Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona davlat universiteti Tarix fakulteti


Download 158.95 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi158.95 Kb.
#1518564
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turdaliyev Qudratjon

1.Saffoh 132-750
2.Mansur 136-754
3.Maadiy 158 -775
4.Hodiy 169-785
5.Horun ar-Rashid 170-786
6.Amin 193-809
7.Maʼmun 198-813
8.Mutasim 218-833
9.Vosiq 227-842
10.Mutavakkil 232- 847
11.Muntasir 247-861
12.Mustaʼin 248-862
13.Mu’tazz 252-866
14.Muhtadiy 255-869
15.Mu’tamid 256-870
16.Mu’tazid 279-892
17.Muktafiy 289-902
18.Muqtadir 295-908
19.Qohir 320-932
20.Roziy 322-934
21.Muttaqiy 329-940
22.Mustakfiy 333-944
23.Muteʼ 334-946
24.Toi’ 363-974
25.Qodir 381-991
26.Qoim 422-1031
27.Muqtadiy 467-1075
28.Mustazhir 487-1094
29.Mustarshid 512-1118
30.Rashid 529-1135
31.Muqtafiy 530-1136
32.Mustanjid 555-1160
33.Mustazi’ 566-1170
34.Nosir 575-1180
35.Zohir 622-1225
36.Mustansir 623-1226
37.Mustaʼsim 640-656-1242
Abul Abbos as-Saffoh haqida
Abul Abbos as-Saffoh, to’liq ismi Abul Abbos Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos ibn Abdulmuttalib, taxminan 100-108/718-726-yil, ilk abbosiy xalifa (750-754-yillar). Umaviylarga qarshi abbosiy qo‘zg‘olonini boshlagan Imom Muhammad ibn Alining o‘g‘li bo‘lgan Abul Abbos as-Saffoh bolalik va o‘smirlik chog‘larini Humaymada oilasi bilan birga o‘tkazgan. Og‘abegi Imom Ibrohim, umaviy xalifasi Marvon II tomonidan qo‘lga olinib Harronga olib ketilayotganda o‘z oilasiga ukasi Abul Abbos as-Saffohni valiahd etib tayinlaganini aytadi va unga bayʼat etishlarini so‘raydi. Abu-l-Abbos as-Saffoh inqilobchilarning Kufaga kirganlaridan bir oy keyin 132-yil safar/749-yilning oktyabr oyida oilasi bilan birga Kufaga keladi. Biroq ular shaharda yaxshi kutib olinmaydilar. Kufada vaziyatga hokim bo‘lib turgan va Alining avlodini quvvatlaganini hanuz ochiq oshkor etmagan Abu Salama al-Xallol, Ali avlodi istiqomat qilayotgan yerni xurosonliklardan himoya qilib, kelishuvlarni kuta bosh­ladi. Hanuz Iroqning markazi Vosit va umaviy xonadonining markazi bo‘lgan Shom itoat ostiga olinmaganidan, ustiga-ustak qo‘zg‘olonning natijasi aniq bo‘lmaganidan Abu Salama yangi xalifaning tan olinishini kechiktirishga harakat qilayotgan edi. Abu Muslim Xurosoniyning ishonchli odamlaridan Abul Jahm ibn Atiyya al-Bohiliy, Abu Salamaning chalg‘ituvchi xiylasini anglab, Hammom-Aʼyondagi Xuroson qo‘shiniga vaziyatni xabar qiladi. Natijada 12 kishi darhol Kufaga yo‘l olib Abul Abbos asSaffohga bayʼat qiladi. Qo‘zg‘olonning tayyorlanishida va muvaffaqiyat qozonishida hech qanday roli bo‘lmagan Abul Abbos as-Saffoh 132-yilning 12 -rabiʼul-oxirida (749-yil noyabr) juma kuni Kufa masjidida ilk abbosiy xalifa sifatida bayʼat oladi. Minbarda xutba o‘qib, hokimiyat abbosiylarning haqqi ekanini aytadi. Xutbasida abbosiylar va iroqliklar orasidagi manfaat birligi haqida gapiradi. Abul Abbos as-Saffoh ichki ziddiyatlarga barham berish bilan musulmonlarning siyosiy birligini ta’minlagan, Andalus va Shimoliy Afrikaning g’arbiy qismlaridan tashqari butun Islom olamida xalifa sifatida tan olindi. Qutbada o’qigan ilk xutbasida ‘’Saffoh’’ ya’ni qon to’kuvchi unvoni bilan tanitgan Abul Abbos as-Saffohning umaviylar va tarafdorlariga qarshi qo’llagan qattiq siyosati mazkur unvonning shaxsiyatiga uyg’un eknligini ko’rsatyapti.



Horun ar-Rashid xalifaligi haqida

Bundan 1234-yil oldin 786-yil 14-sentabr kuni Abbosiylar xalifaligi taxtiga xalifa al-Mahdiyning o‘g‘li Horun ibn Muhammad al-Mahdiy ibn al-Mansur o‘tirdi. Shu tariqa islom olamining eng gullagan davri deya e’tirof etiladigan Xorun ar-Rashid davri boshlandi. Beshinchi abbosiy xalifa bo‘lmish Horun ar-Rashid 76--yilda Ray shahrida tavallud topdi. Otasi 775-785-yillarda hukmronlik qilgan uchinchi abbosiy xalifa Muhammad al-Mahdiy bo‘lib, onasining ismi Hayzuran yamanlik joriyalardan biri edi. Onasining kuchli xarakterga ega ekani uning saroydagi nufuzi oshishida va farzandlarining davlat tepasiga kelishida muhim rol o‘ynagan. Bolaligi Bag‘doddagi abbosiylar saroyida hashamat ichra kechgan Horun 15 yoshlarga yetganda katta janglarda ishtirok etdi va ularda qo‘mondonlik ham qildi. Jumladan, Mansur Abdulhakimning “Horun ar-Rashid: tuhmatlar qilingan xalifa” asarida quyidagi voqea bayon etiladi: “Mahdiy farzandi Horunni ot choptirish, o‘q otish, nayza uloqtirish va jang san’ati kabi o‘yin-mashqlar bilan band qildi. Horunning qaddi-qomati mustahkamlanib, baquvvat yigit bo‘lib yetishganidan keyin, 163-yilda (hijriy) otasi uni Rum (Vizantiya)ga urushga jo‘natdi. Qo‘shinda Husayn ibn Qahtoba, Muso ibn Iyso va Abdulloh ibn Solih kabi mashhur va kuchli sarkardalar borligiga qaramay, Horunni qo‘shin boshlig‘i (sarkardasi) qilib tayinladi. Bu paytda ar-Rashidning yoshi 15 dan oshmagan edi”. Vizantiyaga amalga oshirilgan milodiy 782-yilgi urushda Bosfor bo‘g‘ozi ichigacha kirib borib, bugungi Uskudargacha yetib boradi. Shu urushlar natijasida vizantiyaliklar bilan tinchlik sulhi imzolanishiga erishadi va ularga katta o‘lponlar to‘lash majburiyatini yuklaydi. Shu tariqa zafar bilan qaytgan Horunga otasi tomonidan Misr, Suriya, Armaniston va Ozarbayjon yerlari voliyligi beriladi. Uning nomidan ishlarni xalifalikda yuksak ehtiromga ega bo‘lgan barmakiylar oilasining boshlig‘i Yahyo ibn Xolid Barmakiy boshqaradi. Otasining vafotidan so‘ng xalifalik taxtiga akasi al-Hodiy o‘tirdi. Uning 784–786-yillardagi qisqa muddatli xalifaligidan so‘ng 786-yilda vafot etishi ortidan taxtga Horun ar-Rashid o‘tirdi.




Muhammad Al-Amin xaligaligi haqida

Download 158.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling