6- ma’ruza: Multimedianing asosiy tushunchalari. Multimedia vositalari.
Mavzu rejasi:
Multimedia texnologiyalari.
Multimedianing apparatli vositalari.
Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari.
Multimedia dasturlari tavsifi.
Asosiy tushunchalar:
Multimedia - inglizchadan olingan: multi – ko‘p va media – tashuvchi, muhit.
1. Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatstiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir.
2. Vizual va audio effektlarning o‘zaro muloqotli dasturiy ta’minot boshqaruvida birgalikda nomoyon bo‘lishi. Odatda bu matn, tovush va grafikaning, so‘nggi vaqtlarda esa – animatsiya va videoning ham birlashishini bildiradi. Multimedia veb bog‘lamalari va ixcham disklarning tavsifli, agar eng muhimi bo‘lmasa, xususiyatli – gipermurojaatlardir.
3. Videotasvir va tovush bilan ishlash uchun apparatli va dasturiy vositalar majmui. Multimediaga ega kompyuterlar odatda kuchli videotizimga, videomagnitofon va
videokameralarni qo‘shish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va uni raqamli shaklda qattiq
magnit diskka yozishning apparatli vositalari, tasvirni ustiga qo‘shish vositalariga ega.
Multimedia vazifalari - videoni raqamli filtrlash va masshtabga solish, videoni apparatli raqamli zichlash va yoyish, uch o‘lchamli grafika (3D) bilan bog‘liq grafik
amallarni tezlashtirish, jonli videoni monitorga chiqarish, kompozitli video chiqishga ega
bo‘lish, TV signalini monitorga chaqirish.
Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni mujassamlantirish imkonini beruvchi zamonaviy kompyuter axborotlari texnologiyasidir.
|