6-7 laboratoriya ishi. Rangli usulda sinash ishdan maqsad
Download 84,72 Kb. Pdf ko'rish
|
7-tajriba 529f1e3a44e534f11675dd93c960c467
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangli defektoskopiY.
- Ishni bajarish tartibi
6-7 LABORATORIYA ISHI. RANGLI USULDA SINASH Ishdan maqsad: payvand birikmalarini rangli nazorat usullari texnikasini о‘rganish. Ishning mazmuni Kapillyar nazorat qilish usullari suyuqliklarni (penetrantlar) nuqsonlar ichiga kapillyar о‘tishiga va xar xil rang bilan tasvirlanishiga asoslangan. Kapillyar usullar rangli va lyuminessent turlarga ajratiladi. Rangli defektoskopiY. Rangli defektoskopiya usuli mohiyati quyidagilardan iborat. Nuqsonlarni aniqlash maqsadida yog‘dan va iflosliklardan tozalangan payvand choki va chok atrofiga yuqori kapillyarlik xususiyatiga ega maxsus tarkibli va qizil rangga ega suyuqlik surtiladi. Kapillyarlik kuchiga ega bо‘lgan suyuqlik (qizil bо‘yoq) payvand choki nuqsonlari – mayda tirqishlar va oraliqlarga kirib joylashadi. Payvand choki yuzasidan qolgan qizil bо‘yoq ketkazilib, nuqsonlardagi qizil bо‘yoqni tortib oluvchi va adsorblik xususiyatiga ega bо‘lgan oq bо‘yoq surtiladi. Oq bо‘yoq fonida hosil bо‘lgan о‘ziga hos shakldagi qizil dog‘lar nazorat qilinayotgan payvand choki yuzasidagi nuqsonlarni aks etiradi (4.1-rasm).
4.1-Rasm. Rangli defektoskopiya chizmasi: a – indikator suyuqligini surtish; b – ortiqcha indikatorni ketkazish; v – tortib oluvchi suyuqlikni (proyavitel) surtish; g – tortib oluvchi suyuqlikda (proyavitelda) dog‘larni hosil bо‘lishi.
Bu usul legirlangan pо‘latlardan, qora va rangli metallar va ular qotishmalari, plastmassa va boshqa materiallardan iborat bо‘lgan payvand birikmalarini nazorat qilishda qо‘llash mumkin. Nazoratni barcha qoidalariga rioya qilinganda rangli usul yordamida chuqurligi 0,01mm dan yuqori va eni 0,001 mm gacha bо‘lgan yoriqlarni aniqlash mumkin. Bunday nazorat usuli texnologiyasini soddaligi, arzonligi va shuningdek nazorat qilinayotgan detallarni konstruksiyada xar qanday holatda joylashishiga qaramay amalga oshirilishi bilan ajralib turadi.
Lyuminessknt usul nuqsonlardagi penetrant dog‘larini yaxshiroq aks etishi uchun tarkibiga lyuminoforlar – ultrabinafsha nurida yarqiraydigan bо‘yoqlar qо‘shiladi. Jihoz va ashyolar 1. Zanglamas pо‘lat, alyuminiy va magniy qotishmasidan iborat bо‘lgan payvand birikmalar namunalari – (3-4 dona). 2. Magniy oksidi 100 g, moy (avtol) – 0,5 l, kerosin – 1l, alyumin oksidi – 50 g, bо‘yoqli eritma – 0,5 l.
Ishni bajarish tartibi Rangli usulda nazorat qilinayotgan buyum yuzasidagi mayda nuqsonlarni aniqlash tabiiy yorug‘likda va apparatlar yordamisiz amalga oshiriladi. 1. Zanglamas pо‘lat, alyuminiy va magniy qotishmalaridan iborat namunalar payvand choklari iflosliklardan tozalanib kistochka yordamida quyidagi tarkibli qizil bо‘yoq surtiladi: aralashma quyidagi tarkibga ega kerosin 65%, transformator moyi 30%, skipidar 5%va «sudan-3» bо‘yog‘i 1 l. aralashmaga 10-15g. miqdorda tayyorlanadi. 2. Chokga bо‘yoq surtilgandan sо‘ng 15-20 daqiqa vaqt davomida ushlab turiladi, keyin esa chok bо‘yoqdan tozalanib quritiladi. 3. Quritilgan chok yuzasiga pulverizator yordamida alyumin oksidi purkalib issiq xavo oqimi yordamida quritiladi. Payvand choki yuzasidagi qizil rangli chiziqlar yuzadagi darzlarni ichidagi qizil bо‘yoqni alyumin oksidi tortib olib darzlar shakli kо‘rinib qoladi. Hisobot mazmuni Xisobot о‘z ichiga tajriba tavsiri, о‘lchov natijalari va ish bо‘yicha xulosani oladi.
1. Rangli nazorat usulining mohiyati nimadan iborat? 2. Kapillyar usullarni qanday sohalarda qо‘llaniladi?
Download 84,72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling