Mantiqiy fikrlash:
Bilimlarga mantiqiy ishlov berish usullarini egallash, ya’ni oldin
o‘rganilgan va yangi bilimlar orasida umumlashgan aloqadorlikni o‘rnatish;
Tushunchalarga tavsif bera olish;
Muhokama, isbotlash, rad etish, xulosa chiqarish, faraz, bashorat
qilish usullarini egallash bilan xarakterlanadi.
Umumlashgan fikrlash hodisalarni muayyan guruhlarida ko‘p uchraydigan
harakat usullari yoki umumiy tamoyillarni topa olish bilan xarakterlanadi.
Nazariy fikrlash:
Yuqori darajada umumlashgan bilimlarni egallashga layoqatlilik;
U yoki bu sohadagi bilimlarning rivojlanish tamoyillari va ilmiy
asoslarini tushunish bilan xarakterlanadi.
Texnik
fikrlash
texnika
bilan
ishlashga
insonning
psixologik
tayyorgarligini, iщlab chiqarish jarayonlarining umumiy tamoyillari va ilmiy
asoslarini tushunishni talab etadi.
Reproduktiv fikrlash ma’lum turdagi vazifalarni hal etish yoki aniq
Sharoitlardagi harakatlarni bajarish uchun zlashtirilgan bilimlarni faollashtirish
bilan bog‘liq.
Ijodiy fikrlash oldin unga tanish bo‘lmagan yangi vazifalarni insonning
mustaqil hal etishi.
Tizimli fikrlash insonning fanlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olishi,
umumiy, jamiyat va tabiat rivojlanish qonuniyatlarini bilishi asosida yuzaga keladi.
Kategorial fikrlash – tushunchalarni bir sinf va guruhlash asosida paydo
bo‘ladi. Masalan, “it-ot-mushuk”, ularning qatorida yo‘lbarsni qo‘yish mumkin
emas, chunki bu erda faqat uy hayvonlari birlashtirilyapti.
Induktiv fikrlash – xususiy fikrdan umumiy fikrni paydo bo‘lishi orqali
yuzaga chiqadi. Faktlardan umumlashma hosil bo‘ladi.
Deduktiv fikrlash – umumiy fikrdan xususiy fikrlash asosida kelib chiqadi.
Masalan, qoidadan misollarni keltirib chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |