6- sinf Tarixi (2017 yil) darsligi asosida tuzilgan bo’lib Mavzular bo`yicha


Download 0.66 Mb.
bet34/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1703710
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
6- sinf Tarixi (2017 yil) darsligi asosida tuzilgan bo’lib Mavzu

44---§. Qadimgi Rim madaniyati.
1. Milоdiy I аsrgа kеlib rimliklаr turmushidа qаndаy o`zgаrishlаr sоdir bo`ldi.? Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag`rida tomoshabog`lar va chorbog`lar ko`p, havo esa tep-tekis joylardagiga qaraganda sog`lomroq va tozaroq bo`lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar.
2. Rimdа pоytахt аhоlisi uchun «tеrmlаr» dеb аtаlgаn ko`rkаm hаmmоmlаr qurilgаn, bu so`zning mа’nоsi.? yunoncha "issiq" so`zidan, "termos" so`zi ham shundan kelib chiqqan.
3. Termlar qoshida nimalar bo`lgan.? kutubxona hamda ta'lim olish va fanlar bilan shug`ullanish zallari bo`lgan.
4. Qаdimgi Rimdа tа’lim qаndаy bo`lgаn.? Bolalarning maktabda ta'lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to`lash imkoniyatlariga bog`liq bo'lgan. Kambag`al rimliklarning farzandlari xo`jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o`qimas edilar. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yoshdan maktabga qatnar edilar. Yozuvni o`rganayotgan bolalar stil degan metall ruchka bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga qitirlatib o`yib yozardilar. Yozuvni o`rganganlaridan so`ngra xat yozish uchun Misr papirusidan foydalanib, suv va qurum aralashmasi bilan yozar edilar. o`qish, yozish va hisoblashni o`rganganidan keyin ko`pchilik ta'lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (O`rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o`qitilardi. Yunon tilini o`rganishga alohida e'tibor qaratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo`lishni istagan har bir kishi notiqlik va ritorikani — chiroyli so`zlasni o`zlashtirgan.
5. Badavlat xonadon farzandlari necha yoshdan maktabga qatnar edilar.? 6 yoshdan
6. Stil-bu.? metall ruchka
7. Qаdimgi Rimdа siyosiy аrbоb bo`lishni istаgаn hаr bir kishi …? notiqlik va ritorikani o`zlashtirgan.
8. Ritorika-bu.?
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling