6- mavzu: Korxonalarda texnika xavfsizligini ta'minlash asoslari. Maqsad: korxonalarda texnika xavfsizligini ta'minlash. Reja
Xavfli elementning joylashishiga bog'liq ravishda to'siqlarning balandligi, mm (davlat standarti bo'yicha)
Download 86.73 Kb.
|
6- mavzu Korxonalarda texnika xavfsizligini ta\'minlash asoslari
Xavfli elementning joylashishiga bog'liq ravishda to'siqlarning balandligi, mm (davlat standarti bo'yicha)
Bunday hollarda xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni jarohatlanishini xavflilik darajasi, tormoz qurilmasining ishlashi vaqtiga bog'liq bo'ladi. Harakatlanayotgan uskunaning xavf sodir bo'lganda to'liq to'xtash Tt vaqtini quyidagi elementlarga ajratish mumkin. tт =t1+t2+t3, bu erda t1-avariya haqida ma'lumot olish va operator reaktsiyasi vaqti; t2-tomoz uzatmalari zvenolarida signalni ushlanish vaqti; t3-ishchi organlarning to'liq to'xtashigacha ketgan vaqt. Reaktsiya vaqti operatorning individual xususiyatlariga, bilimiga, yoshiga va boshqalarga bog'liq bo'ladi. Bu vaqt 0,4 sekunddan 1,5 sekundgacha bo'lishi mumkin. Signalni uzatkichda ushlanish (kechikishi) vaqti, uzatkich konstruktsiyasiga bog'liq bo'ladi va tadqiqot orqali aniqlanadi. Uni shartli ravishda qabul qilish mumkin; gidravlik uzatgichli tormozlar uchun 0,2 s, mexaniq uchun 0,3 s, pnevmatik uzatkichli tormoz uchun 0,6-0,7 s. Mexaniq tormozlarni tormozlash vaqti tormoz valining aylanish chastotasiga, o'lchamlariga, detallari massasiga va tormoz momenti qiymatiga bog'liq bo'ladi. Xavfsizlikni taminlash maqsadida iloji boricha tormozlash vaqtini qisqartirish kerak. Ammo shuni esda saqlash zarurki, tormozlash vaqtining kamayishi bilan dinamik nagruzkalar tez o'sadi va bu o'z navbatida detallarni sinishiga olib kelishi mumkin. Harakatdagi mashinalarni tormozlashning samaradorligi xavf sezilgandan so'ng uning to'liq to'xtash yo'lini o'lchami bilan baholanadi. Traktor va avtomabillarning nazariyasidan ma'lumki to'xtash yo'lini sodda quyidagi ko'rinishda izohlash mumkin: δ0 f эт x δ02 L0 = (t1+ t2+ 0,5t3) ----- + ------------ 3,6 254 f bu erda L0-to'xtash yo'li, m; δ0 –tormozlanganda boshlangich tezlik, km/soat; f et - tormozlashning ekspluatasion sharoitlari koeffitsenti; f -shinaning er bilan tishlashish koeffisienti. Agar avtomobil (traktor) g'ildiraklarida tormozi yo'q prisepni shatakka olgan bo'lsa to'xtash yo'li quyidagicha aniqlanadi. δ0 f эт x δ02 Ga + Gn L0 = (t1+ t2+ 0,5t3) ----- + ------------ + ------------ 3,6 254 f Ga bu erda ga – avtomabil (traktor) massasi, kg; Gn –prisep massasi, kg. Masofadan boshqarish. Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita xavfli zonada bo'lmasligi ta'minlanadi. Ishlab chiqarish jarayonining yaqinida insonni bo'lishi qiyin yoki mumkin bo'lmaganda jarayonni masofadan boshqarish usuli qo'llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi ishchining (operator) xavfli zonada etarlicha masofaga uzoqda bo'lishi ta'minlanadi. Masofadan boshqarish zamonaviy komplekslarida (ozuqa tayyorlash, gungni chiqarish va boshqalarda), oson alangalanadigan yoki toksik moddalar bilan (bo'yoq ishlari, urug'larni zararlash va boshqa.), ishlaganda, bug'li quritgichlarda, mevalarni quritish uskunalarida idishlarni bug'lashda va boshqa joylarda qo'llaniladi. O'zining ta'sir etish printsipi bo'yicha masofadan boshqarishning quyidagi sistemalari mavjud: 1. mexaniq; 2. gidravlik; 3. pnevmatik; 4. elektron; 5. kombinasiyalashgan. Mexaniq boshqarish uskunalar boshqarish pultidan uncha uzoq bo'lmagan masofada joylashganda qo'llaniladi. Agar boshqarish etarlicha uzoqlikdan amalga oshirilishi kerak bo'lsa boshqarishning boshqa sistemalaridan foydalaniladi. Download 86.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling