6 – Ma’ruza: Foydali qazilma konlarining sanoat tasnifi


Download 327.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.10.2023
Hajmi327.27 Kb.
#1702210
Bog'liq
6 маъруза Фойдали қазилма конларининг саноат таснифи



6 – Ma’ruza: Foydali qazilma konlarining sanoat tasnifi 
Konlarning sanoat tasnifida metall elementlar metallurgiyada qo'llaniladigan 
xossalaridan kelib chiqib guruhlarga ajratiladi. Nometall elementlar esa xalq 
xo'jaligining sohalarida asosiy ahamiyatiga qarab tasniflanadi. Quyida ana shu 
tasnif keltiriladi (3-rasm): 
Metall foydali qazilmalar 
Hozirgi vaqtda foydali qazilma konlaridan 70 dan ortiq metallar ajratib olinib, 
iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilmoqda. 
Metallarni eritib qayta ishlovchi sohalar qora va rangli metallur- giya 
hisoblanadi. Qora metallurgiya asosiy qora metallar-temir, marganets, xrom 
ma'danlarini qayta ishlaydi. 
Rangli metallurgiyada asosiy rangli metallardan (mis, rux, qo'rg'oshin, 
aluminiy, qalay, surma, vismut, simob) tashqari asl, kamyob, tarqoq va turli 
qotishmalari uchun maxsus metallar eritib olinadi. 
3-rasm. Foydali qazilma konlarining sanoat tasnifi 
 
Metall ma'danlar monometalli (temirli, xromli, oltinli), metalli (qo'rg'oshin-
rux, mis-molibden, surma-simob) va polimetalli bo'lishi mumkin. Ko'pchilik metall 
konlarida kamyob va tarqoq elementlar uchrashi xos bo'lib, ularni ajratib olish 
qazib olinayotgan xomashyoning qimmatini oshiradi. 


1. 
Qora metallar: temir, marganets, xrom, titan. 
2. 
Nodir metallar: volfram, molibden, qalay, surma, simob, nikel, 
vanadiy, kobalt, vismut. 
3. 
Rangli metallar: mis, qo'rg'oshin, rux, aluminiy. 
4. 
Asl metallar: oltin, kumush 
5. 
Radioaktiv metallar: uran, toriy 
6. 
Kamyob metallar: sirkoniy, gafniy, niobiy, tantal. 
7. 
Yengil metallar: berilliy, litiy, rubidiy, seziy, magniy. 
8. 
Tarqoq metallar: indiy, galliy, germaniy, talliy, kadmiy, selen, tellur, 
skandiy, reniy. 
Nometall foydali qazilmalar 
Nometal foydali qazilmalarga iqtisodiyotda o'zining muhim fizik va fizik-
kimyoviy xossalari, mineral tarkibi tufayli ulardan turli mahsulot hamda 
materiallar olish mumkin bo'lgan xomashyolar kiradi. 
Nometall foydali qazilmalar guruhi 130 dan ortiq sanoat turidagi foydali 
qazilmalarni o'z ichiga oladi. Ular tabiiy holda yoki biror ishlov berib qo'llaniladi. 
Ko'pchilik nometall foydali qazilmalar umumiy xossalarga ega bo'lgani uchun 
bir-birini almashtirib sanoatda ishlatish mumkin. Shuning uchun ularni o'rganishda 
miqdoridan tashqari texnik, fizik- kimyoviy xossalari ham hisobga olinadi. Shu 
sababli ularga standart, texnik sharoit, konditsiya talablari qo'yiladi. 
1. 
Kimyo sanoati va qishloq xo'jaligi uchun xomashyo: oltingugurt
fosfor, mineral tuzlar. 
2. 
Industrial xomashyo: grafit, slyudalar, olmos, asbest, flyuorit. 
3. 
Sopol, shisha, o'tga va kislotaga bardoshli xomashyo: dala shpati, 
gillar va kaolinlar. 
4. 
Qurilish materiallari: qum, shag'al, gips, tog' jinslari. 
5. 
Qimmatbaho va bezak toshlar: yoqut, feruza, nefrit, yashma, zumrad, 
olmos. 
Yonuvchi foydali qazilmalar 
Yonuvchi foydali qizilmalar “kaustobiolitlar” deb ataladi. Grek tilidan 
“kaustos” - yonuvchi, “bios” - organik hayot, “litos” – “tosh”, ya'ni “kelib chiqishi 
organik bo'lgan yonuvchi toshlar” degan ma'noni bildiradi. Ular qattiq (torf, 
ko'mir, yonuvchi slanetslar), suyuq (neft) va gaz (tabiy yozuvchi gazlar) holida 
bo'lishi mumkin. Yonuvchi foydali qazilmalar yoqilg'i energetika bazas ining 
asosini tashkil etadi va muhim xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega. Hech qaysi soha 
yonuvchi foydali qazilmalarsiz faoliyat ko'rsata olmaydi. Ular kimyo, 


metallurgiya, energetika sohalari uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Butun 
dunyoda qazib olinadigan foydali qazilmalarning 85 % yonuvchi foydali 
qazilmalarga to'g'ri keladi. 
Yonuvchi foydali qazilmalarning asosiy elementlari, ya'ni yonuvchi 
moddalari uglerod (C) va vodoroddir (H). Ularning miqdori qattiq foydali 
qazilmalarda 95 %, neft va gazlarda 80-85 % atrofida bo'ladi. 
Yonuvchi foydali qazilmalar tirik organizmlar va qsimliklarning hayot 
faoliyati va qisman chirishi natijasida hosil bo'ladi. 
Ko'mir, neft va gaz, torf, yonuvchi slanetslar. 
Gidromineral xomashyo 
Gidromineral (“gidro” grek. - suv) xomashyo guruhiga yerosti suvlari hamda 
tuz va balchiqli ko'llar kiradi. 
Yer osti suvlari chuchuk, shifobaxsh, sanoat, termal suvlar turla- riga 
ajratiladi. 
O'zbekiston hududidagi barcha yerosti suvlari o'zining gidro- geologik 
sharoitiga ko'ra ikki katta guruhga bo'linadi: 1. Tog' gidro- geologik hududi; 2) 
Tekislik gidrogeologik hududi. Bir yoki bir nechta bosimli suvli gorizontlar 
joylashgan hudud “artezian basseyni” deb ataladi. 
1. 
Chuchuk suvlar. 
2. 
Shifobaxsh suvlar. 
3. 
Termal suvlar. 
4. 
Sanoat suvlari. 

Download 327.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling