- O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan sanaladi. Milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarini ifodalaydi.
- Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshdagi va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi va ularning qiziqish va intilishlariga mos bo`lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari ―Sog`lom avlod uchun, ―Ota-onangga rahmat, ―Odobingga balli, ―Sog` tanda – sog`lom aql, ―Mehr chashmasi, ―Qizlar ibosi, ―Bir yigitga qirqhunar oz, ―O`g`lim - posbonim, ―Hayot-ustoz, xalq muallim,―O`zbekiston – Vatanim manim!, ―Milliy burch va mas‘uliyat, ―Oila saboqlari, ―Oila etikasi, ―Oila tinch – mahalla tinch, ―Mustaqil hayot bo`sag`asida, ―Askarlik – yigitlikmaktabi, ―Oila baxti – Vatan baxti, ―Sportchi oila, ―Oilamiz ohanglari, ―Vatan ostonadan boshlanadi, ―Bizkimmiz kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.
Xalq amaliy san‘ati, hunarmandchiligi, urf-odatlari, madaniyati va tarixini o`rganish, o`quvchi yoshlarda vatanparvarlik g`ururini hisobga olgan holda, bu borada tashkil qilinadigan tadbirlar kattalar va yoshlar xotirasida doimo yorqin hissiyotlar qoldirishini unutmaslik tashkiliy ishlar samarasini oshiradi. - Xalq amaliy san‘ati, hunarmandchiligi, urf-odatlari, madaniyati va tarixini o`rganish, o`quvchi yoshlarda vatanparvarlik g`ururini hisobga olgan holda, bu borada tashkil qilinadigan tadbirlar kattalar va yoshlar xotirasida doimo yorqin hissiyotlar qoldirishini unutmaslik tashkiliy ishlar samarasini oshiradi.
- Mahalla hududida o`tkaziladigan sport va turli madaniy tadbirlar yoshlarning intilish va imkoniyatlarini kattalar tomonidan chuqur o`rganish imoniyatini beradi.
- Farzandlar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoada anglaydi. Ular ongiga dastlabki ma’naviy-axloqiy bilimlarni singdirishda oilaning, ayniqsa, ta’lim-tarbiya muassasalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla qo‘mitalari ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi milliy istiqlol g‘oyasini barcha yoshlarimiz ma’naviy boyligiga aylanishiga, ularning dunyoqarashiga singdirishda ko‘maklashish, mazmun-mohiyatini har tomonlama tushuntirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |