Bolalarda qad-qomatning shakillanishi va kamchiliklari. Reja: - I.Kirish.
- II.Asosiy qism:
- Bolalik va o`smirlik davrlari.
- Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari.
- Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash.
- Qad-qomat va uning buzilishlari.
Chaqaloq tug`ilgandan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o`smirlik davri hisoblanadi. Bu quyidagi davrlarga bo`linadi: Chaqaloq tug`ilgandan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o`smirlik davri hisoblanadi. Bu quyidagi davrlarga bo`linadi: - chaqaloqlik davri - tug`ilgandan-1 oylikkacha; - ko`krak yoshi davri - 2 oylikdan-1 yoshga to`lgunicha; - maktabgacha tarbiya yoshi davri - 2-6 yosh; - kichik maktab yoshi davri - 7-11 yosh; - o`rta maktab yoshi davri - 12-14 yosh; - katta maktab yoshi davri - 15-18 yosh; - o`smirlik davri- 15-18 yosh. Bolalik va o`smirlik davrlarining xususiyatlari. Uch oylik bola 18-19 soat uxlaydi, u tovush chiqqan tomonga qaraydi, kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi, 7 oylikda bemalol o`tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan tura boshlaydi, 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi, 12 oylikda o`zi yura boshlaydi va ayrim oson so`zlarni ayta oladi. Bolaning suyaklari normal rivojlanayogani uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi.Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta tishi bo`lishi kerak. Bola boshning ensa va tepa suyaklari o`rtasidagi kichik liqildoq (bo`sh joy)-5-7 oyligida peshona va tepa suyaklari o`rtasidagi katta liqildoq-10-12 oyligida bitadi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak. D vitamini yetishmasa bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi. To`sh, qovurg`a, qo`l-oyoq suyaklari yumshab egiluvchan bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |