Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona davlat universiteti Tarix fakulteti


Download 158.95 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi158.95 Kb.
#1518564
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turdaliyev Qudratjon





Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Fargʻona davlat universiteti Tarix fakulteti
Tarix yoʻnalishi 22.72-guruh talabasi
Turdaliyev Qudratjonning
Oʻzbekiston tarixidan tayyorlagan
R e f e r a t i


Topshirdi: Turdaliyev Qudratjon
Mavzu: Arab xalifaligi shajarasini tuzish.
Reja:

  1. To’rt xalifa haqida umumiy ma’lumot.

  2. Uvaviylar xalifalari.

  3. Abbosiylar xalifalari.

Abu Bakr Siddiq haqida
Abu Bakr Siddiq ibn Abu Kuhofa roziyallohu anhu Makkaning Quraysh qabilasi tamim urug’idan, milodiy 573-yili tug’ilganlar. Ismlari Abdulloh, otalarining ismi Usmon, onalariniki Ummul Xoyr. Ota-ona tomonidan sulolalari Murrada Rosululloh alayhisallom sulolalari bilan birlashadi. Abu Bakr kunyasi bilan tanilgan bu zot ilk sakkiz musulmonning ham, Asharia Mubashsharaning ham, Xulafoi roshiddin ham birinchisi edi. Xalifaliklari paytdida Qur’oni Karim oyatlarini birinchi bo’lib to’plaganlari uchun ‘’Jomi’ul Qur’on ‘’ unvoniga sazavor bo’lishgan. Hamma ishda adolatni birinchi o’ringa qo’yganlar. Xalifaliklari ikki yil-u uch oy davom etdi. Rasulullohdandan bizga 142 ta hadis rioyat qilganlar. Abu Bakr Siddiq bilimdon, badavlat kishi bo’lganlar. Hech qachon butga sig’inmaganlar, ichkilikni han og’ziga olmaganlar. Islomni hech ikkilanmay qabul qilganliklari va Rasululloh sollallohu alayha vassalam me’rojlarini eshitgan zahoti tasdiqlaganliklari uchun ‘’Siddiq’’ unvoni berilgan. Qizlari Oysha roziyallohu anhoni Rasuli akramga nikohlab berib, aqroblik rishtalarini bog’laganlar. Barcha g’azotlarda Sarvari olam bilan yonma-yon turdilar, u Zotga xalifa edilar. Rasululloh sollallohu alayha vassalam hastalanib qolganlarida u Zotning o’rnilariga o’n yetti vaqt namozga imomlik qilganlar. Rasuli akram vafotlari munosabatlari bilan mushriklar fitnasi kuchayib ketgan, ashob sarosimaga tushgan buhronli kunda birgina Abu Bakr Siddiq aql bilan ish yuritdilar. O’zlarining mashhur xutbalari bilan sahobalarni tinchitib tassali berdilar. Payg’ambarimiz alayhisallom vafotlaridan keyin musulmonlarga xalifa etib saylandi. Nihoyatda kamtarona, oddiy hayot kechirdilar, davlat boshlig’i bo’lganlarida ikki dirham maosh bilan kun kechirganlar. Hijriy 13 ya’ni milodiy 634 yili oltmish uch yoshlarida Madinada vafot etdilar. Rasuli akramning ‘’Hujrai saodat’’larida u Zotning yonlariga dafn qilinganlar. Abu Bakr Siddiq Makkai Mukarramada o’sib-ulg’aydilar. Faqat tijorat uchungina shahardandan tashqariga chiqar edilar. U kishi tijoratlari ustidan katta mol-dunyo topganlar.. Shu bilan birga, Abu Bakr Siddiq xayr-u ehson va muruvvatlari bilan ham johiliyat ahli orasida nom chiqarganlar. Ukishi Qurayshning rahbarbarlaridan bo’lib, maslahat-mashvarat ishlarida doimo ishtirok etib, kishilarning muhabbatini qozonganlar. Abu Bakr Siddiq ham johiliyat davrida, ham Islom sharafli bo’lgan o’n kishining biridir. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu johiliyat davrining odamlari ichidagi eng iffatli kishikaridan edilar. U kishi o’z ixtiyorlari bilan, o’zlaricha xamr ichishni tark etganlar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Islim dini yo’lida birinchi bo’lib bor- budini sarflagan kishi, desak mubolag’a bo’lmaydi. U kishi boy bo’lishi bilan birga, o’ta saxiy ham edilar.Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning Islim shavqatini yuksaltirish borasidagi hizmatlari, ayniqsa, Usoma ibn Zayd boshliq Islom lashkarini Rum tomonga hozirlashda va Rosululloh alayhissalom vafotlaridan keyin ayrim dindan qaytarib, Islom davlatiga bo’ysunishdan bosh tortgan murtad arab qabilalariga hamda yangi chiqqan soxta payg’ambarlarga qarshi kurashda, ayniqsa, beqiyosdir.
Abu Bakr Siddiqning oxirgi so’zlari’’ Men musulmon holimda vafot ettirgan va solihlarga qo’shgan’’ oyati bo’lgan ekan. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu jumaduloxir oyining tugashiga sakkiz kun qolganda, seshanba kuni, oltmish uchlarida vafot etganlar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni xotini Asma binti Umays va o’g’li Abdurahmonlar yuvishganlar. O’zlarining kiyimlariga kafanlaganlar. Janozalarini esa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o’qiganlar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Oysha onamizning hujralariga, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamning yonlariga kechasi dafn qilingan. U kishining boshlari Payg’ambar sollallohu alayha vasallamning yelkalariga to’g’irlab qo’yilgan.
Umar ibn Xattob haqida
Umar ibn Xattob uzun bo’yli, quyiq- soqol mo’ylovli, boshlarining old tomonlari sochsiz, ikki qo’llari bilan teng harakat qila oladigan, ulkan odimlar tashlab, biroz shoshiliroq yuradigan kishi edilar. O’zlari Quraysh qabilasidan bo’lib, otalarining nomlari Xattob o’g’li, Nufayl o’g’li, Abdul Uzzo o’g’li, Riyoh o’g’li, Razoq o’g’li, Adiy o’g’li kabidur. Nomlari Umar, kunniyalari Abu Xafs, laqablari esa Foruqdir. Haq birla botilni o’rtasini to’g’ri ajratganliklari uchun Rasululloh hazratlari tomonlaridan ushbu Foruq, ya’ni ajratuvchi degan laqab bilan laqablangandirlar. Onalari Xantama nomli ayol bo’lib, Qurayshning bani Mxsum naslidandurlar. Umar roziyallohu anhu fil yilidan uch yil keyin tug’ilgan bo’lib, Rasululloh payg’ambarlikka musharraf bo’lgan vaqtlarida yigirma yetti yoshlar chamasida edi.
Umar ibn Xattob johiliyat zamonida sharif va sayyid kishilardan bo’lib, Qurayshning elchilik xizmatini bajarganlar. Yoshlik paytlaridan to xalifa bo’lganlanlariga qadar savdogarlik bilan shug’ullanganlar. Yoshlik mpaytlarida otalarining qo’ylarini boqib yurardilar. Xalifa bo’lib, amalga mingan vaqtlarida mana shu yoshlik ayyomlarida qo’y boqib yurgan yerlaridan o’tib qolsalar har doim ‘’ Mana shu yerlardan Xattobning qo’ylarini o’tlatib podachilik qilardim. Otam muomalasi qattiq kishi edilar. Ba’zan qo’y boqib, ba’zan esa o’tin terib kun o’tkazar edim. Hozir esa xalqni kutishiga boshladim. Endilikda mendan ustun Rabbil olamidan boshqa kimsa yo’q’’- der ekanlar.
Umar ibn Xattobning madaniy islohatlar:
Pochta hizmatini eng birinchi bo’lib Islom davlatida yo’lga qo’’yganlar kishi Umar ibn Xattob bo’lgandirlar. Avvaldan pochta hizmati sodda bo’lgan. Uni alohida yo’llarda hizmat ko’rsatadigan bo’limlari va boquvda turgan otlari bo’lmagan. Asosan, pochta xizmatini to’laqonli yo’lga qo’yilishi Muoviya zamonlarida bo’lgan, shu tufayli pochta xizmatini tarixchilar pochta xizmatinining tashkilotchisi deb Muoviyani tilga oladilar. Biroq, ilk bor islom olamiga olib kirgan odam sifatida Umar ibn Xattob hisoblanadi. O’zlarining muomalada ishlatadigan pullari bo’lmagan. Hijratning 15- yilida Xolid ibn Valid nomlariga birinchi bor dinor pul ishlab chiqdi. Keyinchalik, Umar ibn Xattob kumush tangalar ham ishlab chiqaradi. Ular asosan Eron tangalari shaklida bo’lib faqatgina ba’zi bir yozuvlari qo’shimcha qilingan, xolos. Umar ibn Xattobning obodonchilik yo’lida qilgan xizmatlarining eng zo’ri Basra, Kufa va Misrda Fistot shaharlarini bino qildirishlari bo’ldi. Basra shahrining o’rni avvalda askarlar turadigan qo’rg’on bo’lgandi. 14-yilda arab fotihlari fath etishganidan keyin harbiy qarorgohga aylantirilgandi. 17-yilda Kufa shahrini bino qilish boshlanib, Basra ham shaharga aylantirildi. Basrani Utba ibn G’azvon, Kufani esa Sa’d ibn Vaqqos ustida turib bino qildirishgandur. Misrni esa xalifa ruhsati bilan Misr fotihi va voliysi tomonidan Fistot shahri bino qildi. Umar ibn Xattobning obodonchilik yo’lidagi yana eng muhim ishlaridan biri, Nil daryosi bilan Qizil dengizni tutashtiruvchi anhor qazittirganidur. Keyinchalik, Amiral mo’mini qo’ltig’i deb nom olgan ushbu kanalni Umar ibn Xattob ruhsati bilan Amr ibn Os qazitgan edilar. Umar roziyallohu anhu davrida esa arablar Falastin, Suriya, Misr va Liviya, Eronning katta qismini istilo qilganlar.
Usmon ibn Affon haqida
U kishi asli Quraysh toifasidan bo’lib, nasablari Rasululloh nasablariga Abdumannob orqali birlashadi. Usmom roziyallohu anhu fil yilining oltinchi sanasida, ya’ni to’g’ri ryga ko’ra Rasululloh hazratlarining tug’ilishlaridan olti yil keyin dunyoga kelganlar. U zot barokat Toif shahrida olamga keldilar. Onalari Arvo Qurayz ibni Abdu Shams ibni Abdumannobning qizlaridur. Momolari esa nabiy alayhissalomning ammalari bo’lmish Abdul Mutallibning Bayzo nomli qizlaridur.Usmon roziyallohu alayhi vassalam haqida na’lumot kam keltirilgan. U kishi ko’rkam, o’rta bo’yli , chiroyli yuzli edilar. Hazrati Usmon nihoyatda qattiq hisli, uyatchan kishi edilar. Usmon roziyallohu anhu serpul, savdogar odam edilar. Usmon Xalifalikka 23- hijriy yil zulhijja oyining oxirgi kuni saylandilar. 24-hijriyning birinchi muharram oyida davlat kursisini qabul qildi. Shu vaqtda yoshlari hijriy yil bilan 70 da edilar.
Usmon xalifaligi davrida (622-656) Eron to’liq bosib olingan. Arb qo’shinlari Dog’istinni egallab, Amudaryo sohillariga chiqdi. Usmon ibn Affol davrida Qur’on oyatlari to’planib, yagona kitob holiga keltirilgan.
Ali ibn Abu Tolib haqida
Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu o’ta kambag’al va dunyo ishlariga zohid bo’lganliklaridan ularning hayotlari iqtisodiy tanglik ila o’tar edi. Bu haqiqat mo’tabar hadis, siyrat va tarix kitoblarimizda o’z aksini topadi. U kishi Kufada oddiy odamlar bilan aralashib yashadilar. Chunki bundan boshqa narsani bilmas ham, xohlamas ham edilar. Ko’cha-ko’yda, bozorda o’zlarini yolg’iz uylariga kerak ishlarini qilib yurgan hollari ham bo’lar edi. U kishining yukini ko’tara olmay turgan kishiga uni ko’tartirib qo’yishlari, bozorda biror narsani talashib turgan kishilarni ajratib qo’yishlari va shunga o’xshash holatlar bir narsa edi.
Muoviya I - (661-680),

Download 158.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling