6- seminar Javoblar


Download 21.81 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi21.81 Kb.
#202874
  1   2
Bog'liq
6- seminar ped mahorat


6- seminar
Javoblar

1.     Etika bu axloq normalari ya`ni axloq haqidagi ta`limot hisoblanadi.

2.     Taktika bu ko`zlangan maqsadga erishish yo`llari, usullari sanaladi.

3.     Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan avvalo yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi.

4.   O‘qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi.

5.     1)Emotsional his-tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish ;

2) o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda qo‘llash;

3) bachkana qiliqlar, ortiqcha xatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‘g‘ri kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish;

4) o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik;

5)dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish;

6) o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.
6. Pedagogik nazokat quyidagi xususiyatlarga ega:

1) o‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida muloqotning erkin demokratik asosini shakllantiradi; 2) sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi; 3 )o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin muloqotga o‘tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo‘llaydi; 4) o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o‘rgatadi.



Download 21.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling