6 – mavzu. Muammoli ta’lim texnologiyasi asoslari
Download 26.67 Kb.
|
6 – mavzu. Muammoli ta’lim texnologiyasi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Uchinchi hususiyat
- Konseptual aql
1. Birinchi hususiyat – bu o‘quvchining yangi tushunchani o‘quv muammolarini echish yo‘li bilan mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha maxsus intelektual faliyatidir. Bu faoliyat onglilik, bilimning chuqurligi va bilmning mustahkamligi, mantiqiy-nazariy va intuitiv fikrlashni ta’minlaydi.
2. Ikkinchi hususiyat – shundan iboratki, muammoli o‘qitish dunyoqarshning shakllanishida eng foydali vosita hisoblanadi. Jumladan o‘quv jarayonida tanqidiy, ijodiy, dialektik fikrlashlarni ochib beradi. O‘quvchining muammolarni mustaqil echish bilimlariga ishonch hosil qilishga undaydi va o‘ziga ishonch tizimini shakllantiradi. 3. Uchinchi hususiyat – nazariy va amaliy muammolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa qonuniyatlaridan kelib chiqadi. U ta’limning hayot bilan bog‘liqliligi tamoyillari bilan ta’riflanadi. 4. To‘rtinchi hususiyat – bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni mustaqil ishlashlarini eng samaradorli yo‘l bilan tashkil qilish va amalga oshirish hisoblanadi. Ya’ni o‘qituvchi mustaqil ishlarni bajarishni tashkil etadi. Muammoli ta’lim yangilik emas, unga 1894 yilda amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj. Dyuri (1895-1925) tomonidan asos solingan. U Chikagoda eksperimental maktab tashkil etar ekan, talabalarning qobiliyatlarini o‘rganib, ularni to‘rt guruhga ajratadi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy, tadqiqotchilik. Tadqiqotchilik xususiyatiga ega bo‘lgan bolalarga tadqiqot olib borish, muammolarni echimini topish, amaliy tajribalar o‘tkazish asosida ta’lim uyushtiriladi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga o‘zlari mustaqil ravishda javob topishga harakat qiladilar. Bunday yondashuv juda yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Ma’lumki aqlning uch turi ajratiladi: 1. Konseptual aql – hodisalarning mantiqiy, matematik, lingvistik masalalarini yaxshi hal qilish imkonini tug‘diradi. 2. Estetik aql – hodisalarning shaklini bilishga intilish, lekin har doim ham ularning sabablari bilan qiziqmaslik. 3. Ijtimoiy aql (sotsial) – asosiy diqqat shaxslararo munosabatlarda jamlangan bo‘ladi, shuningdek inson taqdiri, maqsadlar va qadriyatlar bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi. Muammoli ta’lim ham ana shu aqlning qay birini rivojlantirishga qaratilganligi bilan bir–biridan farq qilishi mumkin. Lekin ta’lim jarayonida biz ko‘pincha konseptual aqlni rivojlantirishga intilamiz. Bu borada ko‘plab pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilgan, ammo ijtimoiy aqlni rivojlantirishga juda kam e’tibor qaratiladi. Agar ijtimoiy aql jamiyatni rivojida juda katta ahamiyat kasb etishini eslasak, bu kechirib bo‘lmas kamchilik ekanini anglab etamiz. Muammoli ta’lim deyilganda, o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq: O‘quv materialini muammolashtirish; Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish; Ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish; O‘qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish. Muammoli vaziyatmuayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi hamda o‘rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. O‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo‘lidagi kutilmagan to‘siq» bilan bog‘langan aqliy mashaqqat holati emas, balki u bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o‘zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmasligi, ya’ni yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog‘lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo‘lmaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan tushuncha yoki faktning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo‘lgan vazifa, masala bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi. Muammoli ta’lim murakkabligiga ko‘ra turli darajada bo‘lishi, ya’ni tashkil etilishi mumkin. Bu talabalarning tayyorgarlik darajasiga, bilim darajasiga va fikrlash qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Download 26.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling