6- ma’ruza: Multimedianing asosiy tushunchalari. Multimedia vositalari. Mavzu rejasi


Download 34.55 Kb.
bet3/12
Sana30.04.2023
Hajmi34.55 Kb.
#1415769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-mavzu Multimedia vositalari

- an’anaviy axborot turlar: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya ko’rinishidagi axborot turlari);
- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessorning xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor va video-xotira, katta sig’imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi.
Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tingloavchilarni o’qitish ikki barobar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi.
Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir. Bu professional bo’lmagan foydalanuvchini muloqot tavsiyanomalari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafika-ning turli samaralari kabi dastur ob’ektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi.
Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi.
Multimedia - kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga shuningdek magnitofon, elektr musiqa qurollari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.
Video bilan to’laqonli ishlash uchun videoma’lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama - videokarta zarur. Unga videoka-mera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Ammo videoshakllarni kompyuterda qayta ishlash bilan odatda tor doiradagi mutaxassislar shug’ullanadi xolos. Aksariyat foydalanuvchilar uchun videoelementlarni monitorda ifodalay olish etarli bo’ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo’lgan videoadapter va monitor etarlidir.
Tovushli (audio) va ayniqsa videoma’lumotni kompyuterda saqlash uchun taqqoslaganda nihoyatda kichik sig’imlar kerak bo’ladi. Shu bois multimedia sifatiga ega bo’lgan dasturiy mahsulotlar (o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnoma, entsiklopediya, hordiq chiqarishga mo’ljallangan turli dasturlar) odatda kompakt disklarda tarqatiladi. Bunday mahsulotlardan foydalana olishimiz uchun CD-ROM deb ataladigan jamlovchi zarur bo’ladi. U bo’lmasa kompyuterni muhokama etilayotgan ma’nodagi imkoniyatlari, kompyuter o’yinlari bilan chegaralanadi.
Tovush va video bilan ishlashni istagan foydalanuvchilar multimedia mahsulotlari kompyuter ma’lumotlari uchun mo’ljallangan doimiy xotiraga hamda SHKning mikroprotsessori, operativ xotirasi va videotizimga yuqori talablarni qo’yishini bilishlari lozim. Bunday yuqori sifatlar ayniqsa videoma’lumotlar bilan ishlashda zarurdir. Tabiiyki kelajakda bu yo’nalishdagi talablar yanada ortadi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari keng ekranli videoma’lumotlarni to’laqonli tasvirlash uchun etarli bo’lmagani uchun bu ma’lumotlarni zichlashtirishga majbur bo’ladilar. Bu amal oddiy ma’lumotlarni zichlashtirishdan farqli o’laroq, mos ma’lumotning to’laqonligini yo’qotadi. Videomagnitofonlarni zichlashtirish uchun texnik hamda dasturiy vositalar mavjud audioma’lumotlarni ham zichlashtirish mumkin, mos hajmlar katta bo’lmagani uchun bu amal unchalik dolzarb emas.
Tovush va video bilan ishlashga mo’ljallangan bir qator dasturiy vositalar mavjud.

Download 34.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling