6- mavzu. Intellektual
Download 60.3 Kb.
|
Intellektual huquqlarIqtisodiyotni innovatsion tarzda rivojlantirishda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha harakatlar rejasiga muvofiq, “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qonun loyihasini tayyorlashning zaruriyati bir necha sabablarga asoslangan. Birinchidan, foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan patentga layoqatli obbyektlar doirasini kengaytirish. Ikkinchidan, muallifning patent olish uchun talabnoma topshirish hamda sanoat mulki obbyektidan foydalanish tartibini aniqlashtirish. Uchinchidan, talabnoma beruvchiga uning istagi bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini berish. To‘rtinchidan, talabnoma beruvchining selektsiya yutug‘iga patent berish jarayonini tezlashtirish hamda patent berish muddatlarini qisqartirish. Beshinchidan, talabnoma beruvchiga selektsiya yutug‘iga patent amal qilish muddatini tiklash imkoniyatini berish hamda intellektual mulk muhofazasini ta’minlash. Oltinchidan, “tovar belgisi”ga doir guvohnomani berish muddatlarini aniqlashtirish. Intellektual mulk instituti mazkur mulk obbyektlariga intellektual mulk huquqlarining mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu huquqlar qonunchilik tomonidan kafolatlanadi va quyidagilar: uchinchi shaxslarga nisbatan mutloq tavsifga ega bo‘lishi; u muhofaza qilinuvchi mamlakat chegaralari bilan cheklanishi; amal qilish muddatlarining cheklanganligi bilan tavsiflanadi. Intellektual mulk huquqining mutloq tavsifga ega bo‘lishi shunda ko‘rinadiki, u mulkdorning roziligisiz o‘zgalarning intellektual mulk obbyektlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yib bergan har qanday shaxsning harakatlariga nisbatan qarshi chiqadi. Intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan intellektual huquqlar mutloq (mulk) huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa huquqlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Moddiy navf olish imkonini beruvchi mutloq huquq: eng avval intellektual faoliyat natijalarining muallifida vujudga keladi; qonunga muvofiq shu huquqni qo‘lga kirituvchida paydo bo‘ladi; davlat ro‘yxatiga olingan taqdirda u himoyalanadi; Fuqarolik Kodeksida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari ma’lum bir muddat davomida amalda bo‘ladi; huquq egasiga intellektual faoliyat natijalaridan qonunga zid bo‘lmagan tarzda va o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish, boshqa shaxslar tomonidan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanilishiga ruxsat berish yoki foydalanishni ta’qiqlash imkoniyatini beradi; huquq egasiga litsenziya shartnomasi asosida intellektual faoliyat natijalaridan boshqa shaxsning foydalanishi uchun ruxsat berish huquqini beradi; intellektual faoliyat natijalari ifodalangan moddiy tashuvchilarga mulk huquqi bilan bog‘liq emas. Shaxsiy nomulkiy huquqlar doimo muallif bilan qoladi, ular ko‘chirilmaydi, meros qoldirilmaydi va abadiy himoyalanadi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar qatoriga mualliflik huquqi, nomga mualliflik huquqi, asarning daxlsizlik huquqi va boshqalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 99–moddasida shaxsiy nomulkiy huquqlar to‘g‘risida quyidagilar keltirib o‘tiladi: “Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.” Intellektual mulk to‘g‘risida gapirar ekanmiz, muallif va huquq egasi institutlarini farqlab olishimiz talab etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 23 martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006 yil 9 iyunda ma’qullangan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida muallifga – ijodiy mehnati bilan asar yaratgan shas, deb ta’rif berilgan. Huquq egasiga esa-mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rlari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo‘rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnomada yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar obbyektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar sifatida tushuntirish berilgan. Hammualliflarning har biri, agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, asarning o‘zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir. Hammualliflar o‘rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, asarga bo‘lgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.Agar hammualliflarning asari bo‘linmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni etarli asoslar bo‘lmay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan hech biri haqli emas8. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, mutlaq mualliflik huquqlari egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo‘lib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo‘ladi: aylana ichidagi lotincha «S» harfi; mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi); asar birinchi marta chop etilgan yil. Mualliflik huquqining muhofaza belgisida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan bo‘lmasa, mutlaq mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi. Mamlakatimizda intellektual mulk sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur agentlikning nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 noyabrdagi 394-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur nizomga ko‘ra quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obbyektlarini huquqiy muhofaza qilish; ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obbyektlarini ekspertizadan, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hisobga olishni tashkil etish va amalga oshirish; Davlat patent fondini va intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obbyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, ularning saqlanishini hamda iqtisodiyot real sektorining xo‘jalik yurituvchi subyektlari, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun qulayligini ta’minlash; 8Олий Мажлис Қонунчилик палатаси томонидан 2006 йил 23 мартда қабул қилинган ва Сенат томонидан intellektual mulk sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatish; korxonalar va tashkilotlarga chet eldagi milliy intellektual mulk obbyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha konsultativ va amaliy ko‘maklashish, shuningdek intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish; intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: intellektual mulk sohasida davlat siyosati va qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, selektsiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza qilish hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, ko‘rsatilgan obbyektlarning ustuvorligini belgilaydi, selektsiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, selektsiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza qilish hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasida umumiy ma’lum bo‘lgan tovar belgilarining tegishli reestrlarini va Ro‘yxatini yuritadi; ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga, berilgan buyurtmanomalarning belgilangan tovarlarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha, muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; ko‘rsatilgan selektsiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; Muhofaza qilish hujjatlarining va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi v.x; O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi9. Download 60.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling