6. 2-mavzu. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotida prognozlash
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
14-ma\'ruza
6.2-mavzu. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotida prognozlash 6.2.1. Iqtisodiy jarayonlarni prognozlash. Dinamik qatorlar va iqtisodiy ma’lumotlarga qoʻyiladigan talablar. 6.2.2. Iqtisodiy jarayonlar dinamikasining asosiy koʻrsatkichlari va ular yordamida prognozlash. 6.2.3. Iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda oʻsish egri chizigʻi modelini qoʻllanilishi. 6.2.1. Iqtisodiy jarayonlarni prognozlash. Dinamik qatorlar va iqtisodiy ma’lumotlarga qoʻyiladigan talablar. Prognozlashtirish masshtabiga ko’ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy prognozlarga ajratiladi. Tuzilish intervali bo’yicha operativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli prognozda faqat miqdoriy o’zgarishlar e’tiborga olinadi. Uzoq muddatli prognoz ham miqdoriy, ham sifat o’zgarishlarga asoslangan bo’lib, o’z o’rnida o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Prognozlash yo’nalishlariga ko’ra izlanishli va normativ bo’lishi mumkin. Izlanishli prognoz – agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi?, degan savolga javob beradi. Boshqa so’z bilan aytganda tizimga ta’sir etuvchi omillar o’zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin? Normativ prognoz bo’lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish yo’nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta’sir etuvchi omillarga qanday o’zgarishlar kiritish zarur? Boshqa so’z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin? Iqtisodiy jarayonlar yoki boshqa kuzatuvlar natijasida miqdoriy ma’lumotlarga ega bo’lmagan hollarda, ya’ni hodisa yoki jarayon bo’yicha miqdoriy ma’lumotlar bo’lmasa u holda ekspertlardan foydalaniladi. Ekspertlar ma’lum bir soha bo’yicha yetakchi mutaxassislar bo’lib, ular o’zlarining kompetensiyasi doirasida u yoki bu hodisa va jarayonlar bo’yicha xulosalar ishlab chiqadilar. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling