Reja: Optik tarmoqlagichlar. Optik attenyuatorlar. Optik filtrlar. Optik izolyator va sirkulyatorlar. Optik multipleksor/demultipleksorlar. Optik kommutatorlar
Download 29.83 Kb.
|
Reja Optik tarmoqlagichlar. Optik attenyuatorlar. Optik filtrla-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
- SAMARQAND – 2022
- 1. Optik tarmoqlagichlar.
Reja: Optik tarmoqlagichlar. Optik attenyuatorlar. Optik filtrlar. Optik izolyator va sirkulyatorlar. Optik multipleksor/demultipleksorlar. Optik kommutatorlar. Optik tarmoqlagichlar O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "Kompyuter injiniring" fakulteti "Telekomunikatsiya injiniringi" kafedrasi “Optik aloqa tizimlari” fanidan Mavzu: Optik aloqa tizimining passiv komponentlari: optik tarmoqlagichlar, optik attenyuatorlar, optik izalyatorlar, difraksion panjaralar, optik sirkulyatorlar, optik filtrlar, ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar. Bajardi: Aliqulov.S Qabul qildi: Nurmurodov.J.X SAMARQAND – 2022 Mavzu: Optik aloqa tizimining passiv komponentlari: optik tarmoqlagichlar, optik attenyuatorlar, optik izalyatorlar, difraksion panjaralar, optik sirkulyatorlar, optik filtrlar, ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar.. Reja: 1. Optik tarmoqlagichlar. 2. Optik attenyuatorlar. 3. Optik filtrlar. 4.Optik izolyator va sirkulyatorlar. 5. Optik multipleksor/demultipleksorlar. 6. Optik kommutatorlar. 1. Optik tarmoqlagichlar. TOA tizimlarini eng muhim passiv elementlaridan biri optik tarmoqlagich (coupler) hisoblanadi. Tarmoqlagichlar kabelli televideniyening taqsimlangan tolali-koaksial tarmoqlarini qurishda, shuningdek davlatlararo to‘liq optik tarmoqlarni loyixalashtirishda keng qo‘llaniladi. Ikkala holda ham tarmoqlagichlar qo‘llanilmaganda, tarmoq juda qimmatga tushardi [1]. Tarmoqlagichlar yorug‘lik oqimlarni bir necha yo‘nalishlarga ajratadi yoki bir necha oqimlarni bitta yo‘nalishga birlashtiradi. Splitter (cplitter)-odatda bir kirish va bir necha chiqishdan iborat qurilma. U signallarni ikki yo‘nalishda uzatish uchun yoki oqimni ikki yoki undan ortiq qurilmalarga va foydalanuvchilarga taqsimlash uchun ishlatilinishi mumkin. Kombayner (combiner)-odatda bitta chiqish va ikki yoki undan ortiq kirishiga ega qurilma. U bir yo‘nalishli yoki ikki yo‘nalishli operatsiyalarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin [6]. Tarmoqlagichning asosiy turlari quyidagilardir: daraxtsimon tarmoqlagich; yulduzsimon tarmoqlagich; shaxoblagich. Daraxtsimon tarmoqlagich (tree coupler) signal oqimini bitta kirishga qabul qilib, uni bir necha chiqishlarga taqsimlovchi va bunga teskari vazifani bajaruvchi qurilma. U signalni manbadan bir necha foydalanuvchilarga taqsimlash uchun qo‘llaniladi (16.1,a-rasm). Odatda daraxtsimon tarmoqlagichlarda quvvat hamma chiqishlarga teng taqsimlanadi. Daraxtsimon tarmoqlagichni hozirgi modelida chiqishlar soni 2 dan 32 gacha bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina daraxtsimon tarmoqlagichlar signallarni birlashtirish vazifasini ham bajarishi mumkin. Yulduzsimon tarmoqlagichda(star coupler) kirish va chiqishlar soni bir xil. Optik signal n kirishlardan biriga tushadi va n chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. 2x2 va 4x4 yulduzsimon tarmoqlagichlar keng tarqalgan. Aralashtirib yubormaslik uchun kirishlar lotin xarflari va chiqishlar son bilan belgilangan (16.1,b-rasm). Yulduzsimon tarmoqlagichlar barcha chiqishlar o‘rtasida quvvatni teng darajada taqsimlaydi. Shaxoblagich (otvetvitel) (tap) - bu chiqishlariga quvvat teng taqsimlanmaydigan, daraxtsimon tarmoqlagichni umumlashganidir (16.1,v-rasm). Ular 1x2, 1x3, 1x4, 1x5, 1x6, 1x8, 1x16, 1x32 tuzilishli bo‘lishi mumkin. Chiqish quvvatini ma’lum bir qismi (50% dan kam) shaxoblantirgich kanaliga (kanallariga) boradi, katta qismi esa magistral kanalda qoladi. Chiqishlari quvvatni kamayishi tartibida raqamlanadi [1]. Optik tarmoqlagichlar celektiv (to‘lqin uzunligiga sezgir) va noselektiv (to‘lqin uzunligiga sezgir bo‘lmagan)ga bo‘linadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan optik tarmoqlagichlar noselektiv elementlarga kiradi. 11.4- rasm. Tarmoqlagich turlari: a) - daraxtsimon tarmoqlagich; b) - yulduzsimon tarmoqlagich; d) – shaxoblagich. Download 29.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling