11. Niyozbek qal’asi qayerda joylashgan?
A) Talas daryosining chap sohilida
B) Chirchiq daryosining chap sohilida
C) Norin daryosining o’ng sohilida
D) Murg’ob daryosining chap sohilida
12. Quyidagi qaysi qo’rg’on Toshkent darvozasi deb nom olgan?
A) Niyozbek B) Turkiston
C) Oqmachit D) Chimkent
13. Qaysi qal’aning qo’lga kiritilishi M.Chernyayevga Toshkentni suv ta’minotidan uzib qo’yish imkoniyatini berdi?
A) Niyozbek B) Turkiston
C) Oqmachit D) Chimkent
14. M.Chernyayev boshchiligidagi istilochilar qachon Toshkentga bevosita hujum boshladilar?
A) 1865-yil aprel B) 1865-yil may
C) 1865-yil 17-iyun D) 1865-yil 6-avgust
15. Rus qo’shinlariga Toshkentda kim boshchiligidagi qo’shin qarshilik ko’rsatdi?
A) Alimqul B) Aliquli
C) Haqquli D) A va B
16. Ruslarga qarshi kurashayotgan Toshkent himoyachilarini sarosimaga solib qo’ygan sababni aniqlang.
A) Ruslar qo’shini tarkibida qudratli to’plarning mavjudligi
B) Aliqulining yarador bo’lib vafot etishi
C) ruslar qo’shinining qirg’inbarot urushi
D) Toshkent aholisining ruslarga taslim bo’lishi
17. Rus qo’shinlari Toshkentga qaysi darvozadan kirib keldilar?
A) Ko’kcha B) Sag’bon
C) Kamolon D) Chig’atoy
18. Rus bosqini davrida Toshkent uchun asosiy jang qayerda bo’lib o’tdi?
A) Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko’chada
B) Kamolon darvozasidan Chorsudagi markaziy bozorga boradigan ko’chada
C) Ko’kcha darvozasidan Qo’yliqdagi markaziy bozorga boradigan ko’chada
D) Sag’bon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko’chada
19. Toshkent himoyachilari nima sababdan qal’aga o’t qo’yadilar?
A) shaharni o’qqa tutilishidan saqlash maqsadida
B) qal’adan podsho qo’shinlarini chiqib ketishga majbur qilish
C) qal’aga o’t qo’yilmagan, bexosdan yong’in chiqqan D) A va B
Do'stlaringiz bilan baham: |