6-22 To’xtasinov Asadbek 1– laboratoriya hisoboti mavzu: Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti. Ishning maqsadi


Download 160.24 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi160.24 Kb.
#1570278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-22 To\'xtasinov

Videokarta - (GPU - Graphic Processing Unit - Grafik Boshqaruv Bo‘linmasi) - ekranga uzatilayotgan grafik ma’lumotlarni qayta ishlab, ularning sifatini qayta ishlash uchun javobgar qism. Bu qism bo‘lmasa, grafik ma’lumotlar hisob-kitobi ham CPUga yuklatiladi va grafika sifati ancha pastlashadi.

Videokarta.

Kompyuterda ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida bir nechta xotira turlaridan foydalaniladi. Xotira qurilmalari asosiy xotira turlari va tashqi saqlovchi qurilmalarga ajratiladi.


Asosiy xotira turlari: tezkor xotira(RAM) doimiy xotira(ROM) qattiq disk(HDD, SDD,...) buffer xotira kesh xotira.
Tezkor xotira, doimiy xotira, qattiq disklarning vazifalari va turlari bilan tanishdik.
Buffer xotira va kesh xotiralar bilan tanishamiz.
Buffer xotira - vaqtinchalik ma'lumot saqlovchi xotira turi. Siz biror fayl yoki matnni nusxalaganingizda(CTRl+C), ko‘chirgan narsangiz shu xotiraga vaqtinchalik tushadi. Energiyaga bog‘liq bo‘lgan xotira turi.
Kesh xotira - prossesor bilan tezkor xotira orasida ma'lumot almashuvchi xotira turi. Ba'zan alohida. ba'zan prossesorda joylashgan bo‘ladi. Hajmi kichik bo‘ladi. Protsesor tanlashda L2, L3 degan tushunchalar bor, shular kesh xotirani belgilab beradi. Eng tez ishlovchi xotira turi.
Tashqi saqlovchi qurilmalar (CD, DVD, Blu-Ray, fleshka) orqali ham ma'lumotlarni saqlash mumkin.
Printer – bu kompyuterdagi ma’lumotlarni qog‘ozga chop etuvchi qurilma. Ular matn, tasvir, jadval, sxema yoki diagrammalar bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda zarbli, lazerli va siyohli printerlar mavjud. Lazerli va siyohli printerlarning oq-qora va rangli turlari mavjud.
Skaner – qogozdagi matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi. Skanerlar hajmi, ishlash sifati va tezligi bilan farqlanadi.
Faks-modem – telefon tarmog‘i orqali tashqi tarmoqdagi boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashinuvni ta’minlaydi. Ichki va tashqi faks modemlar mavjud. Faks modemlar ma’lumotlarni uzatish tezligi va sifati bilan farqlanadi.

Download 160.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling