6- mavzu. Intellektual


Intellektual mulk va kapital obbyektlari va ularni himoya qilish uchun huquqiy rejimlar


Download 60.3 Kb.
bet2/7
Sana16.03.2023
Hajmi60.3 Kb.
#1279013
1   2   3   4   5   6   7

Intellektual mulk va kapital obbyektlari va ularni himoya qilish uchun huquqiy rejimlar


Intellektual mulk obbyektlarini boshqarishda, vujudga kelgan muammolarga huquqiy jihatdan yondashuv borasida huquqiy kategoriya-larning o‘rni katta. Moddiy mol-mulkka egalik qilishda bo‘lgani kabi intellektual mulk ham egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqi mavjudligini belgilaydi. Biroq, himoya obbyektlarining nomoddiy-ligi intellektual mulkning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi, ya’ni intel-lektual mulk qancha iste’mol qilinmasin, u tugamaslik tavsifiga ega bo‘lib qolaveradi. Agar siz biror bir mulkdordan moddiy buyum yoki ashyo olar ekansiz, ushbu vaziyatda u o‘z moddiy mulkidan ayriladi va mulk huquqi bevosita sizga o‘tadi. Mobodo siz o‘zgalarning intellektual faoliyati natijalariga egalik qiladigan bo‘lsangiz, siz o‘zingizga tegishli bo‘lmagan bilimlarga ega bo‘lasiz, bundan mavjud bilimlar kamaymaydi, tugamaydi va hatto o‘zining dastlabki egasini o‘zgartirmaydi ham.. Intellektual mulk masalalarini qarab chiqar ekanmiz, ko‘pincha intellektual mulkning bir qismi sifatida sanoat mulki tushunchasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Intellektual mulk huquqiga oid qonunchilik tarixan ikki yo‘nalishda rivojlanib kelgan: 1) mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik va 2) sanoat mulki to‘g‘risidagi qonunchilik. Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij konventsiyasiga muvofiq, sanoat mulki tushunchasi nafaqat sanoat yoki savdoga nisbatan qo‘llaniladi, balki keng ma’noda qishloq xo‘jaligi, unidiruvchi sanoat va kelib chiqishi tabiiy yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan: sharob, g‘alla, meva, qoramol, foydali qazilmalar, mineral suvlar, gullar, un kabi barcha mahsulotlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Shunday qilib, “sanoat mulki” atamasi etarlicha shartli hisoblanadi va intellektual mulkning ishlab chiqarishda (faqat sanoatda emas) foydalanilayotgan bir qismini ifoda etadi. Bular ixtiro patentlari, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tovarlarning kelib chiqish joy nomlari kabilar bo‘lishi mumkin. 1970-yillardan boshlab sanoat mulkining zamonaviy kontseptsiyasi "nou-xau" ni o‘z ichiga qamrab ola boshladi, so‘nggi paytlarda selektsiya yutuqlari va integral mikrosxemalar topologiyasini ham ular tarkibiga kiritish holati kuzatilmoqda. Ta’kidlash joizki, sanoat mulki obbyektlari va mualliflik huquqi obbyektlari innovatsion faoliyat mahsulotlariga bevosita bog‘liqdir.

    1. Download 60.3 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling