6- mashg‘ulot. Naslchilik xo‘jaliklarida qoramollarni bonitirovka qilish. Mashg‘ulotning maqsadi


Download 130.73 Kb.
bet1/2
Sana15.12.2022
Hajmi130.73 Kb.
#1008272
  1   2
Bog'liq
6-машғулот консалтинг


6- Mashg‘ulot. Naslchilik xo‘jaliklarida qoramollarni bonitirovka qilish.
Mashg‘ulotning maqsadi: Qoramollarni bonitirovka qilishdan maqsad ularning mahsuldorligiga, tirik vazniga, konstitusiyasi va ekstereriga, kelib chiqishiga hamda muayyan ishlab chiqarish sharoitida hayvonlarni ko‘zdan kechirib va oziqlantirish rejimi, asrash sharoiti, mahsuldorligi xarakteri to‘g‘risidagi zootexnik yozuvlardan foydalanib ularning nasliga baho berishdir. Bonitirovka qilish natijalariga qarab qoramollardan kelgusida qanday maqsadlarda foydalanish zarurligi va ulardan foydalanish tartibi belgilanadi.
Qoramol har yili kuz boshlarida (sentyabr-oktyabr) bonitirovka qilinadi. Bu davrda qoramollar semiz va ularning mahsuldorligi to‘g‘risida ancha to‘la ma’lumotlar to‘plangan bo‘ladi.
Bonitirovka qilishni naslchilik xo‘jaliklarida seleksiyachi-zootexniklar, Davlat naslchilik stansiyalarining mutaxassislari ishtirokida, shu xo‘jalikning zootexniklari o‘tkazadi. Ayrim hollarda shu zotni yaxshi bilgan va taklif qilingan mutaxassislar va ilmiy xodimlar ham o‘tkazishlari mumkin.
Bonitirovka qilishdan oldin xo‘jalikda ayrim fermalar va podalar bo‘yicha uni o‘tkazish kalendar plani tuziladi, shuningdek qoramollarning mahsuldorligi, naslchilik ishlarida ulardan qanday foydalanilayotganligi, ularning sog‘ligi va hokazolarga doir hamma materiallar tayyorlanadi. Dastavval sigirlarning qancha sut berayotgani, suti tarkibidagi yog‘ miqdori hisoblab chiqiladi, ularga qancha yem-xashak berilganligi va hayvonlarni yaxshiroq boqilgan davrdagi mahsuldorligi aniqlanadi.
Qoramollarning veterinariya parvarishi va shaxsiy nomerlarini tekshirish bonitirovka qilishdan oldin tugallangan bo‘lishi kerak. Lozim bo‘lsa yo‘qolgan yoki noaniq nomerlar tiklanadi. Bir vaqtning o‘zida hayvonlar tarozida tortiladi va bonitirovka qilish vedemostlariga ularning tirik vazn yozib boriladi.
Bonitirovka qilishda bonitirovkani o‘tkazuvchi komissiya ferma yoki sovxozdagi sigirlar, buqalar va 6 oyda oshgan barcha yosh qoramollarni ko‘zdan kechiradi, uning naslini aniqlaydi va qaysi klassga kirishini belgilaydi. Go‘shtga topshirish uchun mo‘ljallangan ho‘kizlar, olti oygacha bo‘lgan yosh qoramollar, shuningdek, surunkali kasali bo‘lgan kasal qoramollar bonitirovka qilinmaydi.
Qoramollarning nasldorligi naslchilik va zavod daftarlari, naslchilik guvohnomalari, o‘tgan yillaridagi bonitirovka vedemostlari asosida aniqlanadi. Bonitirovka qilishda: sof naslli hayvonlarga, duragaylarga va yaxshilangan jaydari qoramollarga ajratiladi. Ayrim hayvonlarni nasliga qarab u yoki bu gruppaga ajratish masalasiga hal etishda bonitirovka qilish to‘g‘risidagi qo‘llanmada bayon etilgan ko‘rsatmaga amal qilinadi.
Bonitirovka qilinadigan barcha qoramollar mahsuldorligi va naslining sifatiga qarab quyidagi sinflarga: elita-rekord, elita, birinchi klass va ikkinchi klasslarga bo‘linadi. Ikkinchi klass talablariga javob bermaydigan hayvonlar klassdan tashqari qoramollar qatoriga kiritiladi.
Mahsuldorligiga va tirik vazniga qarab hayvonlarni birinchi klassga, yosh qoramollarni esa tirik vazniga qarab barcha klasslarga o‘tkazish uchun bonitirovka qilishning maxsus qo‘llanmasiga ilovadan minimal talablar keltirilgan. Bu talablar hayvonlarning har bir nasli uchun alohida belgilanadi.

2. Sigirlarning klassi ularning kompleks belgilariga – tirik vazni, ekstereri va konstitusiyasi, sutdorligi va genotipi (zotdorligi, onasining klassi, otasining klassi, otasining avlod sifati bo‘yicha klassi) ni hisobga olgan baholanadi. Baholash natijasida sigirlar to‘plagan ballar yig‘indisiga qarab quyidagi klasslarga kiritiladi:
Elita rekord – 81 ball va yuqori
Elita – 71 – 80 ball
I klass – 61- 70 ball
II klass – 51 – 60 ball
Sut mahsuldorligi va sutidagi yog‘iga, tirik vazni va tana tuzilishiga qarab sigirlarning aniqlangan klassi asosida hayvonlarning kompleks klassi aniqlanadi. Agar qoramolning tirik vazni va gavdasi ikki klass past baho olsa, uning belgilangan mahsuldorlik klassi bir klassga pasaytiriladi.

Yosh qoramollarni bonitirovka qilish 6 oylik yoshdan boshlanadi. Bonitirovka qilishda ularning genotipi, ekstereri va konstitusiyasi, tirik vazni va shaxsiy mahsuldorligi bo‘yicha klassi hisobga olinadi. Genotipi bo‘yicha onasining klassi, otasining klassi, zotdorligi va otasining avlod sifati bo‘yicha klassini hisobga olgan holda 35 ballgacha beriladi. Ekstereri va konstitusiyasi 5 ballik shkalada baholanib, tana tuzilishi, umumiy ko‘rinishi va muhim tana qismlarining rivojlanishiga e’tibor qaratiladi. Tirik vazni zotning minimal talabalri bilan solishtiriladi. To‘plangan ballar yig‘indisiga qarab yosh qoramollar quyidagi klasslarga kiritiladi:
Elita rekord – 81 ball va yuqori
Elita – 71 – 80 ball
I klass – 61- 70 ball
II klass – 51 – 60 ball
Klassiz – 50 balldan past
Kompleks belgilari bo‘yicha buqalarni elita-rekord klassiga o‘tkazishda ularning o‘rtacha kunlik vazn o‘sishi nazorat baholash davrida 1000 grammdan oshishiga, zotdorligi IV bo‘g‘indan kam bo‘lmasligiga e’tibor qaratiladi.
Shaxsiy mahsuldorligi bo‘yicha buqachalar 7 – 15 oyligida baholanib, klassi aniqlanadi. Qoramollarning zotdorligi “yaxshilovchi” zotning qon ulushi bo‘yicha aniqlanadi.

  1. Nasldor buqalar 5 yoshga yetgunga qadar har yili bonitirovka qilinadi. Bunda buqalarning tirik vazni, ekstereri va konstitusiyasi zotning minimal talablari bilan solishtiriladi. Genotipi bo‘yicha zotdorligi, onasining klassi, otasining klaasi va otasining avlod sifati bo‘yicha klassi e’tiborga olinadi. Agar biror buqadan bo‘lgan sigirning mahsuldorligi o‘z onasining yok o‘sha podadagi boshqa sigirlarning mahsuldorligidan oshib ketsa, bunday buqaga boshqa belgilariga (tirik vazni, kelib chiqishi va tana tuzilishiga) qarab berilgan bahoni bir klass oshirish mumkin. Naslli buqalar to‘plagan ballar yig‘indisiga qarab quyidagi klasslarga kiritiladi:

Elita rekord – 81 ball va yuqori
Elita – 71 – 80 ball
I klass – 61- 70 ball
II klass – 51 – 60 ball
Elita-rekord va elita klasslariga kiritiladigan naslli buqalarning tirik vazni zot andozalarining I klass talablaridan yuqori zotdorligi IV bo‘g‘in va yuqori, eksterer bahosi 85 balldan kam bo‘lmasligi shart.




Download 130.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling