6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana12.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1190505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

 
Iqtisodiy 
tarbiya 
– 
o’quvchilarning 
ilmiy 
dunyoqarashini 
shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida 
 
Bolalarga 
maktab 
va 
oila 
s haroitida 
iqtisodiy 
tarbiya
beris h muammosi ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri 
bo’lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir paytda yoshlarda 
iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. 
Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega 
bo’lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik,
Mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni 
shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. 


Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o’rgatadi. Bu jarayonda bola 
hisob-kitob 
qilishni ham o’rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik 
xususiyatlariga ega bo’ladi. 
Farzand oilada ota-ona tajribalari ta’sirida tarbiya ko’radi. Ota-ona har 
qadam, har nafasda bolaga saboq beradi: 
Ishlab chiqarish korxonasidami, ro’zg’ordami, tabiat bag’ridami, qayerda 
bo’lmasin, tejalgan ne’mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega.
Agar biz o’zimizga berilgan rizqu ro’zimizni tejamkorlik bilan 
iste’mol qilsak, jamiyatimiz boyligini tejagan bo’lamiz. Jamiyat 
mulk ini, boyligini tejab borsak, uning navfi har bir kishiga tegishi 
muqarrar. Demak, jamiyat mulkini tejash orqali o’zimizdan tashqari 
jamiyatga ma’lum darajada foyda keltirgan bo’lamiz. Ham Shaxsiy, h am 
ijtimoiy mulkni barobar tejash esa bizdan dunyoqarashimiz va axloqimiz, 
turmush tarzimiz darajasini namoyon etadi. 
Tejamkorlik jarayoni oila yoki davlatning moddiy qudratini 
mustahkamlashdan tashqari, odamlarni turmush kechirish me’yoriga amal 
qilishni ham vujudga keltiradi. 
Non, tuz, qog’oz, yoqilg’i, elektr quvvati, gaz, neft’, ruda, mato, 
qo’yingki, barcha ne’matlar-aziz. Ammo inson o’zi yaratuvchi, o’zi 
iste’molchi, o’zi nazoratchi bo’lganligi uchun ham, ularning hammasidan 
arzonroqdir. Shu sababli, avvalo, insonning o’zini uning umri, kuchi, aql -
zakovati, iste’dodi, kayfiyatini, mehnatga qobiliyatini asrash umrining 
uzaytirish temkorlikning eng xususiyatli tomoni hisoblanadi. 
Vaqt- inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Uni faqat dunyoni o’rganish va 
o’ zgart ir is hga, sha xs iy ma nfaat i va el - yur t xiz mat iga, me hna t
s a ma dorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga sarf eti s h 
xususiyati har bir kishida shakllanishi zarur bo’lgan ulug’vor fazi latdir. 
Tejamkorlik xususiyatlari kishilarda ularning majoziy xislatlariga 
muvofiq ravishda shakllanadi va xasislik, pishiqlik, sahiylik, xalollik tarzida 
ko’zga tashlanadi. 
Xasis kishilar o’z imkoniyatlarini tejashga doimo intiladilar, ammo 
o’zgalarning va jamiyat manfaatini himoya qilishga moyil o’lmaydilar,undaylar 
Shaxsiy manfaat, boyligini ko’paytirish jazavasi bilan yonib, inso f, 
muruvvat va odamiylikni unutib yashaydilar. Bunday kishilar sar xil 
mevamiz bozoriga, sutimizning qaymog’i haridorga, nonimizning maza lisi, 
ko’rpa-to’shakning yangisi, xonamizning chiroylisi mehmonga, o’zimiz sifatsiz 
ne’matlarni tozalab yeb, labi uchgan idishlar ishlatsak ham, yasha sak 
ham bo’laveradi, deb tushunadilar. Bu bilan obro’ orttirishga in tiladilar. Ular 
"Topganingdan yetarlisini yeb-ichib, kiy, salomat, tetik, bearmon yasha», 
degan g’oyaga qarshi ish tutib, farovonligimizning asl mazmuniga putur 
yetkazadilar: yashash va daromad qilishning vijdonga, ta rbiyaga xilof 
usullarini qo’llab, ba’zan ko’pchilikning nafratiga duchor bo’ladilar, o’z 
xasisliklari, yasama xushomadlari, yolg’on mulozamatlari bilan turmush 
kechirish, mehmon kuzatish va farzand tarbiyalash madaniyatiga dog’ tushiradilar. 


P is hiq l ik d ar o ma d va ha ra ja t ni t o’ g’ r i re ja las ht ir is h,
i s rofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, xo’jasizlikning oldini olish manbaidir. 
Ro’zg’orda yoki xo’jalikda bor narsani qizg’anmaslik, inson qadrini 
moddiy jihatdan rag’batlantirib borish saxiylik alomatidir. Saxiylik kishilarda 
kamtarlik, soddalik, ko’ngilchanlik, raxmdillik, samimiylik, mehmondo’stlik, 
muhtojni qo’llash, berilgan yordamni ta’na qilmaslik xususiyatlari ustun bo’ladi. 
Saxiylik yuksak darajadagi insonparvarlikdir. Shu bilan birga 
saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan sug’orilmog’i kerak. Yoshlarga daromad 
hajmini belgilash va harajatning me’yorini barqarorlashtirish, boshqacha 
aytganda, ne’mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va 
unga qat’iy amal qilish ko’nikmasi singdirilishi darkor. 
 
Qiymati qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, narsani egasidan so’rab 
yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish xalollik 
belgisidir. 
Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash 
lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini to’g’ri anglatish tejamkorlik 
tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning to’laqonli amalga oshishi 
ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga 
bog’liq. 
Har qanday ota-ona o’z farzandini voyaga yetkazib, uylab-joylagunga 
qadar, xatto undan keyin ham o’tdan, suvdan, Shamol va ofatdan, sinish, 
chiqish, zaharlanish, g’aflat va hayosizlikdan, sayoqlik va beg’amlikdan, moddiy 
tanglik va jinoyat qilishdan, xijolatlik va g’animlar nazaridan qudrati yetguncha 
ehtiyotlaydi, asraydi. 
Demak, tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta’sirchanligi va samarasi bilan 
bolalar dastlab o’z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana 
Shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi. Namuna 
ko’rsatish, ishontirish, nasihat qilish, maslahat berish yo’li bilan farzandlarni 
tejamkor bo’lishga safarbar etish, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish, 
lozim bo’lsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash va ota-onalarning 
tarbiyalay olishmahoratlariga bog’liq. 
O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish bilan chambarchas olib borilishiga 
erishish zarur. Iqtisodiy tarbiya uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat, 
ma’ruza, amaliy mashg’ulot, sanoat shahobchalariga sayohat o’tkazish, solishtirish, 
hisob-kitob qilish g’oyatda ta’sirchan uslublar hisoblanadi. O’quvchilarda iqtisod 
borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari 
mashg’ulotlardan unumli foydalanish mumkin. O’quvchilarni nechog’lik 
iqtisodiy tarbiya topganliklari o’qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak. 
Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, ish bilarmonlik
hisob-kitob mohirligi o’quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq 
olayotganliklarini ko’rsatuvchi muhim belgilardir. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling