6- mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmalari


Download 27.22 Kb.
bet1/6
Sana02.04.2023
Hajmi27.22 Kb.
#1321913
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ahmadjon Hojibayev


6- Mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmalari.
1 Infratuzilmaning mohiyati. Respublikamizda kichik tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko'p jihatdan ular uchun yaratilgan shart- sharoitlarga bog'liq. Kichik tadbirkorlik rivojiga rivojiga wulay imkoniyat yaratuvchi shart- sharoitlar orasida infratuzulma xizmatini alohida ko'rsatib o'tish lozim.
Kichik tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarishni kengayib borishi bilan ularning texnik ta'mirlash, moddiy- texnika ta'minoti, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotish,
kommunikatsiya va aloqa, maslahat va axborot kabi bir qator xizmat turlariga talab ortib boraveradi. Chunki kichik tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxs maqomini berish bilangina ish bitmaydi. Ularning to'laqonli faoliyatini faqatgina mukammal tashkil etilgan infratuzilma bo'nmalari orqaligina tasavvur etish mumkin.
Infratuzilma iqtisodiy tizimning bir qismini tashkil etib, u ishlab chiqarishning bir maromda faoliyat yuritish uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi.
"Infratuzilma" so'zi lotin tilidan tarjima qilganda " tuzilmadan tashqarida" ma'nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan infratuzilma mohiyatiga quyidagi izoh ko'proq mos keladi. " Inson hayoti va ijtimouy ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta'minlovchi tovar va xizmatlar yaratishda o'ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi".
Keyingi yillarda infratuzilma yuqori sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari infratuzilmalar rivojidan oldinda bormoqda va iqtisodiyotning rivojlanishiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.
Infratuzilma keng qamrovli tushuncha bo'lib, bu avvalo ishlab chiqarish jarayoniga har tomonlama xizmat ko'rsatadigan xizmatlar turlarini yaratish bilan bog'liq. Infratuzilma bo'linmalari rivojlanib borishidan kichik tadbirkorlik subyektlari katta manfaat ko'radi, chunki bunday bo'linmalar ularni ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq ishlardan ozod etib, kuch g'ayratini asosiy faoliyatga qaratishga imkon yaratadi.
Infratuzilma tomonidan yaratilgan sharoitlarni o'z navbatida quyidagicha tushunish mumkin.
• bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi moddiy texnika ta'minoti va tayyor mahsulotni sotish, axborotni yig'ish va qayta ishlash, buxgalteriya xizmati. Texnologik, boshqaruv masalalari bo'yicha maslahat xizmatlari va boshqalar;
• ishchi kuchini takror ishlab chiqarish shart- sharoitlari ishchi va xizmatchilarning sog'lig'ini, ta'lim olishi va kasbiy tayyorgarligi, dam olishlarini qo'llab- quvvatlash.
Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar yig'indisidan iborat deb qarab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizim kirib kelishi bilan ishlab chiqarish infratuzilmasi ko'lami kengayib, "bozor infratuzilmasi" va "instutional infratuzilma" so'zlari iste'molga kirib bormoqda.
Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarni o'z ichiga oladi. Uning tarkibiga yuk transporti, elektr, gaz va suv ta'minoti, ombor xo'jaligi, aloqa, axborot, moddiy texnika ta'minoti, mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnik xizmat ko'rsatish, marketing va reklama, axborot- maslahat, auditorlik, moliya- kredit va investitsion kabi xizmat turlari kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi va xizmatchilarga normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror hosil qilish, shuningdek tadbirkorlarning turli maishiy xizmat turlariga talabini qondirish uchun xizmat qiladi.
Instutional infratuzilma iqtisodiyot rivojlanishining optimal makroiqtisodiy nisbatlarini qo'llab- quvvatlovchi va tartibga soluvchi sohalar faoliyat turlarini o'z ichiga oladi. Unga iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi davlat va nodavlat boshqaruv organlari va boshqalar kiradi. Kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarini tartibga solib va qo'llab- quvvatlovchi bozor infratuzilmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2.Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmasi turlari. Brokerlik idoralari, ulgurji va chakana savdo tuzilmalari, lizing konsalting va sug'urta kompaniyalari, bojxona xizmati, axborot- maslahat markazlari, injinering va auditorlik firmalari.
Keyingi yillarda respublikamizda bozor infratuzilmalarini faol shakllantirish jarayoni boshlandi. Bu jarayonning natijalari sifatida kichik tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi brokerlik idoralari, kichik ulgurji va chakana savdo tuzilmalari, lizing, konsalting kompaniyalari, axborot- maslahat markazlari, injinering, auditorlik firmalari, sug'urta kompaniyalari, transport- ekspiditsiya korxonalari, axborot- reklama byurolari va boshqa turli xil infratuzilmalar tizimi faoliyat ko'rsatadi.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishida unga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma muassasalarining tashkil etishi va xizmat sifati darajasining yaxshilanib borishi sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda.

Download 27.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling