Skoliozning oqibati: - 1.Odam qad-qomati buziladi.
- 2.O`pka, yurak faoliyati qiyinlashadi.
- 3.Jismoniy ish bajarganda nafas qisadi, yurak o`ynaydi, tez charchaydi, jismoniy ish bajarish imkoniyati pasayadi.
Skoliozni davolash: - 1. Birinchi va ikkinchi darajali skoliozda davolash mashqlari qo`llanadi.
- 2.Uchinchi darajali skoliozda travmatologiya shifoxonasining maxsus ortopedik bo`limida gipsli krovatda yotadi, umurtqa pog`onasini qiyshaygan sohasiga maxsus korset kiyadi, davolash mashqlari bilan shug`ullanadi, suvda o`tkaziladigan mashqlarning samaradorligi yaxshi bo`ladi.
- 3.Skoliozning og`ir turida operatsiya yo`li bilan umurtqalar orasidagi disklar (tog`aylar)ning egriliklari to`g`rilanadi.Shuningdek, popoinatsiya qilinadi (umurtqalar orasidagi egrilangan disk (tog`ay)larga popain (ferment) in`yeksiya qilinadi).
Qad-qomatning noto`g`ri shakllanishi odam tashqi ko`rinishiga salbiy ta`sir ko`rsatishidan tashqari, ichki a'zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, me`da va ichak) ning rivojlanishi va funksiyasini buzilishi, odamning jismoniy ish bajarish imkonini ma`lum darajada pasayishiga sabab bo`ladi. Odam jismoniy mehnat qilganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi. Qad-qomatning noto`g`ri shakllanishi odam tashqi ko`rinishiga salbiy ta`sir ko`rsatishidan tashqari, ichki a'zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, me`da va ichak) ning rivojlanishi va funksiyasini buzilishi, odamning jismoniy ish bajarish imkonini ma`lum darajada pasayishiga sabab bo`ladi. Odam jismoniy mehnat qilganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi. - Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak:
- - bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim, yostiq pastroq bo'lishi kerak. To'shak qalin, juda yumshoq, yostiqning baland bo'lishi bola umurtqa pog'onasining bo`yin, ko`krak, bel qismlaridagi egilishlarni miyoriga nisbatan ortiq bo`lishiga olib keladi.
- - bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o`n oylik bo`lgunicha oyog'ida uzoq vaqt tik turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo'lganligi sababli, tana massasini ko'tara olmasdan, oyoqlari egrilanishi mumkin. Natijada bunday bola katta bo`lganida, uning oyoqlari “O” smon shaklda bo`ladi (tik turganida ikki oyoq o`rtasida bo`shliq bo`ladi), yoki oyoqlari “X”smon shaklda bo`ladi (tik turganida tizza bo`g`imlari bir-biriga tegib turadi, ammo son va boldir orasida bo`shliq bo`ladi);
Do'stlaringiz bilan baham: |