6 Adabiyot II qism 2017. p65
U yillari o‘zbek xalqi miyasiga «Sizlar o‘tmishda
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
U yillari o‘zbek xalqi miyasiga «Sizlar o‘tmishda
savodsiz, madaniyatsiz, aqliy va jismoniy imkoniyatlari cheklangan xalq bo‘lgansizlar. Faqat yurtingizda sho‘ro hukumati o‘rnatilgandan keyingina madaniyatli millatlar qatoriga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz» qabili- dagi tushunchalar g‘oyat ayyorlik bilan singdirilardi. Ikki-uch yillik harbiy xizmatga olib ketilgan yigitlarimiz aksariyat qurilish batalyonlariga tashlanar, ularning kuchidan suvtekin foydalanilardi. Respublikada sportni rivojlantirish, bolalarni sog‘lomlashtirish masalalariga kam e’tibor berilar, bolalar umri paxta dalalarida, xavfli kimyoviy dorilar ostida za- harlanib o‘tardi. O‘z intilishi bilan ko‘pchilikni qoyil qoldirgan iste’dodli sportchilar ham xorijiy davlatlarda bo‘ladigan xalqaro musobaqalarga jo‘natilmas, natijada, dunyo ahli o‘zbeklar kim, O‘zbekiston qanday yurt ekanidan bexabar qolaverardi. Boshqa yoqdan esa turli bahonalar bilan bizning milliy an’ana- larimiz, urf-odatlarimizga davlat miqyosida hujumlar uyushti- rilardi. Dinimiz, e’tiqodimiz ustidan ochiqdan ochiq kulishar, ne- ne asrlar osha zavol ko‘rmay kelgan ko‘plab muqaddas qadamjo- larimiz buzib tashlanardi. Ona tilimiz butun rasmiy idoralar, hujjatlar, aksariyat ta’lim dargohlaridan siqib chiqarilgan, bu tilda gaplashish esa madaniyatsizlik belgisi sifatida qaralardi... Tog‘ay Murod mana shunday sharoitda o‘z qahramoni Bo‘ri polvonga qo‘shilib og‘ir-og‘ir, ayni choqda yozuvchi uchun xavfli-xavfli o‘ylarga cho‘madi. Bu o‘ylarini el oldiga, boyagi makkor hukumat oldiga olib chiqishdan cho‘chib o‘tirmaydi: «Xalq nimasi bilan xalq? O‘zining urf-odatlari bilan xalq! Ko‘p urf-odatlarimizni birov- lar... birovlar o‘ziniki qilib oldi! Biz qo‘limizni burnimizga tiqib qoldik. 1 4 7 ! Shunday keta bersak, hademay... o‘zimizni-da boy berib qo‘yamiz! Bu yog‘i kamday, ne-ne nimalarimizni eskilik sarqiti deb yo‘q qildik. Xiyol bo‘lmasa xalqning o‘zini-da... eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin, dedik! Bugun buni yo‘qota bersak, ertaga uni yo‘qota bersak... podadan nima farqimiz qoladi?..» Bo‘ri polvonning bu o‘ylari «Buni rais biladimi?..» degan sa- vol bilan tugayotganiga e’tibor bering. Xo‘p, rais biladi ham deylik, nima qila oladi? Undan kattaroq raislar, vazir-u noiblar nima qila olyaptiki, kichik bir kolxoz raisi bir narsa qila olsin! Aslida ularning biror narsa qilishi, nimanidir o‘zgartirishi – keyingi masala. O‘zi ular bu haqida jiddiyroq o‘ylaydimi? Shu muammolarni o‘ylab hech uyqulari qochganmi? Agar jiddiyroq o‘ylaganlarida, ozgina ixlos qo‘yib harakat qilganlarida bu masalalarni ham yoritish yozuvchiga qolmas edi- ku! Shunday emasmi? Xuddi Bo‘ri polvondek yozuvchi ham noyob urflarimiz, ko‘h- na ma’naviy boyliklarimiz sekin-asta unutilishi, borib-borib esa yo‘q bo‘lib ketishidan jiddiy xavotirga tushadi. Agar e’tibor qilgan bo‘lsangiz, bu qissada qadimiy xalq musobaqasi – kurash san’atining butun qonun-qoidalari eng mayda jihatlarigacha batafsil tasvirlanadi. Ikkinchi qissa – «Ot kishnagan oqshom»da chavandozlik, otlar bilan bog‘liq o‘yinlar, otlarning zoti, parva- rishi singari mavzular yoritiladi. «Otamdan qolgan dalalar» romanida bo‘lsa, qadim o‘zbekning paxtakorlik faoliyati sir- sinoatlari to‘liq qog‘ozga tushiriladi. Tog‘ay Murod bu ishni ongli ravishda, ezgu maqsad yo‘lida qilgani shubhasizdir. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling