6- mavzu. Somoniylar davlati reja


Devoni vakf (vakf yerlari devoni)


Download 221.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana08.01.2022
Hajmi221.6 Kb.
#248579
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-Мавзу(1) af84ca5022031ec13b6ffe1e42772074

Devoni vakf (vakf yerlari devoni).  Machitlar,  madrasalar, umuman diniy muassasalar ixtiyorida 

bo‘lgan yer-suv, mol-mulk kabilarni boshqargan.  



Devoni  qozi  az-ziyo  (qozilik  ishlari  devoni).  Bu  devonni  davlatning  bosh  qozisi  boshqargan. 

Devon barcha viloyatlar va shaharlardagi qozilar faoliyatini nazorat qilib turgan. 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  devonlarning  barchasi  (soxib  al-borid  devonidan  boshqa)  mahalliy 

hokimlar  va  oliy  markaziy  hokimiyatga  bo‘ysungan.  Ta’kidlash  lozimki,  Somoniylar  davrida  mahalliy 

boshqaruv  tizimi  ham  samarali  faoliyat  yuritgan.  Viloyatlar  boshqaruvchilari  –  hokim,  shaharlar 

boshqaruvchilari esa – rais deb yuritilgan. Viloyatlar hokimlari ko‘p hollarda hukmron sulola vakillaridan 

va katta ta’sirga ega bo‘lgan yirik zodagonlardan tayinlangan.   



 

Somoniylar  davrida  amaldorlarni  davlat  xizmatiga  qabul  qilishda  ma’lum  bir  talablar:  davlat  tili 



hisoblangan  arab  tilini  mukammal  bilish,  islomiy  huquq-fiqx  me’yorlaridan  to‘liq  xabardorlik,  tarix, 

adabiyot  kabi  ilmlardan  boxabarlik,  hisob-kitob  ishlarida  bilimdonlik  va  boshqalar  mavjud  bo‘lib,  bu 

markaziy  va  mahalliy  davlat  boshqaruvi  samaradorligini  oshirishga  xizmat  qilardi.  Davlat  boshqaruvida 

harbiy-ma’muriy  amaldorlarning  mavqelari  nihoyatda  katta  edi.  Shuningdek,  X  asrda  musulmon 

ruhoniylari  ham  katta  obro‘ga  ega  edilar.  Movarounnahrda  asosan  islom  dinining  xanifiylik  mazhabi 

tarqalgan  bo‘lib,  dindorlar  boshlig‘i  ustod  (keyinchalik  shayx-ul-islom)  Somoniylar  davlatida  katta 

mavqega ega bo‘lgan. 

Somoniylar  davlatida  sud  ishlari  shariat  qonun-qoidalariga  asoslangan  bo‘lib,  ular  qozilik  devoni 

tomonidan  boshqarilgan.  Sud  jarayonidagi  ishlar  qozikalon,  qozilar,  mufti,  raislar  tomonidan  amalga 

oshirilgan. Viloyat va shahar qozilari qozikalonga bo‘ysungan. 

Davlatda  har  bir  viloyatlar  va  shaharlar  hukmdorlari  ko‘ngillilaridan  iborat  qo‘shin  saqlagan. 

Ko‘ngillilar  odatda  ozod  va  boy  dehqonlarning  o‘g‘illaridan  iborat  bo‘lgan.  Ko‘ngillilar  harbiy  holat 

vujudga  kelgan  vaqtda  albatta  yig‘ilgan.  Ular  viloyat  va  davlat  daromadi  hisobiga  saqlangan.  Davlat 

hududlari viloyat qo‘shinlari va g‘oziylarning qismlari bilan qo‘riqlangan. 




Download 221.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling