6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T
6- MAVZU: O‘QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH. TARBIYA TURLARI. AQLIY, MA’NAVIY- AXLOQIY, ESTETIK, MEHNAT HAMDA JISMONIY TARBIYA. Reja: 1.Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g’oyani shakllantirish o’quv- tarbiya jarayonining tarkibiy qisimlari. 2.O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qisimlari. 3.Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 4.Aqliy tarbiya vositalari. 5.Iqtisodiy tarbiya-o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida. 6.O’quvchilarning ekalogik tarbiyasi. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida Shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o‘rni, mohiyati, hayotiy yo‘nalishini, o‘zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Shuningdek, dunyoqarash «dunyoni tushuntirish», «dunyoni his qilish», «ifodani idrok qiliish» kabi tushunchalar bilan yaqin ma’nodosh ekanligini aytish joiz. Dunyoqarash tushunchasi mafkura tushunchasi bilan aloqador. Mafkura bizning nazarimizda mehnatsevarlikka, milliy ong, milliy g‘oya, milliy g‘ururni tarbiyalashga, o‘zni- o‘zi anglashga, millatimiz bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot yo‘liga qanday yondashishimizni bilishga, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, rasm-rusmlarimizni qayta tiklashga va yanada rivojlantirishga qaratilgan. Bizning milliy istiqlol mafkuramiz davlat mustaqilligini mustahkamlashda, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishda aniq maqsad va yo‘nalishlarga tayanadi. Uning yordamida xalqimiz inson huquqini himoya qiladi, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptiradi, kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lida o‘zida kuch topadi. Eng muhimi istiqlol mafkuramiz, milliy g‘oyamiz insonni halol va pok hayot kechirish, beva- bechoralar, qarovsiz qolgan bolalarga nisbatan diqqat va e’tiborda bo‘lishkabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga asoslanadi. Dunyoqarash insoniyatni o‘tmish merosi, hozirgi hayot va bundagi Sharoitlar, tizimlarning anglab olinganligi, qadriyatdir. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzi, hayoti, axloq- odobi, madaniyatini yanada o‘zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yig‘indisidir. Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lishs haxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling