6 – mavzu. Muammoli ta’lim texnologiyasi asoslari


Download 26.67 Kb.
bet1/3
Sana19.02.2023
Hajmi26.67 Kb.
#1214662
  1   2   3
Bog'liq
6 – mavzu. Muammoli ta’lim texnologiyasi asoslari


6 – mavzu. Muammoli ta’lim texnologiyasi asoslari
.
Muammoli ta’lim XX asrning 20-yillarida Amerikalik olim J.Dyui va uning shogirdi V.X.Kilpatrik tomonidan taklif etilgan. Bu texnologiya ta’lim jarayonida o‘qituvchi tomonidan muammoli vaziyatlar qo‘yilishi va o‘quvchilarning ushbu muammoni hal etish orqali bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga asoslanadi.
Muammoli ta’limda o‘qituvchi quyidagi usullar vositasida muammoli vaziyatlar hosil qiladi:
- o‘qituvchi o‘quvchilarga ziddiyatni ko‘rsatib, ularning uni hal etish yo‘lini topishga undaydi;
- amaliy faoliyatdagi qarama-qarshiliklar bilan to‘qnashtiradi;
- bir mavzu bo‘yicha turli qarashlarni bayon etadi;
- sinfda o‘quvchilarga hodisalarni turli nuqtai-nazardan qarab chiqishni taklif etadi (masalan, yurist, moliyachi, o‘qituvchi ko‘zi bilan qarash va h.k.);
- o‘quvchilarni taqqoslashga, umumlashtirishga, vaziyatdan xulosa chiqarishga, dalillarini solishtirishga undaydi;
- o‘quvchilar oldiga aniq savollar qo‘yib, ularni umumlashtirishga, asoslashga, aniqlashtirishga, mantiqiy fikrlashga chaqiradi;
- muammoli nazariy va amaliy topshiriqlar beradi;
- muammoli masalalarni (masalan, etarli bo‘lmagan yoki ortiqcha ma’lumotli yoki savol noaniq qo‘yilgan, bir-biriga zid berilgan yoki oldindan xatoga yo‘l qo‘yilgan yoki echilishga chekli vaqt qo‘yilgan masalalar). Muamoli texnologiyani amaliyotda qo‘llash uchun quyidagilar kerak:
1. Eng dolzarb muammolarni tanlash.
2. Turli o‘quv ishlarida muammoli ta’lim xususiyatlarini aniqlash.
3. Muammoli ta’limning eng samarali tizimini yaratish.
4. O‘qituvchining o‘quvchilar taqiqot ishini tashkil etishdagi mahorati.
5. Muammolarni hal etishdan kutilayotgan natijalarning amaliy, nazariy, bilim olishga oid ahamiyati (masalan, tadqiqot natijalari asosida turli tashkilotlarga hisobot yozish, gazeta, jurnallarda chiqish qilish va h.k.).
Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo‘lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g‘oya yotadi va muammoli vaziyatda bilish faoliyatining ketma-ketligi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
•muammoli vaziyat;
•muammoni echish yo‘llarini izlash;
•muammoning echimi.
An’anaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi va darslik bilimning asosiy manbasi bo‘lsa, muammoli o‘qitishning falsafasi va metodologiyasida o‘qituvchi tinglovchilarning izlanish-tadqiqotchilik faoliyatining tashkilotchisi, mutasaddi maslahatchisi va yordamchisi sifatida ko‘radi. Bu rol an’anaviy o‘qitishdagi roldan ancha murakkab bo‘lib, u o‘qituvchidan yuqoriroq mahorat talab qiladi.
Muammoli o‘qitish asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog J. Dyui g‘oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shahrida o‘qitish asosini o‘quv rejasi emas, balki o‘yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkil qilgan. O‘qish, hisoblash, yozish bo‘yicha mashg‘ulotlar bolalarning fiziologik balog‘atiga qarab, o‘z- o‘zidan paydo bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq o‘tkazilgan.
Muammoli ta’limning xususiyatlari quyidagilardan iborat.

Download 26.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling