Litosfera plitalari tektonikasi
XX asr boshlarida nazariy geologiyaning asosi
Download 179 Kb.
|
litosfera
- Bu sahifa navigatsiya:
- paleontologik va biogeografik
- geofizik va geodezik dalillar qidirgan
- 1922 yili u bir necha mashhur mutaxassislar tomonidan qattiq tanqidga uchragan
- Koriolis kuchi , priliv oqimlar va boshqa sabablar taxmin qilingan.
- Atlantidaning kelib chiqishi haqidagiga o‘xshash yana bir afsona edi, xolos.
- dyu Tua
- abissal tekisliklarga nisbatan 1,5-2 km baland ko‘tarilgan o‘rtaokean tizmalari
XX asr boshlarida nazariy geologiyaning asosi sifatida kontraksion gipoteza hukmron bo‘lgan. Er pishirilgan olma kabi soviydi va uning sirtida ajinlar singari tog‘ tizmalari vujudga keladi. Bu g‘oyani burmali mintaqalarni o‘rganish asosida yaratilgan geosinklinallar nazariyasi rivojlantirgan. Dastlab ushbu nazariya Djeyms Dan tomonidan ta’riflangan bo‘lib, u kontraksion gipotezani izostaziya tamoyili bilan boyitgan. Ushbu tamoyilga binoan Er po‘sti granit (kontinentlar) va bazalt qatlamlaridan (okeanlar) tarkib topgan. Er po‘stining siqilganida okeanlarda - botiqliklarda tangensial kuchlar vujudga kelib, kontinentlarni siqqan. Kontinentlar ko‘tarilib, tog‘ tizmalarini hosil qilgan va keyinchalik nurashga uchragan. Nurash tufayli hosil bo‘lgan materiallar tashib keltirilib, botiqliklarda yotqizilgan.
Bu sxemaga nemis meteorolog - olimi Alfred Vegener qarshi chiqqan. U 1912 yilning 6 yanvarida Nemis geologlari jamiyatining majlisida materiklar dreyfi to‘g‘risida ma’ruza qilgan. Ushbu nazariyaga turtki bergan narsa Afrikaning g‘arbiy va Janubiy Amerikaning sharqiy sohillari ko‘rinishining o‘zaro mos kelishi bo‘lgan. Agar yagona materikning parchalanishidan hosil bo‘lgan bu kontinentlarni o‘zaro yaqinlashtirilsa, ular o‘zaro jips holda tutashadi. Uning taxminicha hozir Atlantika okeanining har ikkala tomonida joylashgan kontinentlar qachondir Pangey superkontinentining tarkibida bo‘lgan. Vegener ushbu materiklar sohillarining mos kelishi bilangina cheklanib qolmasdan, boshqa dalillarni ham qidirgan. Buning uchun u har ikkala kontinent sohillarining geologiyasini ham o‘rgangan va sohillar tutashtirilganidagidek mos keluvchi ko‘pchilik murakkab geologik majmualarni topgan. Ushbu nazariyaning isboti bo‘lib paleoiqlimiy qayta tiklash, paleontologik va biogeografik argumentlar oldinga chiqdi. Ko‘plab hayvonlar va o‘simliklar Atlantika okeanining har ikkala tomonlari bo‘ylab chegaralangan hududlarda tarqalgan bo‘lib chiqdi. Ular bir-biriga juda o‘xshash, ammo minglab kilometrli okean suvi bilan ajratilgan. Ularning okean akvatoriyasi orqali o‘tganligini tasavvur qilib ham bo‘lmaydi. 1915 yilda Alfred Vegener kontinentlar dreyfi haqidagi gipotezasini chop ettirgan. Vegenerning gipotezasi chop etilganda butun geologlar jamiyati uning ustidan kulishgan. Ammo 50 yil o‘tib geologlarning ko‘pchiligi Vegener gipotezasidagi asosiy holatlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishgan. Bundan tashqari, Vegener geofizik va geodezik dalillar qidirgan. Ammo o‘sha vaqtda fan kontinentlarning hozirgi harakatlarini qayd qilish darajasida yuqori bo‘lmagan. 1930 yili Vegener Grenlandiyada ekspeditsiya vaqtida halok bo‘lgan, ammo u o‘limidan oldin nazariyasini ilmiy jamiyat qabul qilmaganini eshitgan. Boshida Vegenerning materiklar dreyfi nazariyasi olimlar tomonidan yaxshi qabul qilingan, ammo 1922 yili u bir necha mashhur mutaxassislar tomonidan qattiq tanqidga uchragan. Ushbu nazariyaga qarshi bo‘lgan bosh argument litosfera plitalarini harakatga keltiruvchi kuch muammosi bo‘lgan. Vegener kontinentlar okean tubidagi bazalt qatlami yuzasi bo‘yicha harakatga keladi deb o‘ylagan, ammo bu jarayon uchun manba - hali noma’lum bo‘lgan ulkan kuch kerak edi. Litosfera plitalari harakatining manbasi sifatida Koriolis kuchi, priliv oqimlar va boshqa sabablar taxmin qilingan. Ammo oddiy hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, ularning barchasi birgalikda ulkan kontinental bloklarni surish uchun etarli bo‘lmagan. Ikkinchi Jahon Urushidan so‘ng okean tubi faol o‘rganilaboshlandi va Vegener g‘oyalarini tasdiqlovchi yangi ma’lumotlar olindi. Bu ma’lumotlar okean tubining topografiyasi, okean po‘stining yoshi va magnit maydoni anomaliyasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zilzilalar va vulkanlarning taqsimlanishi ham Vegenerning dunyoqarashiga mos kelgan. Zilzilalarning va vulkanlarning ko‘pchiligi litosfera plitalari orasidagi chegara bo‘ylab sodir bo‘ladi. Vegener nazariyasini tanqid ostiga olgan olimlar faqat kontinentlarni harakatga keltiruvchi kuchlarga e’tibor berishgan va nazariyani tasdiqlovchi ko‘pchilik dalillarni e’tiborga olishmagan. Alfred Vegenerning o‘limidan so‘ng materiklar dreyfi nazariyasi noto‘g‘ri deb amalda chetlashtirilgan, olimlarning aksariyat qismi tadqiqotlarini geosinklinallar nazariyasi doirasida olib borgan. Ammo ular ham turli kontinentlardagi hayvon va o‘simliklarning bir xil tarqalishini tushuntirishi lozim edi. SHuning uchun keyinchalik suv ostidagi qolib ketgan materiklar orasidagi tutashtiruvchi quruqlik ko‘priklarini o‘ylab topishgan. Bu Atlantidaning kelib chiqishi haqidagiga o‘xshash yana bir afsona edi, xolos. SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, dunyoda katta obro‘ga ega bo‘lgan olimlarning tayziqiga qaramasdan ba’zi olimlar materiklar harakati sohasidagi tadqiqotlarini davom ettirishgan. Masalan, dyu Tua (Alexander du Toit) Himolay tog‘larining hosil bo‘lishini Hindiston va Evrosiyo litosfera plitalarining to‘qnashishi orqali tushuntirgan. Gorizontal harakatlarni istisno qiluvchi fiksistlar va kontinentlarning gorizontal harakatlarini qo‘llab - quvvatlovchi mobilistlar orasida kechgan sust kurash 1960-yillari juda keskinlashib ketdi. 1960-inchi yillari shakllangan litosfera plitalari tektonikasi nazariyasi ham kontinentlar dreyfini tasdiqlaydi. Ikkita okean plitalari yoki okean va kontinental plitalari o‘zaro yaqinlashayotganda subduksiya zonasi shakllanadi – okean plitasi kontinental plita ostiga sho‘ng‘ib, yo‘qolib ketadi. 1960-inchi yillarning boshlarida Dunyo okeani tubi relefining xaritasi tuziladi. Unda okeanlarning o‘rtasida cho‘kindilar bilan qoplangan abissal tekisliklarga nisbatan 1,5-2 km baland ko‘tarilgan o‘rtaokean tizmalarining joylashganligi ko‘rsatilgan (qarang: 157-rasm). Bu ma’lumotlar R. Dits va Garri Xess tomonidan 1962-1963 yillari spreding gipotezasining yaratilishiga sababchi bo‘lgan. Bu gipotezaga muvofiq mantiyada 1sm/yil tezlikdagi konveksiya jarayonlari kechadi. YUqoriga harakatlanuvchi konveksiya oqimlarining tarmoqlari o‘rtaokean tizmalari o‘q qismining tagida har 300-400 yilda bir marta okean tubini yangilovchi mantiya materialini chiqaradi. Kontinentlar, Alfred Vegener o‘ylagandek, okean po‘sti yuzasida emas, balki litosfera plitalari mantiya yuzasida suriladi. Spreding konsepsiyasiga muvofiq, okean havzasi strukturalari doimiy, barqaror emas, kontinentlar esa barqarordir. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling