6- mavzu: Muloqot texnikasi va texnologiyasi
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI INTERVYUSI
Download 40.83 Kb.
|
6-mavzu. Muloqot texnikasi
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI INTERVYUSI
Muxbirlar ma'lumot olish uchun va maqolalarini boyishi uchun intervyulardan foydalanadilar. Yangiliklarni yig‘ishning bosh vositasi va tashkilotingiz uchun auditoriyaga o‘z ma'lumotlarini yetkazib berish uchun katta imkoniyatdir. Ommaviy axborot vositalari bilan intervyu omma oldida ularning yaxshi imidjini (ko‘rinishini) ko‘rsatuvchi vositadir. Shu sababdan ommaviy axborot vositalari bilan intervyular uchun quyidagicha maslahatlar mavjud: Hech qachon improvizatsiya qilmang. Ma'lumotning muvaffaqiyatli yetkazilishi tayyorgarlikka bog‘liq bo‘ladi. Professional media treneri bilan shug‘ullanasizmi, yoki ichki omma bilan aloqa jamoasi bilanmi, repititsiyalar uchun vaqt va urinishlarni ayamang. Turmush o‘rtog‘ingiz yoki sherigingizni yo bo‘lmasa ishongan do‘stingiz sizga axmoqona savollar berdiring. Qiyin va dushmanlarcha berilgan savollarga aniq, vijdonan va maqbul javoblarni qanday berishingizni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Katta joylardan oldin kichikroq joylarni olishga harakat qiling. Savdo ko‘rgazmalari boshlash uchun yaxshi nuqta joy bo‘lishi mumkin, u yerda ko‘p miqdorda ko‘rsatma beruvchi majlislar(brifing) o‘tkazishingiz mumkin, bu esa nisbatan do‘stona jurnalistlar jamoasi uchun odatiy holdir. Asablaringiz haqida qayguring. Asabiy bo‘lish odatiydir, ammo xatti-harakatlaringizni qo‘rquv yoki shubha egallashiga yo‘l qo‘ymang. Intervyuni nazorat qiling. O‘zingizga ishonch bilan tanishtirish va tashabbuskor qo‘l siqishdan boshlang. Kirishing va intervyu oluvchidan yana kim bilan gaplasha olishlari va qancha vaqt kerakligi kabi bir necha asosiy savollarni so‘rang. Bunday qilishingiz sizni vaziyat egasi aylantiradi, va sizning shu o‘yinda ekanligingizdan dalolat beradi. Download 40.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling