Kifoz qad-qomat. Tik turganda yelkalari oldinga osilgan, orqasining yuqori qismi do'ppaygan va yumaloqlashgan, ko'krak qafasi ichiga kirgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Kifoz qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin va bel qismidagi oldinga egilishlari normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishi esa ko'p bo'lishi tufayli yuzaga keladi. - Kifoz qad-qomat. Tik turganda yelkalari oldinga osilgan, orqasining yuqori qismi do'ppaygan va yumaloqlashgan, ko'krak qafasi ichiga kirgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Kifoz qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin va bel qismidagi oldinga egilishlari normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishi esa ko'p bo'lishi tufayli yuzaga keladi.
- Kekkaygan qad-qomat. Tik turganda orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining hamma tabiiy egilishlari normaga nisbatan kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi.
- Skolioz qad-qomat. Tik tirganda yelkalarning biri baland, biri past, kuraklarni biri baland, biri past bo`ladi. Ko`ylaksiz, yalong`och holatda ko`rganda, umurtqa pog`onasining o`ng yoki chap tomonga egrilanganini ko`rish mumkin.
Umurtqa pog`onasining egrilanishini oz yoki ko`p bo`lishiga ko`ra skolioz 3 darajada bo`ladi: - - birinchi daraja skoliozda odam kuylaksiz tik turgan vaziyatda ikki qo`lini boshining orqasiga qo`ysa, umurtqa pog`onasining egrilangan qismi tekislanadi, ya`ni skolioz vaqtincha yo`qoladi.Bunda umurtqa pog`onasi muskullarining tarangligi pasaygan bo`ladi;
- - ikkinchi daraja skoliozda odam yuqoridagi vaziyatda turganda skolioz vaqtincha yo`qoladi. Bunda umurtqa pog`onasi muskullarini tarangligi pasayishdan tashqari, paylar ham cho`zilgan bo`ladi.
- - uchinchi daraja skoliozda umurtqa pog`onasining egrilanishi odamning ko`ylaksiz (yalang`och) holatida yaqqol ko`rinib turadi. Umurtqa pog`onasining bukilib, dumboq hosil qilgan tomonidagi qovurg`alar ichiga botadi, qarama-qarshi tomondagi qovurg`alar esa bo`rtib chiqadi.Turnikka osilganda skolioz yo`qolmaydi. Bunda umurtqa pog`onasining muskullari va paylari tarangligini pasayishidan tashqari, umurtqalar orasidagi tog`aylar va umurtqa suyaklari ham o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |