo'lgan yonuvchi toshlar” degan ma'noni bildiradi. Ular qattiq (torf, ko'mir, yonuvchi slanetslar), suyuq (neft) va gaz (tabiy yozuvchi gazlar) holida bo'lishi mumkin. Yonuvchi foydali qazilmalar yoqilg'i energetika bazas ining asosini tashkil etadi va muhim xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega. Hech qaysi soha yonuvchi foydali qazilmalarsiz faoliyat ko'rsata olmaydi. Ular kimyo, metallurgiya, energetika sohalari uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Butun dunyoda qazib olinadigan foydali qazilmalarning 85 % yonuvchi foydali qazilmalarga to'g'ri keladi. Yonuvchi foydali qazilmalarning asosiy elementlari, ya'ni yonuvchi moddalari uglerod (C) va vodoroddir (H). Ularning miqdori qattiq foydali qazilmalarda 95 %, neft va gazlarda 80-85 % atrofida bo'ladi. Yonuvchi foydali qazilmalar tirik organizmlar va qsimliklarning hayot faoliyati va qisman chirishi natijasida hosil bo'ladi. Ko'mir, neft va gaz, torf, yonuvchi slanetslar. Gidromineral xomashyo Gidromineral (“gidro” grek. - suv) xomashyo guruhiga yerosti suvlari hamda tuz va balchiqli ko'llar kiradi. Yer osti suvlari chuchuk, shifobaxsh, sanoat, termal suvlar turla- riga ajratiladi. O'zbekiston hududidagi barcha yerosti suvlari o'zining gidro- geologik sharoitiga ko'ra ikki katta guruhga bo'linadi: 1. Tog' gidro- geologik hududi; 2) Tekislik gidrogeologik hududi. Bir yoki bir nechta bosimli suvli gorizontlar joylashgan hudud “artezian basseyni” deb ataladi. 1. Chuchuk suvlar. 2. Shifobaxsh suvlar. 3. Termal suvlar. 4. Sanoat suvlari. Download 327.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling