6-7-Amaliy mashg’ulotlar.
Mavzu: Ochiq turbina kameralari turini tanlash va konstruksiyasini hisoblash Yopiq temir-beton xamda metall turbina kameralari turini tanlash va konstruksiyasini hisoblash. So’rish quvuri turi va uni o’lchamlarini aniqlash.
Asosiy adabiyotlar.
Gidroelektrostansiyalar (darslik) D. Bozorov S. Xidirov Toshken – 2022 yil
Munoz-Hemandez G.A., Mansoor S.P., Jones D.I., Modelling and Controlling Hydropower Plants. - Sprinter-Verlag London, 2013,305 p.
Badalov A.S.,Zenkova V.A., Uralov B.R., Gidroelektrostansiyalar. Ukuv kullanma. TIMI, T. 2009., - 152 beg.
Badalov A.S., Uralov B.R., Zenkova V.A., Shaazizov F.Sh. Gidroelektrostansiyalar. O‘quvqo‘Ilanma, - T., TIMI, 2009 y.-152 b.
Brыzgalov V.I. Gidroelektrostansii: Uchebnoe posobie. Krasnoyarsk: IPS KGTU, 2002. 541 s.
Gidroelektrostansii maloy moщnosti. Pod red. V.V. Yelistratova. - Sankt- Peterburg, SPbGPU, 2005. - 431 s.
Muxammadiev M.M., B.U.Urishev. Gidroenergetik qurilmalar. Darslik, T. “Fan va texnologiya”, 2013, -280 b.
Muxammadiev M.M., Uralov B.R., Mamajonov M., Majidov T.Sh., Nizamov O.H., Badalov A.S., Kan E.K. Gidromashinalar. O‘quv qo‘llanma, ToshKent, 2010.-193 b.
Turbina kamerasining turini aniqlash. Yopiq metall spiral kamerasining hisobi.
Turbina kameralari turbina ish g‘ildiragiga suvni kam gidravlik yo‘qotishlar bilan uzatishga xizmat qiladi. Turbina kameralari ochiq va yopiq ko‘rinishda (turda) bo‘ladi. Ish g‘ildiragi diametri D1=1.6 m gacha va shu napori Hishchi=10 m gacha bo‘lgan kichik turbinalarda ochiq turdagi turbina kamerasi qabul qilinadi. Ishchi g‘ildirak diametri 1.6 m dan katta bo‘lgan turbinalarda ochiq kameralar hajmi kattalashib, iqtisodiy tomondan samarasiz hisoblanadi. Ochiq turbina kameralari hisobi oddiy bo‘lib, adab-2, 108-betda keltirilgan. Ishchi napori H>10m va gidravlik diametri D1>1.6 m bo‘lgan turbinalar uchun yopiq metall yoki betonli turbina kameralari qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |