6 Adabiyot II qism 2017. p65
Zero, chinakam yozuvchilar ajdodlarni avlodlarga
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Zero, chinakam yozuvchilar ajdodlarni avlodlarga,
zamonlarni zamonlarga ulovchi, xalq madaniyatining jonkuyar targ‘ibotchilari sifatida ham tarixiy vazifalarni ado etadilar! Xalqona ibora bilan aytsak, «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi muallifi Tog‘ay Murodning Xudoga aytgani bor ekan. Yurtimiz 1 4 8 mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, juda ko‘p xalq an’analari singari o‘zbek kurashini keng targ‘ib etish, yoshlarni unga jalb qilish, bu sport turini har tomonlama ommalashtirish borasida ulkan ijobiy ishlar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz tomonidan kurashga alohida e’tibor qaratilib, bugungi kunda bu sport turi bilan nafaqat mamlakatimizda, balki ko‘plab xorijiy yurtlarda ham minglab odamlar shug‘ullanmoqda. O‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnirlar bugunga kelib Yer yuzining barcha qit’alarida o‘tkazilayotgani bu mardlar musobaqasining qanchalar halol, gumanistik xarakterga ega ekanini yana bir bor isbotlamoqda. 1. Tog‘ay Murod va unga tengdosh yozuvchilar ijodiga xos bo‘l- gan asosiy xususiyatlarni biror asar misolida ko‘rsatishga hara- kat qiling. 2. Tog‘ay Murodning darslikda keltirilgan qissasidan boshqa yana qanday asarlarini o‘qigansiz? 3. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi Siz hozirga qadar o‘qigan boshqa yozuvchilar asarlaridan ko‘proq nimasi bilan farq qiladi? 4. Bo‘ri polvon tabiatan qanaqa odam? Nega u o‘ttizga kirguncha uylanmay yurdi? 5. Nasim polvon bilan Bo‘ri polvon o‘rtasida qanday ziddiyat yuz berganini qissani to‘liq o‘qish orqali bilib olishga harakat qiling. 6. Bo‘ri polvonning hech qachon o‘z manfaatini ko‘zlab ish qil- masligi qaysi harakatlarida namoyon bo‘ladi? 7. Bo‘ri polvon nega o‘g‘li Tilovberdining g‘alabasini tan olishni istamadi va uni qaytadan kurashga tushishga majbur qildi? 8. Tilovberdining Abray polvondan yengilganidan keyingi holatini qanday izohlaysiz? Bu otaga hurmatsizlik belgisimidi yoki boshqa narsami? 9. Tog‘ay Murod qissasini mutolaa qilib, o‘zingiz uchun o‘zlash- tirgan eng muhim ma’naviy boylik nima bo‘ldi? 10. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi asosida ijodiy insho yozing va sinfdoshlaringizga o‘qib bering. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling