6- mavzu: Krivaship shatun mexanizmini tuzilishi va vazifasi. Reja


Download 1.57 Mb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1145301
  1   2
Bog'liq
6 mavzu


6- mavzu: Krivaship shatun mexanizmini tuzilishi va vazifasi.
Reja:
1. Silindrlar bloki va kallagi
2. Porshen guruhi
3. Shatunlar va tirsakli val


Silindrlar bloki va kallagi (yoki kallaklar) krivoship-shatun mexanizmining eng yirik va murakkab detallari hisoblanadi. 1-chizmadan ko'rinadiki, silindrlar bloki (5) va silindrlar kallagi (1) murakkab shaklga ega. Shuning uchun ular quyish usuli bilan tayyorlanadi. Ular orasiga germetiklikni saqlash uchun qistirma (prokladka) (9) qo'yiladi. Blokning old tomoniga (ba'zan orqa tomoniga) qistirma (6) qo'yib taqsimlovchi shesternalar qopqog'i (8) mahkamlanadi. Krivoship-shatun mexaniz-mining qolgan barcha detallari (2.2-chizma) silindrlar blokida joylashadi va ular, odatda, bir necha guruhga ajratiladi.
Silindrlar bloki. Uni asosan cho'yandan (CH 21-40, CH 18-36) va aluminiy qotishmasidan (masalan, AJ14) quyish usuli bilan tayyorlanadi. Cho'yan va aluminiy blok-karterlarining massalari nisbati taxminan 4:1 ga teng. Karterning yuqori qismi blok bilan bir butun holda qo'yilgan bo'ladi.
Quyib tayyorlangan silindrlar blokida, silindrlarni qamrab turuvchi sovitish g'ilofi, tirsakli valuing o'zak podshipniklari va taqsimlovchi valuing podshipniklari uchun tagliklar (uyalar), boshqa uzellar hamda detallarni o'rnatish uchun maxsus joylar mavjud bo'ladi. Cho'yan blok-karterlar silindrlar bilan yaxlit tarzda, bir butun yoki silindrlari (gilzalari) olib-qo'yiladigan qilib, aluminiy blok-karterlar esa faqat gilzalari olib-qo'yilacligan qilib tayyorlanadi. Gilzalar blokka zichlovchi qistirmalar yoki rc/.ina halqalar (3) (1-chizmaga qarang) yordamida zich o'tkaziladi. (iilzaning (yoki silindrlarning) juda aniqlik bilan ishlov berilgan ichki yu/asi uning ko'zgusi deb ataladi.
Silindrlar kallagi. Kallak silindrlarni yuqori tomonidan berkitadi. Unda klapanlar, yonish kamerasi, svechalar, forsunkalar joylashgan bo'ladi. Shuningdek, silindr kallagiga klapanlarning o'rindiqlari hamda yo'naltiruvchi vtulkalari tig'i/lik hisobiga o'tkazilgan. Silindrlar bloki bilan uning kallagi oralig'i, po'lal asbcslli qistirma yordamida zichlanadi. Silindr kallagi va klapanlar qopqog'i orasiga esa po'kak yoki rezina qistirmalar qo'yiladi.
Silindr kallagi aluminiy qotislimasi yoki cho'yandan quyib tayyor­lanadi. Silindrlari bir qator joylashllirilgan dvigatcllarda bitta kallak bo'lsa, V simon dvigatellarda esa bir neclila kallak bo'lishi mumkin. Masalan, 3HJI-130 dvigatelida ikkita (liar bir qalor uchun), ZMZ-240 dvigatelida to'rtta (har uch silindr uchun), KaiviA'J-740 dvigatelida sakkizta (har bir silindr uchun) kallak bo'ladi.
2.2. PORSHEN GURUHI
Porshen guruhiga porshcnlar, porshen halqalari va porshen barmoqlari kiradi. Porshen to'ntarilgan metall stakan ko'rinishida bo'ladi. U gazlar bosimini qabul qilib, porshen barmog'i va shatun orqali tirsakli valga uzatadi. Porshenlar asosan aluminiy qotishmalaridan quyib tayyorlanadi (2.2-chizma).
Porshen tub qismdan, zichlovchi va yo'naltiruvchi (yondor) qismlardan iborat. Porshen tubi va zichlovchi qismi porshen kallagini tashkil qiladi, Silindr kallagi va porshen tubi birgalikda yonish kamerasi hajmini chegaralaydi. Porshen kallagida halqalar uchun ariqchalar ochilgan. Dvigatel is'hlagan paytda porshenga o'ta qizigan ga/lar va uning yuqori bosimi ta'sir ko'rsatadi.
Dvigatel ishga tushirilganda porshen taqillamasligi hamda dvigatel yuklanish ostida ishlaganda porshen issiqlikdan kengayib, silindrga tiqilib qolmasligi uchun zarur tirqishni (zazorni) porshen konstruksiyasi ta'minlashi zarur.
Porshen yondoriga (yubkasiga) ko'ndalang kesim bo'yicha oval shakli va balandligi bo'yicha konus shakli beriladi hamda turlicha kesiklar hosil qilinadi, shu bilan birga porshenga issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti kichik bo'lgan metall plastinalar ham o'rnatilgan bo'ladi. Aralashma uchqunidan yonadigan ayrim dvigatellar porshenlarining yondori qiya kesikli qilib tayyorlanadi. Buning natijasida porshen ancha elastik bo'ladi va uni tiqilib qolishidan cho'chimasdan kerakligicha kichfk tirqish bilan silindrga o'tkazish imkoniyati yuzaga keladi.





2-chizma. ZIL-130 dvigatelning krivoship-shatun mexanizmi detallari:
Jilvirlash jarayonida porshen yondoriga oval shakli beriladi (ovalning katta o'qi barmoq o'qiga perpendikular bo'lishi zarur). Yon tomondan ta'sir etuvchi kuchlar va qizish natijasida porshen yondori ishlash jarayonida silindrsimon shaklga kirib oladi.
Porshen kallagining harorati yondorning pastki qismi haroratidan taxminan 100 - 150°C baland bo'lganligi bois, yondorning tashqi diametri kallak diametridan katta qilib tayyorlanadi.
Porshen yetarlicha sovitilmaganidan uning o'ta qizib ketishi katta 'xavf tug'diradi. O'ta qizish oqibatida porshenning tubi kuyib ketadi, silindrning ishchi yuzasi tirnaladi, halqalar kuyib, yopishib qoladi va hatto porshen silindrga tiqilib qolishi mumkin. Porshenni sovitib turishni yaxshilash maqsadida, ba'zan uning ichki yuzasiga moy oqimi yo'nal-tiriladi.
KaMA3-740 dizelining porsheni kompression halqalar joylashadigan qismiga maxsus cho'yan o'rnatilib, yuqori kremniyli aluminiy qotishrnasidan quyib tayyorlanadi. Porshen silindr bilan yaxshi ishqalanib moslanishi uchun hamda tirnalishning oldini olish maqsadida uning yondor qismiga kolloid-grafit qoplanadi. Porshen kallagining yuqori tomonida chuqurcha bo'lib, u yonish kamerasi vazifasini o'taydi.





Porshen guruhi detallari:
Bu chuqurchaning ikki yonida porshen klapanlarga tegib ketmasligi ik him maxsus o'yiqchalar ochilgan. PCHNda tirsakli valning posangilari porshenga tegmasdan o'tishi uchun porshen yondorining pastki qismida, ya'ni bo'rtiqli tuynuk (bobishka) ostida o'yiqchalar qilingan.
Porshen shatun bilan qo'zg'aluvchan birikma sifatida "erkin" barmoq (2) (o'z o'qi atrofida siljiydigan) shaklida biriktirilgan. Porshen barmoqlarini o'z o'qlari bo'ylab siljishini chegaralash uchun, bo'rtiqli tuynukka ochilgan ariqchalarga to'xtatgich halqalari (3) o'rnatiladi. Barmoq, ichi kovak bo'lgan kalta silindrik o'zak shakliga ega bo'lib, u asosan xrom-nikelli po'latlardan tayyorlanadi hamda mustahkamligini oshirish maqsadida ish sirti sementatsiya qilinadi va termik ishlov berib toblanadi.
Porshenda ikkita kompression (4,5) va bitta moy sidirgich (6) halqalar uchun ariqchalar ochilgan. Kompression halqalar porshenni silindr gilzasiga zichlab, gazlarni porshen yondori va gilza devorlari orasidan chiqib ketmasligini ta'minlaydi. Moy sidiruvchi halqalar silindr devorlaridan ortiqcha moylarni sidiradi va ularning yonish kamerasiga o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Porshen halqalari maxsus cho'yandan, ba'zan moy sidiruvchi halqa­lar po'latdan ham tayyorlanadi. Halqalarni porshenga kiydirish uchun halqalarda kesiklar bo'lib, u qulf deb ataladi.
Halqalar qizigandan so'ng silindrga tiqilib qolmasligi uchun silindrga o'tkazilgan halqalar qulfidagi tirqish 0,3 - 0,5 mm oralig'ida bo'lishi zarur. Porshendagi halqalar qulfi bir-biridan aylana bo'ylab bir xil masofada joylashishi kerak. Shunda gazlarni silindrdan chiqib ketishi kamayadi.
Kompression halqalar, ayniqsa, ulardan birinchisi (yuqoridagisi) juda ham og'ir sharoitda ishlaydi. O'ta qizigan gazlar bilan doimiy to'qnashishi va ishqalanib ishlashi natijasida birinchi halqa tez qizib ketadi (225 -275°C gacha), oqibatda uni moylab turish qiyinlashadi. Bu o'z navbatida halqa va silindrning yuqori qismi tez yeyilishiga sabab bo'ladi.
Yuqoridagi kompression halqaning yeyilishiga chidamliligini oshirish maqsadida uning yuzasiga g'ovak xrom qoplanadi. Qolgan halqalar tezroq ishqalanib, ish sharoitiga moslashishi uchun ularning tashqi sirtiga yupqa qilib qalay yoki molibden qoplanadi (KaMA3-740 dvigateli).
Porshen halqalari kesib qo'yilgan bo'lib, erkin holatda ularning diametri silindr diametridan katta bo'ladi. Shuning uchun halqalar o'tkazilgandan so'nggina silindr devorlariga zich yopishadi
Porshen ariqchalariga o'tkazil gan halqalar kichik tirqishli labirint
hosil qiladi.
Bu labirintdan chiqib ketmoqchi bo'lgan gazlar bir tomondan bosi-mini va tezligini yo'qotsa, ikkinchi tomondan halqalarni silindr devoriga zichlaydi.
Kompression halqalar ko'nda-lang kesimi bo'yicha turlicha shakl-ga ega. Ko'ndalang kesimi to'g'ri burchakli bo'lgan kompression halqa (1) (2.4-chizma, a) butun tashqi sirti bo'ylab silindrga jipslashadi. Silindr ko'zgusiga halqaning solishtinna bosimini kuchaytirish va tez mos-lashtirish halqaning tashqi yuzasiga konussimon shakl beriladi yoki ichki yuzasining yuqori tomonida o'yiqcha hosil qilinadi (2.4-chizma, b).
Moy sidiruvchi halqalar ham turlicha shaklga, ya'ni konussimon, kuraksimon, o'q bo'ylab va radial kengaytirgichli plastinasimon shaklarga ega (2.4-chizma, d). Moy sidi­ruvchi halqa yuqoriga harakatlan-ganda xuddi moyda "suzganday" bo'lsa, pastga tomon harakatlan-ganda uning o'tkir qirralari moyni sidirib tushadi.
Moy sidiruvchi halqalarda kompression halqalardan farqli o'laroq, moy o'tishiga mo'ljallangan o'yiqchalar hamda teshiklar bo'ladi. Moy sidiruvchi halqaga mo'ljallangan porshcndagi ariqchalarda ham porshenning ichki tomoniga moy o'tib ketishi uchun bir yoki ikki qator qilib teshiklar ochiladi.
3M3,3HJI dvigatellarining moy sidiruvchi halqalari ikkita disksimon po'lat halqalar (3), o'q bo'ylab kengaytirgich (4) va radial kengaytir-gichlardan (5) tashkil topgan. Po'lat moy sidiruvchi halqalar tez mos-lashishi va elastikligi tufayli silindr gilzalariga yaxshi jipslashadi

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling