Litosfera plitalari tektonikasi
Download 179 Kb.
|
litosfera
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1960-yillari
Oxirgi davrlarda materiklar va okeanlar botiqlarining vujudga kelishini litosfera plitalari tektonikasi gipotizasi orqali tushuntirilmoqda. Mazkur gipotezaga asosan er yuzasida ilgari bitta «Pangeya» quruqligi bo‘lgan. Tektonik harakatlar tufayli mazkur quruqlik palaxsalarga, ya’ni litosfera plitalariga bo‘linib ketadi. Mazkur plitalar mantiya ustida turli yo‘nalishda harakat qilishi tufayli materik va okeanlarning hozirgi qiyofasi shakllangan. Pulsatsion gipoteza tarafdorlarinig fikricha Erning radiusi davriy ravishda qisqarib va o‘zgarib turadi. Bunda Erning hajmi doimo kattalashib boradi. Mazkur gipoteza tektonik-magmatik bosqichlarni hosil bo‘lishini tushuntirib beradi. SHunday qilib, materik va okeanlarni kelib chiqishi to‘g‘risida hozirgi davrda yagona fikr mavjud emas. Litosfera plitalari tektonikasi - litosferaning harakati haqidagi zamonaviy geologik nazariyaga muvofiq er po‘sti nisbatan yaxlit bloklardan - litosfera plitalaridan tuzilgan va ular bir-biriga nisbatan doimiy harakatda bo‘ladi. Kengayish zonalarida (o‘rtaokean tizmalari va kontinental riftlarda) spreding tufayli (inglizcha seafloor spreading - dengiz tubining kengayishi) yangi okean po‘sti hosil bo‘ladi, eskisi subduksiya zonalarida yutiladi. Bu nazariya ko‘pchiligi litosfera plitalari chegaralarida joylashgan zilzilalar, vulkanizm va tog‘ hosil bo‘lish jarayonlarini tushuntirib beradi. Hozirgi davrda SHimoliy Amerika plitasi Evrosiyo plitasiga nisbatan asta-sekin g‘arbga siljimoqda. Ushbu ikkita litosfera plitalari orasidagi chegara bo‘lib Atlantika okeanidagi o‘rtaokean tizmasi sanaladi. YAngi okean po‘sti o‘rtaokean tizmasi zonasida deyarli uzluksiz hosil bo‘lmoqda. O‘rta okean tizmasi Atlantika okeanida Islandiyani qirqib o‘tadi. Islandiyaning g‘arbiy qismi shimoliy Amerika plitasiga, sharqiy qismi esa Evrosiyo plitasiga kiradi. Bu plitalar bir-biridan uzoqlashayotganligi uchun Islandiyaning o‘lchami yiliga 2 sm ga oshmoqda. Plitalar tektonikasini rekonstruksiya qilish uchun paleomagnit tadqiqotlarning natijalari katta ahamiyatga ega. Ba’zi minerallar o‘zida hosil bo‘lish vaqtidagi magnit maydonining mo‘ljali to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ushbu minerallarning magnitlanganligini o‘rganib, ular qaysi kengliklarda hosil bo‘lganligini aniqlash mumkin. Agar kelajakda ham Afrika va Somali plitalari qarama-qarshi tomonga harakatlarini davom ettirsa ularning orasida yangi okean vujudga keladi. Ilk bor er po‘sti bloklarining harakati haqidagi g‘oya Alfred Vegener tomonidan 1920-inchi yillari taklif etilgan kontinentlar dreyfi nazariyasida yoritilgan. Bu nazariya dast-lab olimlar tomo-nidan qabul qi-linmagan. Erning qattiq po‘sti harakati haqidagi g‘oya - mobilizm 1960-yillari okean tubining relefi va geo-logiyasini o‘rga-nish natijasida okean po‘stining kengayishi (spreding) va bu po‘stlar bloklarining biri ikkinchisining tagiga kirib ketishi (subduksiya) jarayonlari haqidagi olingan ma’lumotlar bilan tasdiqlandi. Materiklar dreyfi haqidagi gipoteza keyinchalik litosfera plitalari tektonikasi nazariyasi darajasigacha ko‘tarildi va u endi Er haqidagi fanlarda umumiy qabul qilingan konsepsiya bo‘lib qoldi. Litosfera plitalari tektonikasi nazariyasida geodinamik vaziyatlar tushunchasi - litosfera plitalari bilan muayyan munosabatda bo‘lgan xarakterli geologik strukturalar muhim ahamiyatga ega. Muayyan bir geodinamik vaziyatda bir xil tektonik, magmatik, seysmik va geokimyoviy jarayonlar kechadi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling