6- mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmalari


Download 27.22 Kb.
bet2/6
Sana02.04.2023
Hajmi27.22 Kb.
#1321913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ahmadjon Hojibayev

Biznes- maktab - tadbirkorlarni, kichik korxonalarning rahbarlarini, kichik korxonalar uchun mutaxassislarni, ishsizlarni, o'z ishini ochmoqchi bo'lgan boshqa fuqarolarni, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas'ul bo'lgan xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tuzilma.
O'quv- amaliy markazlari - kichik tadbirkorlikni qo'llab- quvvatlash va bozor iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashning keng miqyosli dasturini amalga oshiruvchi tuzilma.
Biznes-inkubatorlar - maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o'z maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat, o'qitish va ofis xizmatlarini ko'rsatuvchi tuzilmalar.
Ijtimoiy- amaliy markaz - ish bilan band bo'lmagan aholi va ishsizlar o'rtasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish bilan shug'ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchi tuzilma.
Texnopark - o'z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va ruvojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma.
Biznes- markaz - tadbirkorlar va biznesmenlarga servis xizmatini ko'rsatuvchi tuzilma.
Konsalting- bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko'rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o'z mijozlariga maslahat xizmati ko'rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat.
Auditorlik kompaniyasi - bu turli yo'nalishdagi firmalarning bozor va biznes sohasidagi imkoniyatlarini aniqlab beruvchi moliya- xo'jalik faoliyatini yalpi taftishi bilan shug'ullanuvchi muassasa.
Sug'urta kompaniyasi - sug'urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya'ni sug'urta hodisasi ro'y bergan chog'da sug'urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini o'ziga oluvchi tashkilot.
Broker - mahsulot, qimmatbaho qog'ozlar, valyuta sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi rasmiy dallol. O'zi yoki mijozlar nomidan kelishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs.
Bojxona - chegara orqali o'tadigan jami yuklarni, shu jumladan bagaj va pochta jo'natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi.
Injiniring firmalari - ichki va xalqaro bozorlarda injiniring xizmatini ko'rsatish bo'yicha ixtisoslashgan korxona, firmalar. Bu firmalar bir korxona, kompaniya bilan cheklanmaydi. Ular turli tarmoqlarda xizmat ko'rsatishlari, ko'p ta'minotchilar va pudrat firmalari bilan aloqa qilishlari mumkin.
Lizing - asosiy fondlarni uzoq muddatga ijaraga olish. Yangiliklarni, ishlab chiqarish va sotishni moliya bilan ta'minlash usuli.
Buning natijasida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimizda yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovinligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo'lib bormoqda.

Download 27.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling