6. 4-mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mustaqil talim
JURNALLAR 𝑨 𝑩 𝑪 O‘QUVCHILAR 1 mln
0.6 mln 0.4 mln
ASOSIY XARIDORLAR 10%
15% 7%
REKLAMA NARXI ($) 5000
4500 4250
Reklama uchun ajratilgan budjet summasi 100 000 AQSH dollaridan ko‘p emas. Korxona egasi qaror qildi, 𝐴 jurnalda 6 tadan ko‘p bo‘lmagan reklama e’lonlari, 𝐵 va 𝐶 jurnallarning har biri ikkitadan kam bo‘lmagan reklama e’lonlarini berishi kerak. Ushbu masalani yechish uchun CHDM rasmiylashtiring. 9. Ishlab chiqarish korxonasi ikki xil turdagi belkuraklar ishlab chiqaradi. Ularni tayyorlash uchun metall va yog‘och talab qilinadi. Birinchi turdagi belkurakni tayyorlash uchun 0.04 metall parchasi va 0.004 m 3 yog‘och, ikkinchi turdagi belkurak uchun 0.02 metall parchasi va 0.004 m 3 yog‘och talab etiladi. Birinchi turdagi belkurakning sotish narxi 60 so‘m, ikkinchi turdagi belkurakning narxi 50 so‘m. Bozorni o‘rganish natijasida 1-turdagi belkurakka talab 2-turdagi belkurakka nisbatan juda yuqori bo‘lib, oyiga 3000 donaga ko‘pni tashkil etadi. Bundan tashqari 2-turdagi belkurakka talab oyiga 15 ming donadan oshmaydi. Ishlab chiqarish korxonasida 300 ta metall parchasi va 60 m 3 yog‘och mavjud bo‘lsa, ikkala turdagi belkuraklardan maksimal foyda olish uchun oyiga nechtadan ishlab chiqarishi kerak bo‘ladi? 10. Ishlab chiqarish korxonasi 4.5 tonnalik va yem-xashak tarqatuvchi tirkamalarni mos ravishda 40.3 ming va 74.3 ming so‘mdan ishlab chiqaradi. Bozorni o‘rganish natijasida ma’lum bo‘ldiki, birinchi turdagi tirkamaga 1 yilda 1200 ta talab mavjud. Tirkamalarni ishlab chiqarish uchun po‘lat va chugun xomashyolaridan foydalaniladi, ularning zahirasi mos ravishda 25000 va 4500 tonnani tashkil etadi. Minggta tirkamani ishlab chiqarish uchun 1615 tonna po‘lat va 385 tonna chugun sarflanadi. Yem-xashak tarqatuvchi tirkamaning har ming donasi uchun esa 2022 tonna po‘lat va 478 tonna chugun sarflanadi. Birinchi turdagi tirkamaning tannarxi 34.66 ming so‘m, yem-xashak tarqatuvchi tirkamaning tannarxi 63.9 ming so‘mni tashkil etdi. Tirkama va yem-xashak tarqatuvchi tirkamalarni ishlab chiqarishning optimal yechimini quyidagi shartlar asosida topish kerak: a) ishlab chiqariladigan mahsulotlarning soni maksimal bo‘lishi; b) ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foyda maksimal bo‘lishi; v) ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi minimal bo‘lishi. 11. Ta’mirlash zavodi ikki turdagi nasos ishlab chiqaradi: yoqilg‘i va suv. Mahsulotlar komplektiga to‘rt turdagi qismdetallar ishlatiladi: asosiy qobiq, plastik, manjet, tishli g‘ildirak. Yoqilg‘i nasosini ishlab chiqarish uchun bitta asosiy qobiq, 4 ta plastik, 4 ta manjet, bitta tishli g‘ildirak, suv nasosiini ishlab chiqarish uchun esa mos ravishda 1, 2, 4 va 3 ta komplekt detallari sarflanadi. Bitta yoqilg‘i naososini sotish natijasida zavodga 50 so‘m, suv nasosi esa 200 so‘m foyda keltiradi. Zavod zahirasida quyidagi qism detallar mavjud: Asosiy qapqoq - 6 dona; plastik – 8 dona; manjet - 12 dona; tishli g‘ildirak - 9 dona. Zavod maksimal foyda olish uchun ishlab chiqarish rejasini tuzing. 12. Ikki xil turdagi ozuqa uchun bioqo‘shimchalarni ishlab chiqarish uchun uchta guruhdagi vitaminlardan foydalaniladi. Bunda “Buzoqcha” nomli bioqo‘shimchani tayyorlash uchun 16 kg A vitamini, 8 kg V1 vitamini va 5 kg Ye vitamini sarflanadi. “Qo‘zichoq” nomli bioqo‘shimchani tayyorlash uchun 4 kg A vitamini, 7 kg V1 vitamini va 9 kg Ye vitamini sarflanadi. Firma omborida hammasi bo‘lib, 784 kg A vitamini, 552 kg V1 vitamini va 567 kg Ye vitamini mavjud. “Buzoqcha” nomli qo‘shimchani sotishdan 4000 so‘m, “Qo‘zichoq” nomli qo‘shimchani sotishdan esa 7200 so‘m foyda olinadi. Ikki turdagi bioqo‘shimchalarni sotishdan olinadigan maksimal foydani aniqlang. 13. Firma ikki turdagi «Kuprum-I» va «Kuprum-II» o‘g‘itlar to‘plamini ishlab chiqaradi. «Kuprum-I» to‘plami tarkibiga 3 kg azotli, 1 kg kaliyli va 1 kg misli o‘g‘itlar kiradi. «Kuprum-II» to‘plami tarkibiga 1 kg azotli, 2 kg kaliyli va 6 kg misli o‘g‘itlar kiradi. Botqoqlik tuprog‘ining hosildorligini oshirish uchun kamida 9 kg azotli, 8 kg kaliyli va 12 kg misli o‘g‘it talab qilinadi. «Kuprum-I» to‘plami narxi 4 shartli pul birligida, «Kuprum-II» to‘plamining narxi esa 6 shartli pul birligida. Tuproqning hosildorligini oshirish uchun qancha miqdorda o‘g‘itlar to‘plami zarur bo‘ladi va tannarxini qanday minimallashtirish mumkin? 14. Tishli g‘ildirak ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonasida ikkita stanok bor: tish chiqaruvchi va charxlovchi. Uchta turdagi tishli g‘ildiraklar ishlab
chiqarish talab etiladi. Ularning soni birinchi turdan 80 dona, ikkinchi va uchinchi turdagilardan mos ravishda 110 va 140 donadan ishlab chiqarish kerak. Har bir tishli g‘ildirak stanoklardan ixtiyoriy bittasida tayyorlanishi mumkin. Birinchi turdagi g‘ildirakni tish chiqaruvchi stanokda tayyorlash uchun 20 minut, charxlovchi stanokda tayyorlash uchun 34 minut vaqt sarflanadi. Ikkinchi turdagi g‘ildirakni tayyorlash uchun tish chiqaruvchi stanokda 12 minut, charxlovchi stanokda 14 minut, uchinchi turdagi g‘ildirak uchn esa mos ravishda 10 minut va 8 minut vaqt sarflanadi. Tish chiqaruvchi stanokning kesuvchi asbobini almashtirmasdan 180 ta g‘ildirak, charxlovchi stanokda charxlash asbobini almashtirmasdan 150 ta g‘ildirak tayyorlash mumkin. Stanoklarning asboblarini almashtirmasdan minimal vaqt sarfini ta’minlovchi optimal yuklanishini aniqlang. 15. Avtotransport korxonasi ikkita zavodda ishlab chiqariladigan uchta qurilish ob’ektini qurilish materiallarin bilan ta’minlab berish bo‘yicha buyurtma qabul qildi. Birinchi zavodda 120 tonna qurilish materiallari jo‘natma uchun tayyorlangan, ikkinchi zavoddan esa 180 tonna qurilish materiallari tayyorlangan. Birinchi qurilish ob’ektiga 70 tonna qurilish materiali, ikkinchi va uchinchi qurilish ob’ektiga esa mos ravishda 140 tonna va 90 tonna qurilish materiallari zarur bo‘ladi. Quyidagi matritsa bo‘yicha berilgan: ( 8 12 5 3 7 9 ) a) har bir zavoddan bir tonna qurilish materialini har bir qurilish ob’ektiga yetkazib berish uchun foyda miqdori; b) har bir zavoddan bir tonna qurilish materialini har bir qurilish ob’ektiga yetkazib berish tannarxi. Yetkazib berishning optimal rejasini tuzing: a) foydani maksimallatiruvchi; b) tannarxini kamaytiruvchi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling