6- mavzu: jadvallar va grafiklar (2 soat)


Download 47.05 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi47.05 Kb.
#1838337
1   2   3   4   5
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko`rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me`yorga aytiladi. U o`rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi.
Masalan, O`zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me`yor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlariga teng bo`ladi va, demak, shu miqdor deb o`qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir.

  1. shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;

  2. chiziqchalar bilan nishonlanib ma`lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar;

  3. shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.

5.1-chizma . Shkala (teng me`yorli).

0 ▪10 ▪20 ▪30 ▪ 40 ▪50
Shkala tayanchining har bir nuqtasiga o`rganilayotgan hodisaning ma`lum miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi ma`lum nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil O`zbekistonda 3.8 mln. tonna paxta hosili olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig`ining sanoq boshlanadigan “0” nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami yetishtirilgan paxtani bildiradi yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta “0” nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta orasidagi masofa o`lchami bilan tasvirlanadi.
Shkala tayanchi to`g`ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo`lishi mumkin. Shunga qarab shkalalar to`g`ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bo`linadi. To`g`ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg`ich (lineyka) misol bo`la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Ko`p o`lchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng me`yorli va o`zgaruvchan me`yorli bo`lishi mumkin. Grafiklarni statistikada qo`llayotganda odatda teng me`yorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan miqdorlar birbiridan keng ko`lamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda o`zgaruvchan me`yorli shkalalar ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki nimlogarifmik shkala kiradi. Unda shkala tayanchidagi kesmalar tasvirlanayotgan miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir.
Chiziqli grafiklarni tuzayotganda odatda koordinat sistemasi yoki maydonidan foydalaniladi. Buning uchun koordinat o`qlariga shkalalar joylashtiriladi. Ayrim paytlarda shkalalar tayanchida nishonlangan nuqtalardan (ingichka) to`g`ri chiziq o`tkaziladi va natijada raqamli setka hosil bo`ladi Raqamli setka statistik ma`lumotlarni grafiklarda aniqroq tasvirlash imkoniyatini yaratadi va ulardan foydalanishni birmuncha osonlashtiradi.

Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling