6- ma’ruza optik aloqa tizimlarining passiv elementlari reja


Download 146.43 Kb.
bet1/6
Sana04.01.2023
Hajmi146.43 Kb.
#1077914
  1   2   3   4   5   6

6- MA’RUZA
OPTIK ALOQA TIZIMLARINING PASSIV ELEMENTLARI
REJA:

6.1. Optik tarmoqlagichlar.
6.2. Optik attenyuatorlar.
6.3. Optik filtrlar.
6.4.Optik izolyator va kompensatorlar.
6.5. Ajraladigan va ajralmaydiganoptik ulagichlar.
6.6. Optik multipleksor/demultipleksorlar.
6.7. Optik kommutatorlar.
6.1. Optik tarmoqlagichlar.

TOA tizimlarini eng muhim passiv elementlaridan biri optik tarmoqlagich (coupler) hisoblanadi. Tarmoqlagichlar kabelli televideniyening taqsimlangan tolali-koaksial tarmoqlarini qurishda, shuningdek davlatlararo to‘liq optik tarmoqlarni loyixalashtirishda keng qo‘llaniladi. Ikkala holda ham tarmoqlagichlar qo‘llanilmaganda, tarmoq juda qimmatga tushardi [1]. Tarmoqlagichlar yorug‘lik oqimlarni bir necha yo‘nalishlarga ajratadi yoki bir necha oqimlarni bitta yo‘nalishga birlashtiradi.


Splitter (cplitter)-odatda bir kirish va bir necha chiqishdan iborat qurilma. U signallarni ikki yo‘nalishda uzatish uchun yoki oqimni ikki yoki undan ortiq qurilmalarga va foydalanuvchilarga taqsimlash uchun ishlatilinishi mumkin.
Kombayner (combiner)-odatda bitta chiqish va ikki yoki undan ortiq kirishiga ega qurilma. U bir yo‘nalishli yoki ikki yo‘nalishli operatsiyalarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin [6].
Tarmoqlagichning asosiy turlari quyidagilardir: daraxtsimon tarmoqlagich; yulduzsimon tarmoqlagich; shaxoblagich.
Daraxtsimon tarmoqlagich (tree coupler) signal oqimini bitta kirishga qabul qilib, uni bir necha chiqishlarga taqsimlovchi va bunga teskari vazifani bajaruvchi qurilma. U signalni manbadan bir necha foydalanuvchilarga taqsimlash uchun qo‘llaniladi (16.1,a-rasm). Odatda daraxtsimon tarmoqlagichlarda quvvat hamma chiqishlarga teng taqsimlanadi. Daraxtsimon tarmoqlagichni hozirgi modelida chiqishlar soni 2 dan 32 gacha bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina daraxtsimon tarmoqlagichlar signallarni birlashtirish vazifasini ham bajarishi mumkin.
Yulduzsimon tarmoqlagichda(star coupler) kirish va chiqishlar soni bir xil. Optik signal n kirishlardan biriga tushadi va n chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. 2x2 va 4x4 yulduzsimon tarmoqlagichlar keng tarqalgan. Aralashtirib yubormaslik uchun kirishlar lotin xarflari va chiqishlar son bilan belgilangan (16.1,b-rasm). Yulduzsimon tarmoqlagichlar barcha chiqishlar o‘rtasida quvvatni teng darajada taqsimlaydi.
Shaxoblagich (otvetvitel) (tap) - bu chiqishlariga quvvat teng taqsimlanmaydigan, daraxtsimon tarmoqlagichni umumlashganidir (16.1,v-rasm). Ular 1x2, 1x3, 1x4, 1x5, 1x6, 1x8, 1x16, 1x32 tuzilishli bo‘lishi mumkin. Chiqish quvvatini ma’lum bir qismi (50% dan kam) shaxoblantirgich kanaliga (kanallariga) boradi, katta qismi esa magistral kanalda qoladi. Chiqishlari quvvatni kamayishi tartibida raqamlanadi [1].
Optik tarmoqlagichlar celektiv (to‘lqin uzunligiga sezgir) va noselektiv (to‘lqin uzunligiga sezgir bo‘lmagan)ga bo‘linadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan optik tarmoqlagichlar noselektiv elementlarga kiradi.

11.4- rasm. Tarmoqlagich turlari: a) - daraxtsimon tarmoqlagich; b) - yulduzsimon tarmoqlagich; d) – shaxoblagich.





Download 146.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling