Time (Vremya) - vaqt (minut va sekundlarda);
Frames (Kadri) - kadrlar raqamlari;
Tracks (Zapisi) - asarlar raqamlari.
O’lchov birliklarini o'zgartirish imkoniyatlari ochilgan faylga bog’liq.
Darchaning pastki qismida ma’nosi yuqoridagi tavsiflardan tushunarli bo'ladigan boshqarish tugmalari joylashgan. Pause (Pauza) klavishasi Play (Vosproizvedenie) klavishasi bilan tutashtirilgan va bular vaziyatga ko'ra biri-birini almashtiradi. Sound Recorder dasturidagi kabi Stop (Stop) klavishasi sifatida Esc klavishi ishlatilishi mumkin.
Muayyan multimedia fayli ochilgach, Media Plaer dasturi darchasining sarlavhasida sichqoncha chap klavishasini ikki marta bossak, ekrandagi joy shakllanadi. Natijada ekranda eng zarur boshqaruv belgilari qoladi.
Tavsiyanomaning Device (Ustroystvo) bandidagi Volume (Gromkost) buyrug’i bilan tovushning baland-pastligi, muvozanati va tembri boshqariladi.
Media Plaer dasturi holatlarini sozlash muloqot darchasidagi ikki bayroqcha bilan amalga oshiriladi. Bu darcha o'z vaqtida tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi Options (Parametri) buyrug’i bilan ochiladi va quyidagi ko'rinishlarga ega:
Auto Revinel (Avtoperemotka) - multimedia fayli oxirigacha ifodalanasin, so'ng avtomatik tarzda qayta g’altaklab qo’yilsin.
Nazorat savollari:
Tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalarni sanab bering.
Ma’lumot tashuvchi vositalarni sanab bering.
Ta’lim jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanishni izoxlab bering.
Multimedia ilovalari qanday turga bo‘linadi?
Ijtimoiy media tuhunchasiga ta’rif bering.
Ijtimoiy media tarmoqlarni ta’lim jarayonida qo‘llash qanday afzalliklarni beradi?
Ijtimoiy media tarmoqlarni qo‘llashning qanday xavfli taraflari mavjud?
Multimedianing texnik vositalarini aytib berig.
Multimedianing dasturiy vositalarini aytib berig.
|
Adabiyotlar:
S.Tursunov, I.Nazarov. Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2019. 1-tom, 210-217 b.
S.Tursunov va b. Kompvuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. Toshkent. Choipon. 2013 y. 374-b
https://kompy.info/7-mavzu-multimediya-texnologiyalari.html
https://fayllar.org/mavzu-multimediyaning-asosiy-tushunchalari-audio-va-video-axbo.html
|
Do'stlaringiz bilan baham: |