Bolalarda qad-qomatning shakillanishi va kamchiliklari
Download 1.47 Mb.
|
Bolalarda qad-qomatning shakillanishi va kamchiliklari
Chaqaloqning umurtqa pog`onasi tekis bo`ladi, ya`ni unda fiziologik egriliklar bo`lmaydi. U 8-10 haftalik bo`lganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog`onasining bo`yin qismida oldinga tabiiy egilish hosil bo`ladi. Bola 5 oyligida o`tira boshlaydi va uning umurtqa pog`onasi ko`krak qismida tabiiy egilma hosil bo`ladi.Bir yoshda bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon tabiiy egilma hosil bo`ladi.Maktabgacha tarbiya yoshi davri 2-6 yoshlarni o`z ichiga oladi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3 yosh oxirida so`z boyligi 1000 tagacha yetishi mumkin. Ular harakatchan, tinib-tinchimas bo`lgani uchun shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar iste`mol qiladigan dorilar bilan zaharlanishga moyil bo`ladilar. Shu bois, ularni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko`p qismi tog`aydan iborat bo`lib, ular yumshoq, egiluvchan bo`ladi.Shuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo`lishi, ya`ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o`tirishi, stol-stulning bo`yiga mos bo`lmasligi, to`shagining juda yumshoq bo`lishi, og`ir yuk ko`tarishi kabilar uning umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomatining buzilishiga sabab bo`ladi.Maktab yoshi davri. Ma`lumki, har bir odam umrining o`n bir yilini maktabda, kollej (litsey) da o`tkazadi. Bu davr o`ziga xos xususiyatlarga ega.Bu davrda bola va o`smir organizmi tez o`sadi va rivojlanadi. Yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoitini to`g`ri yoki noto`g`ri tashkil etilishi ularning o`sishi, rivojlanishi va ijobiy yoki salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.Uch oylik bola 18-19 soat uxlaydi, u tovush chiqqan tomonga qaraydi, kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi, 7 oylikda bemalol o`tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan tura boshlaydi, 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi, 12 oylikda o`zi yura boshlaydi va ayrim oson so`zlarni ayta oladi.Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling