6-7-Amaliy mashg’ulotlar. Mavzu: Ochiq turbina kameralari turini tanlash va konstruksiyasini hisoblash Yopiq temir-beton xamda metall turbina kameralari turini tanlash va konstruksiyasini hisoblash. So’rish quvuri turi va uni o’lchamlarini
Metall spiral kamerasining hisobi
Download 78.79 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Yopiq beton spiral kamerasining hisobi.
Metall spiral kamerasining hisobi.
Napori 15÷350 m gacha va undan yuqori bo‘lgan asosan radial-o‘qiy turbinalar uchun metall – spiral kameralar qo‘llaniladi. Tavsiya etiladigan qamrab olish burchagi (turbina ish g‘ildiragini spiral bilan qamrash burchagi) metall kamerali turbinalar uchun β = 3150 ÷ 3450. Spiral kameradagi suvning tezligi (V= const), o‘zgarmas deb olsak, kamerada napor yo‘qolishi eng kam miqdorda bo‘ladi. Boshlang‘ich ma’lumotlar: - turbina turi RO 123 - ishchi napor Hishchi=24.85 m - turbina sarfi QT = 3.79m 3 /s; - turbina ish g‘ildiragining diametri D1 = 0,84m; - turbina stator kalonnasining ichki diametri Da= 2,06m. - yo‘naltiruvchi apparatning balandligi bo = 0,294m. - spiral kamera qamrab olish burchagini β = 3450 deb qabul qilamiz. Spiraldagi suvning tezligi quyidagicha aniqlanadi: V = K * Nr 0, 5 = 1,0* 24,85 0, 5 = 4,98 m/s, Bu yerda K-tezlanish koeffitsienti K = 0,8 ÷ 1 (kichik naporda K = 1, yuqori naporda K = 0,8) Spiralning har xil kesimida suv sarfi quyidagiga teng: Qi = βi · QT / 360, m3/s. Spiralning har xil kesimida uning ichki radiusi quyidagiga teng: ri =(Qi / (π*V))0 , 5, m 5.1-Rasm Metalli spiral kamerasining sxemasi: a) qirqim; b) reja Spiralning tashqi radiuslari quyidagiga teng: Ri = Da / 2 + 2 ri Spiralning har xil kesimida suv sarfi, ichki diametri va tashqi radiusi jadval ko‘rinishida olib boriladi: 4.1-Jadval
Jadvaldagi qiymatlar asosida turbina metall spiral kamerasi quriladi. 8. Yopiq beton spiral kamerasining hisobi. Napori 4÷40 m gacha bo‘lgan o‘qiy turbinalar uchun beton spiral kamerasi qabul qilinadi. Tavsiya etilgan qamrab olish burchagi beton spiral kamerasi uchun β = 1800. Boshlang‘ich ma’lumotlar: - ishchi napor H ishchi=4.68 m - turbina sarfi QT = 38m 3 /s; - turbina ish g‘ildiragining diametri D1 = 2,75m; - turbina stator kalonnasining ichki diametri Da=4,46m; - yo‘naltiruvchi apparatning balandligi bo = 1,1m; - so‘rish quvurining kengligi V5 = 7,54m. Spiral kamerani qamrab olish burchagi β = 1800 deb qabul qilinadi. Spiralga kirish kesimida, suvni ruxsat etilgan tezligi quyidagicha aniqlanadi: Vrux = K * Nr 0, 5 = 1,0* 4,68 0, 5 = 2,16 m/s, Bu yerda: K-tezlanish koeffitsenti, K = 0,8 ÷ 1 (kichik naporda k=1, yuqori naporda k=0.8). Spiralga kirish kesimida suv sarfi quyidagicha aniqlanadi: Qkir = ß * Qt / 360 0 = 180 0 * Qt / 360 0 = 19,0 m3/s Spiral ko‘ndalang kesimining pastki qismini tavr ko‘rinishida qabul qilamiz. Spiralga kirish kesimining kengligi quyidagicha aniqlanadi: a = V /2 + 0,377D1 – Da/2 = 7,54/2 + 0,377*2,75 – 4,46/2 = 2,58m, bu yerda V=V5 = 7,54m turbina kamerasi kengligi. Spiralga kirish kesiminig balandligi quyidagicha aniqlanadi: b = (1.5÷2.0)*a = 1.8*2.58 = 4.64m. Spiral ko‘ndalang kesimining pastki qismini egilish burchagi α=10÷150 oraliqda qabul qilinadi. Spiralga kirishdagi ko‘ndalang kesim yuzasi Fkir = a*b – (b – b0)2 * tg 100 / 2 = 2.58*4.64 – (4.64 – 1.1) 2 * tg 100 / 2 = 10.8m 2 Spiralga kirishdagi tezlik: Vkir= Qkir / Fkir = 19 / 10,8 = 1,85 m/s - bu yerda tezlik ruxsat etilgan tezlikdan kichik Vrux.etil. Agar Vkir>Vrux.etil bo‘lsa, spiralga kirishdagi ko‘ndalang kesim yuzasini kattalashtirish zarur va shuning hisobiga Vkir>Vrux.etil shart bajarilishi kerak. 5.2-Rasm Yopiq beton turbina spiral kamerasining hisob sxemasi a) qirqim; b) F = f(ß) va F = f(R), boshlang‘ich grafiklari; c) plan; 1-turbina, 2-kameraga kirish kesimi, 3-spiral kamera. Masshtabda turbina kamerasiga kirish kesimi qirqimi va rejada ko‘rinishi chiziladi. Rejada spiral kamera kengligi ko‘rsatiladi. Qolgan spiral kesimi grafo-analitik usul bilan aniqlanadi. Kirish kesimida s-d diagonal chiziq o‘tkazilib, unda spiral kamera kesimining ichki burchaklari balandligi joylashadi. Diagonal chiziqda spiral kamera kesimining ichki burchaklari balandligini ko‘rsatuvchi 1-4 nuqtalar o‘rnatiladi va shu nuqtalarga mos keluvchi ko‘ndalang kesimlar chiziladi. F=f(ß), F=f(R) spiral ko‘ndalang kesim yuzasini qamrab olish burchagiga hamda spiralning tashqi radiusiga bog‘liq egri chizig‘i quriladi. F=f(ß), bog‘lanish grafigini qurish uchun 2 ta koordinata nuqtasi yetarli G‘=0; ß=00 ; va F=Fkir, ß=1800, F=f(R) bog‘lanish grafigini qurish uchun bir nechta nuqtalardagi G‘ va R koordinatalari kerak bo‘ladi, har bir kesim uchun a, b va R qiymatlari olinib, G‘ va R koordinata nuqtalari aniqlanadi 8.2-Rasm. 5.3-Rasm. Beton spiral kamera kesimining sxemasi. 1 kesim uchun: F1 = a1* b1 = 0,6 * 1,1 = 0,66m2, R1= 2,32m; 2 kesim uchun: F2 = a2 * b2– (b2 – b0)2 * tg100 /2 = 1,0 * 1,7 - (1,7-1,1) 2 / 2= 1,67m2, R2= 3,26m; 3 kesim uchun: F3 = a3 * b3– (b3 – b0)2 * tg100 /2 = 1,4 * 2,5 - (2,5-1,1) 2 / 2= 3,33m2, R3= 3,66m; 4kesim uchun: F4 = a4 * b4– (b4 – b0)2 * tg100 /2 = 1,9 * 3,3 - (3,3-1,1) 2 / 2= 5,84m2, R4= 4,16m; Kirishdagi kesim : Fkir =10,8 m2, Rkir= 4,84m; G‘ va R qiymatlari asosida F = f (R) grafigi quriladi. Turbina kamerasining spirali chiziladi. Buning uchun spiral kamerasining har xil qamrash burchaklarida ß, spiralning kesim yuzasi va radiusi aniqlanadi. ß o‘qiga ß = 450 qiymati belgilanib, undan F=f(ß), bog‘lanish egri chizig‘iga vertikal chiziq chiqariladi va kesishgan nuqtadan ß o‘qiga paralell chiziq chizilib, F=f(R) egri chizig‘i bilan kesishguncha davom ettiriladi. So‘ngra nuqtadan vertikal chiziq chiqarilib, uni s-d diagonal chiziq bilan uchrashgungacha davom ettiriladi xamda spiral kesimining ß=450 qamrab olish burchagi uchun quriladi. ß=450 qamrash burchagi uchun spiralning ichki va tashqi radiuslari aniqlanadi: R45=3.5 m, r45=2.35 m; - ß=900: R90=4.1m, va ß=1350 qamrash burchaklari uchun xam ichki va tashqi diametrlar yuqorida ko‘rsatilgan tarzda amalga oshiriladi. Kamera planida aniqlangan R va r qiymatlari qo‘yilib, topilgan nuqtalar birlashtiriladi va spiralni planda ko‘rinishi chiziladi. Download 78.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling