6- ma’ruza optik aloqa tizimlarining passiv elementlari reja
Download 146.43 Kb.
|
6.4. Optik izolyator
Optik signal tola bo‘ylab tarqalib, turli bir turda emasliklardan, ayniqsa optik ulangan joylardan aks etadi. Bunday aks etish natijasida energiyaning qandaydir bir qismi teskari tomonga qaytadi. Agar lazer nurlanish manbalaridan foydalanilsa, aks etgan signal lazerni rezonatoriga tushib, majburiy (indutsiyalangan) kuchayish qobiliyatiga ega bo‘ lib, parazit signallarni hosil qiladi. Ayniqsa, manba raqamli va keng polosali signallarni nurlantirganda bunday aks etishlar kamroq bo‘ lishi kerak. Ko‘ proq konnektor ulanishlariga va boshqa optik qurilmalarga (tarmoqlagich, spektr bo‘ yicha zichlashtirish qurilmalari, optik kuchaytirgichlar) ega murakkab keng polosali tarmoqlarda bunday teskari aloqa kuchayadi va nurlanish manbaini shovqin sathini oshishiga olib keladi. Teskari oqimlarni bartaraf etish optik izolyatorlarni qo‘llashga asoslangan. Optik izolyatorlar deyarli yo‘ qotishlarsiz yorug‘likni bir yo‘ nalishda uzatishni, boshqa (teskari) yo‘nalishda esa katta so‘nish bilan uzatishni ta’minlaydi. Xozirgi kunda optik izolyatorlar ko‘pgina lazerli tizimlar va optik kuchaytirgichlarning asosiy elementi hisoblanadi, shuningdek optik aloqa liniyasining alohida elementi sifatida ham qo‘llaniladi. Optik izolyatorning ishi Faradey effekti bo‘ylama magnit maydon ta’sirida optik noaktiv moda bilan yorug‘lik qutblanishi tekisligini buzilishiga asoslangan. Qutblanish tekisligini burilish burchagi =VBzd ga teng, bu yerda V-Verde doimiysi (verdet)-moddani tabiati, harorati va yorug‘likni to‘ lqin uzunligiga bog‘liq bo‘ lgan, solishtirma magnit burilishi; Bz -magnit maydon induksiyasini bo‘ylama tashkil etuvchisi; d - moddada yorug‘lik yo‘ lini uzunligi-Faradey yacheykasi o‘lchami. Burilish yo‘nalishi faqatgina modda tabiati va magnit maydon yo‘nalishiga bog‘liq. Qutblanish tekisligini magnit burilishi, magnit maydon ta’sirida moddaning optik xususiyatlarini asimmetriyasini yuzaga kelishi bilan shartlanadi. Qutblanish tekisligi burilishini to‘lqin uzunliga bog‘liqligi aylanma dispersiya deyiladi. Download 146.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling