Maktab yoshi davri. Ma`lumki, har bir odam umrining o`n bir yilini maktabda, kollej (litsey) da o`tkazadi. Bu davr o`ziga xos xususiyatlarga ega.Bu davrda bola va o`smir organizmi tez o`sadi va rivojlanadi. Yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoitini to`g`ri yoki noto`g`ri tashkil etilishi ularning o`sishi, rivojlanishi va ijobiy yoki salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talabalariga rioya qilinishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi va sifati, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish qoidalariga amal qilish zarurligini ularga tushuntirish o`qituvchilar zimmasida. Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash. Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat: 1.Samotometrik tekshiruv usuli – bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda), ko`krak qafasi aylanasi, tana vaznini aniqlash; 2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullarining kuchini aniqlash; 3.Samotoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, oyoqlar shaklini aniqlash, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi. Jismoniy rivojlanishning samotometrik tekshiruv usullari. - Jismoniy rivojlanishning samotometrik tekshiruv usullari.
Bo`y uzunligi antropometr asbobi yordamida aniqlanadi.Yog`och va metaldan yasalgan antropometrlar bo`ladi. Tekshiriluvchi poyafzalsiz, orqasi bilan antropometrga tiralib tik turadi. Uning kuraklari oralig`i, dumbasi, tovonlari antropometrga tegib turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |