6 Adabiyot II qism 2017. p65
Baraks – aksincha. 2 Shaxnishin
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Baraks – aksincha.
2 Shaxnishin – pana joy, tuynuk. 1 0 0 sezgan Qutlug‘ Nigor xonim ichida Yaratganga yana bir shukrona aytib qo‘ydi. Ayvoni Sirdaryoga qaragan bahavo, keng xonaga kir- dilar. Gilamlar, beqasam ko‘rpachalar to‘shalgan xonaning to‘rida silliq charm qoplangan sandiq ko‘rindi. Uchovlari shu sandiqqa yaqinlashganlarida Qutlug‘ Nigor xonim Boburga qarab dedi: – Esingizdami, otangiz sizga: «Bobokalonimiz Amir Temur- dan qolgan noyob meros bor, asrab-avaylab yuribmen, katta bo‘l- ganingizda berurmen», – der edilar? – Ha, otam bizga Sohibqiron bobomiz haqida ko‘p g‘aroyib hikoyalar ham aytib berganlar. – Bobokalonlariga ixloslari zo‘r edi-da. Vafotlaridan keyin o‘shal merosni Axsidan izladim, topolmadim. O‘tgan hafta Andi- jonda ko‘ch yig‘ishtirgan paytimizda xonayi xosning devoriga osilgan turkman gilamini olsak, usti shuvalgan tuynukning izi ko‘rindi... Tuynuk orqasidagi maxfiy joyga mana shu sandiq berkitilgan ekan!.. Qutlug‘ Nigor xonim namoz o‘qigan paytidagi kabi ezgu bir tovush bilan sekin: – Bismillohir rahmonir rohiym! – dedi-da, sandiqni ochdi. Undan nafis ipak matoga o‘ralgan oltin sopli qilichni ikki qo‘l- lab olib o‘g‘liga ko‘rsatdi: – Sohibqiron Amir Temurning qilichlari! Bobur quloqlariga ishonmay, ko‘zlarini katta-katta ochib qilichga tikildi: – Rostdanmi, a? – Yozuvlari bor! Oling, bolam, o‘qib ko‘ring! Qilichning qini yengil bir ma’dan qotishmasidan quyma qilib yasalgan, ustidan oltin suvi yugurtirilgan edi. Qinning yuz tomo- niga ikkita yirik yashil zumrad toshi qadalgan, ularning oralig‘i- da chiroyli xattotlik harflari bilan bitilgan arabcha yozuv bor edi. Bobur qilichni onasining qo‘lidan ikki qo‘llab oldi-da, yozu- vini ko‘zlariga yaqin keltirib o‘qidi: «Bizkim, maliki Turon, podshohi Turkiston Amir Temur Ko‘- ragon farzandimiz Mironshoh Mirzoga To‘xtamish bilan muhori- 1 0 1 bada ko‘rsatgan jasorati uchun o‘z qilichlarimizdan birini in’om etdik». Bobur bu qilich dastasiga Amir Temurning qo‘li tekkanini, balki Sohibqiron uni janglarda ishga solganini ko‘z oldiga kelti- rib hayajonlanib ketdi. To‘xtamishxon va boshqa chingiziylar bilan qilingan dahshatli janglar xayolida gavdalandi. – Qilichning o‘zida ham bitik bor, – dedi past tovush bilan Xonzoda begim. Bobur qilichning oltin sopidan sekin tortib, uni bir qarichcha qinidan chiqardi. Shunda olmosday yaltiragan qisqa bir yozuv ko‘ziga jilvalanib ko‘rindi. Amir Temurning muhridagi «Rosti – rusti», ya’ni «Kuch – adolatdadir» degan so‘zlar qilichning po‘latiga qadama tarzida mustahkam qilib bitilgan edi. Bu qisqa so‘zlarni o‘qiganda negadir Boburning eti jimirlab ketdi, dilida qo‘zg‘algan kuchli bir tug‘yondan entikdi, qilich- dagi olmos yozuvni ko‘zlariga surib o‘pdi. Qilich uncha og‘ir emas edi. Bobur uni beliga taqqanda atro- fidagi hamma narsa ko‘ziga boyagidan boshqacha – allanechuk sokin va salobatli ko‘rindi. – Onajon, siz menga yangi bir ruh ato qildingiz! – Bobokalonlaringizning ruhi sizga madadkor bo‘lsin, o‘g‘- lim! Bu qilichni Mironshoh bahodirdan so‘ng otangizning otalari Sulton Abusaid bahodir taqqan ekanlar. Inshoolloh, siz ham bobolaringizdek bahodir bo‘lg‘aysiz! – Aytganingiz kelsin! – Xudo rahmati Abusaid bobongiz vafot etganlaridan so‘ng qolgan meroslari o‘g‘illari orasida taqsim etilur. Katta o‘g‘illar oltin-u javohir to‘la sandiqlarni talashib olurlar. Ammo sizning jannatmakon otangiz mana shu sandiqdagi qilich bilan xotirotlar bitilgan daftarlarni afzal ko‘rurlar. Chunki bu xotirotlarda Amir Temur hazratlarining ko‘rgan-kechirganlari bitilmishdir. Xonzoda, qizim, siz o‘qib ko‘rdingiz, shekilli? – Ha, Sohibqiron bobomiz yigitlik paytlarida chingiziylar hukmronligiga qarshi chiqqan ekanlar. El-yurt Samarqandda 1 0 2 Temurbekni o‘z hukmdorlari deb e’lon qilgan ekan. Chingi- ziylarni yurtimizdan quvmoqchi bo‘lganlar ko‘p ekan. Bundan g‘azablangan Tug‘luq Temurxon bilan uning o‘g‘li Ilyosxo‘ja Mo‘g‘ulistondan ellik ming qo‘shin bilan kelib, Temurbek taraf- dorlarini qirg‘in qilurlar. Temurbekning o‘zi Qoraqum, Qizilqum sahrolarida, Hisor-u Badaxshon tog‘larida to‘rt yil quvg‘inda yurib, kuch to‘playdirlar. Bobur bu hodisalar haqida otasidan ham ko‘p maroqli hikoya- lar eshitganini esladi. Ayniqsa, Temurbekning suyukli yosh xotini O‘ljoy Turkon og‘a bilan eng og‘ir damlarda birga bo‘lgani, goho xotinini otiga mindirib, o‘zi qum sahrosida piyoda yurgan- lari yosh Boburga kuchli ta’sir qilgan edi. Shuni biladigan Xonzoda begim inisiga mehri toblanib tikildi: – Sizda ham Sohibqiron bobokaloningizdagi jo‘mardlikdan bor, amirzodam! – dedi. – O‘shdagi suhbatlarimiz yodingizdami? Siz meni Ahmad Tanbalning tajovuzidan qutqarganingizni umrbod unutmagaymen! Bo‘lajak kelinimiz Oyisha begimni siz Samarqanddan yog‘iy asoratidan xalos qilib, bizga xayrixoh Toshkentga kuzatib qo‘yibsiz. Bu ham bir jo‘mardlik emasmi? Yetti oy qamal azobini tortgan samarqandliklarga oshlik tarqatib- siz, urug‘ligi qolmagan dehqonlarga bahorda urug‘lik keltirib beribsiz. Bu hammasi dilingizda adolat tuyg‘usi kuchli ekanidan dalolatdir. Belingizdagi qilichga Sohibqiron bobokaloningizning «Kuch – adolatdadir» degan hikmatlari bejiz bitilmagan. Ahmad Tanbalning o‘n ming askari bo‘lgani uchun u hozir «Men kuchli- men!» deb yuribdir. Ammo yolg‘onning umri qisqa! Ahmad Tan- bal Andijonni aldamchilik bilan egalladi, sizni «o‘ldi» deb ovoza tarqatdi. Siz sog‘-salomat qaytganingizni odamlar hademay bilurlar, Tanbalning yolg‘oni fosh bo‘lur. Uning zolimligidan hamma bezor bo‘ladigan kunlar kelur. – Ana o‘shal kunlar kelguncha sabr-bardoshli bo‘ling, Bobur- jon, – dedi onasi. – Sohibqiron bobongiz mana shu Xo‘jandga ham necha bor kelganlar. Sirdaryodan necha marta o‘tganlar, 1 0 3 vaziyat yetilishini yillar davomida kutganlar, axiyri adolat g‘olib chiqqan kunlarga yetganlar. Siz ham yetursiz, ishoning! – Ishondim, onajon! Siz bilan egachim mening dilimda o‘chib qolgan umid chiroqlarini qayta yondirganday bo‘ldilaringiz. Minba’d men doim Sohibqiron bobokalonimizdan saboq olib ish tutgaymen! Onasi in’om qilgan buyuk meros chindan ham Boburning dilini ravshan qilib yuborgan edi. Ular kelib tushgan bog‘da o‘riklar oppoq bo‘lib gullagani endi uning ko‘ziga tashlandi. Daryo bo‘yidagi qalin chakalakzorda bulbullar basma-bas say- rayotgani qulog‘iga chalindi. Ayvonga chiqqanda kechki shabada yuziga ipakday mayin salqinlik berdi. * * * Ammo bu mas’ud damlardan keyin kelgan kunlar, oylar, hatto yillar lomakon 1 lik va sargardonlikda o‘ta boshladi. Sohibqiron bobokalonidan saboq olib yashashga ahd qilgan Bobur buning qanchalik qiyin bo‘lishini o‘z boshiga og‘ir kunlar tushganda bildi. U onasi in’om qilgan sandiqdagi xotirotlarni takror-takror o‘qib, Sohibqiron bobosini yigitlik paytidagi ismi bilan xayolida Temurbek deb atashga o‘rgandi. Temurbek yigirma besh yoshida Samarqand va Shahrisabzdagi xonumonidan judo bo‘lgani va ota yurtining to‘rt tomoniga bosh urib najot izlagani Boburning hozirgi ahvolini eslatardi. To‘g‘ri, Temurbekka tajovuz qilgan Ilyosxo‘ja va Amir Bek- chiklar Ahmad Tanbaldan yuz chandon qudratliroq va xatarliroq edi. Ular Temurbekni tutib olib o‘ldirish uchun minglab odam- larni safarbar etadilar. O‘lim xavfi yillar davomida Temurbek bilan izma-iz yuradi. Qoraqum sahrosidan narida, Xiva bo‘sa- g‘asida Temurbek oltmish yigiti bilan ming kishilik yov qursho- vini qo‘lda qilich bilan yorib chiqib, qutulib ketadi. Endi o‘n yetti yoshga kirayotgan Bobur hali bunday dahshatli xatarlarga duch kelgan emas. Faqat ota yurtidan ayrilib, lomakon 1 Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling