6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja
Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T
Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. Mehnat tarbiyasini
tashkil etish jarayonida o‘quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan tanishadilar. Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat ta’limi sinf xonalari, o‘quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o‘quv- tarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo‘jaliklarning dalalarda olib boriladi. Natijada ma’lum qiymatga ega bo‘lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar yaratiladi hamda ilg‘or kasb sohiblariga xos bo‘lgan shaxslik fazilatlari shakllanadi. SHu jihatdan olib qaraganda, bugungi kunda mehnat ta’limining mazmuni, maqsad va vazifalari o‘zgardi, texnologik ta’lim ustuvorlik kasb etdi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi darsini ham o‘quvchi ta’lim jarayonida oladi. Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta’limi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar, Umumiy mehnat jarayonida o‘quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo‘jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning to‘garklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga rioya qilganda samarali bo‘ladi. CHunonchi: - to‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni, o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi zarur; - texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan uzviy alohada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar); - ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish kerak bo‘ladi. To‘garak faoliyati jarayonida o‘quvchilar o‘z kollejlari uchun o‘quv- ko‘rsatmali qurollar: jadvallar, rasmlar, diagrammalar, kolleksiyalar, oddiy modellar, yuqori sinflarda – stendlar, harakatdagi modellarni yaratish mumkin. Tabiatshunoslik, botanika, zoologiyadan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘quv-tajriba uchastkalarida ishlaydilar, jonli burchaklar tashkil etadilar, o‘quv maskanini ko‘kalamzorlashtiradilar. Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o‘z- o‘ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro‘zg‘or texnikalarini ta’mirlash bilan shug‘ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog‘liq topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil etishning imkoniyatlari cheksiz. So‘nggi yillarda o‘quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e’tibor bermoqda. Yirik fermer xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalarning jamoalari maktablarni otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o‘quvchilarning bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar. Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: Мехнат фаолияти ўқув мехнати Ижтимоий-фойдали мехнат ўз-ўзига хизмат қилиш Унумли мехнат 29 - чизма. Ме хнат фаолиятининг асосий турлари O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir. Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir. Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir. Unumli mehnat turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga em-xashak tayyorlash va shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat – o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi. O‘quvchilar hozirgi davrda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida ishtirok etadilar, Dorivor o‘simliklar, urug‘larni yig‘ish, maktab binolarini ta’minlashda qatnashmoqdalar, fermer, shirkat va jamoa xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni tashkil etishda ishtirok etmoqdalar. Ayni vaqtda, juda ko‘plab maktablarda yordamchi xo‘jalik mavjud. Korxona va xo‘jaliklar ta’lim muassasasiga majmuaviy yondashuv asosida mehnat tarbiyasini tashkil etishga ko‘maklashmoqdalar. O‘quvchilar ishlab chiqarish sub’ektlarining iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishadilar, Bu jarayon ularni turli kasblarni egallash shartlari va sharoitlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro‘y berayotgan ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar shaxs kamolotiga nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda. Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma’lum faoliyatni bajarishda mas’uliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik ko‘rsatish, o‘z aqliy va jismoniy qobiliyatini to‘liq namoyon etishga bo‘lgan ichki ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo‘lida amaliy harakatni olib borish shular jumlasidandir. Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: - o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanligining anglab etilishiga erishish; - ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat uyg‘otish; - o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka egalik, xususiy mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha yondashuvni talab etmoqda. Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv dasturlari, ta’lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha yaratiladi. Ularda kasbiy ta’limni o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan davlat talablari o‘z ifodasini topadi. Ta’lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya’ni, mehnatga bo‘lgan layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Bu esa mehnat tarbiyasida an’anaviy metodlarni emas, balki bilim olishning faol metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotchilik hamda ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo‘llashni nazarda tutadi. Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash, loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olish, shuningdek, tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng samarali metodlardan sanaladi. Mehnat ta’limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari o‘qituvchi tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga mehnati muvaffaqiyatidan quvonch baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin. Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat ta’limi mazmunini ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta’minlashi lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir. Mehnat tarbiyasida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasida mehnat tarbiyasi yo‘nalishidagi tadbirlarning o‘rin olishini ta’minlash muhim pedagogik vazifalardan biridir. Mehnat tarbiyasi turli an’anaviy va noan’anaviy shakllarda tashkil etiladi (30 - chizma). Demak, o‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: Мехнат тарбияси - ме хнат байрами, ўқувчилар ясаган буюмлар кўргазмаси; - хашарлар уюштириш; - қаровчиси йўқ, бемор, кекса ва ногирон кишиларга кўрсатилувчи инсонпарварлик ёрдами; - кўкаламзорлаштириш; - таъмирлаш (мактаб биносини); - «Мохир қўллар» тўгарагининг фаолияти - 30 - чизма. Ме хнат тарбиясининг ташкилий шакллари Mehnat faoliyatining turidan qat’iy nazar mehnat madaniyatini shakllantirish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z joyini tartibli saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish. «Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog‘liq?», «Xo‘jalikning qiymati qancha turadi?», «Har birimiz iqtisodchi bo‘lishimiz mumkin», «O‘quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?», «Iqtisod bizning hayotimizda», «Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?», «Tajamkorlik nima?» va hokazo mavzularda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi o‘zining ijobiy natijalarini beradi. «YOsh iqtisodchi» markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir Bularning barchasi o‘quvchilarda quyidagi xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi: - mehnat faoliyatiga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o‘z burchini his etish; - tejamkorlik, rejalilik; - intizomlilik, uddaburonlik; - uyushqoqlik, ishchanlik; - tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lish va boshqalar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling