6-7-mavzu: masofaviy talim va ko‘nikmalarini nazorat qilish, baholashning zamonaviy metodlari va vositlari.


Download 1.74 Mb.
bet2/4
Sana18.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1098577
1   2   3   4
Bog'liq
MASOFAVIY TALIM VA KO‘NIKMALARINI NAZORAT QILISH, BAHOLASHNING ZAMONAVIY METODLARI VA VOSITLARI

Serverga asoslangan LMSlar tashkilot yoki ta’lim muassasasining serveriga o‘rnatiladi. Bu esa foydalanuvchilarga tizimga korporativ login va parol yordamida kirish imkonini beradi. Barcha ma’lumotlar tashkilot yoki ta’lim muassasasi server kompyuterida saqlanadi. Buning uchun esa LMSni o‘rnatish, sozlash, uning tashkilot yoki ta’lim muassasasi dasturiy ta’minotlari bilan integratsiyasini ta’minlash lozim. Asosan, ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida foydalaniladi.
CMS bilan integratsiyalashgan LMSlarda LMS funksiyalarini bajaruvchi maxsus dasturlar CMSga qo‘shiladi va CMSning imkoniyatlarini kengaytirib beradi. CMSning tarkibida alohida o‘quv kurslar bilan ishlovchi qism xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab va kurs ochishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi.
2.Google Classroom, Moodle platformalari imkoniyatlari. Google Classroom platformasi haqida tushuncha. Axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniya nomlaridan biri Google ta’limga oid vositalarni taklif etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan holda, Google for Education tashabbusi asosida Google Classroomni ishga tushirdi. Ushbu bulutli LMS hech qanday sozlovlarni talab etmaydi va Googleda akkauntga ega foydalanuvchi platformadan bemalol foydalanishi mumkin. Google Classroom platformasida o‘quvchilar o‘qituvchilar tomonidan kiritilgan o‘quv materiallarini o‘qishi, topshiriqlarni bajarishi, savollarga javob berishi, nazorat testlarini topshirishlari mumkin. Mazkur platformadan xohlagan qurilma va brauzer yordamida foydalanish mumkin. Eng muhimi, Google Classroom — tekin!
Quyida Google Classroom platformasining ishi bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Google Classroom platformasida o‘quv kursiga a’zo bo‘lish
1. Google akkaunti orqali tizimga kiriladi (1).
2. Google Classroom platformasiga o‘tish uchun Google xizmatlaridan Classroom tanlanadi (2).
3. Kursga bog‘lanish uchun (+) belgisi orqali Join Class tanlanadi va muloqotlar oynasida kursning
kodi (kursga kirish uchun o‘qituvchi tomonidan beriladigan kod, masalan, 2ubiu5p) kiritiladi (3).
4. Tarkibidagi o‘quv materiallari bilan tanishish va topshiriqlarni bajarish uchun kurs tanlanadi (4)


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling