Bolalarda qad-qomatning shakillanishi va kamchiliklari


Yog`och antropometrning o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y uzunligi o`lchanadi


Download 1.47 Mb.
bet5/10
Sana01.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1317610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bolalarda qad-qomatning shakillanishi va kamchiliklari

Yog`och antropometrning o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y uzunligi o`lchanadi.

Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarning bo`y uzunligini yotgan vaziyatda o`lchash uchun stol ustiga joylashtirilgan maxsus bolalar antropometri qo`llanadi.

  • Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari.
  • Chaqaloqning bo`y uzunligi normada 45-54 sm.gacha bo`lsa, u to`liq tug`ilgan hisoblanadi. O`rtacha 50 sm bo`ladi.Bo`y uzunligi 45 sm.dan kam bo`lsa chaqaloq chala tug`ilgan hisoblanadi.

    Bola bir yoshga kirgunicha har oyda o`rtacha 2 sm o`sadi.Bir yoshga to`lgan bolaning bo`yi 75 sm bo`ladi.

    2 yoshdan 15 yoshgacha bola va o`smirning bo`yi har yili 5 sm.ga ko`payadi. Shu yoshdagi bolalarning bo`y uzunligi qancha bo`lishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

    Bo`y uzunligi = 75 + (5 x n)

    75 sm – bir yoshlik bolaning bo`y uzunligi

    5 sm – bir yilda bo`y o`sish

    n – bola yoshining soni

    Masalan, 5 yoshli bolaning bo`yi 100 sm bo`ladi (Formuladagi “n” o`rniga 5 quyiladi).

    O`gil va qiz bola bo`yi 10 yoshgacha bir xil o`sadi.11-12 yoshda qizlarning o`sishi biroz tezlashadi. 13-14 yoshda o`gil bolalarning o`sishi tezlashadi.15 yoshda ularning bo`yi tenglashadi.16 yoshdan boshlab yigit o`smirlar bo`yini o`sishi tezlashadi.Qizlarni o`sishi 18 yoshda, yigitlarning o`sishi 20 yoshda deyarli to`xtaydi. Ayrim hollarda qizlar bo`yini o`sishi 21-23 yoshgacha, yigitlar bo`yini o`sishi 23-25 yoshgacha, juda sekin bo`lsada davom etishi mumkin. Bo`y o`sishi to`xtagandan keyin, yigitlar (erkaklar) ning bo`y uzunligini me`yori o`rtacha 170 sm, deb qabul qilingan.

    Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi.

    Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi.

    Tekshiriluvchi ichki kiyimida poyafzalsiz tarozi o`rtasida qimirlamay tik turishi kerak.

    Bir yoshgacha bolaning tana vazni stol ustida joylashtirilgan maxsus tibbiy tarozida aniqlanadi.Bola yo`tqizilgan vaziyatda vazni o`lchanadi.

    Chaqaloq tana vazni normada 2500-3500 grammgacha bo`ladi.O`rtacha 3000 gr (3 kg).Chaqaloq tana vazni 2500 grammdan kam bo`lsa, chala tug`ilgan hisoblanadi.


    Download 1.47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling