Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona davlat universiteti Tarix fakulteti


Download 158.95 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi158.95 Kb.
#1518564
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turdaliyev Qudratjon

Yazid I - (680-683)
Muoviya II - (683-684)
Marvon I -(684-685)
Abdulmalik - (685-705)
Valid - (705-715)
Sulaymon - (715-717)
Umar - (717-720)
Yazid II - (720-724)
Hishom -(724-743)
Valid II - (743-744)
Yazid III -(744)
Ibroxim –-(744)
Marvon II - (744-750)
Xalifa Muoviya I haqida
Muoviya ibn Abu Sufyon ibn Harb ibn Umayya ibn Abdushams ibn Abduma’nof ibn Qusay ibn Kilob al-Qurayshiy. Kunyasi Abu Abdurahmon bo‘lgan. Muoviya ibn Abu Sufyoning otasi Abu Sufyon ibn Harb (565-653) quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lishidan avval islomning ashaddiy dushmani bo‘lgani ma’lum va mashhur. Muoviyaning onasi Hind binti Utba ibn Robi’a (584-636) edi. Bu ayolning ham Makka fathidan so‘ng (630-yil), islomga kelgani, undan oldin Alloh dinining eng 14 ashaddiy dushmanlaridan bo‘lganligi ko‘pchilikka ma’lum. Uxud urushi kuni hazrati Hamza ibn Abdulmuttalibning o‘limlariga va qiymalanishlariga aynan Hind binti Utba sababchi bo‘lgani ham sir emas. Muoviya ibn Abu Sufyon mazkur ota va onasidan Makkai mukarramada hijratdan 15 yil oldin tavallud topdi. U kishi novcha, oppoq, kelishgan va haybatli odam bo‘lgan. Ana shunday ota-onaning tarbiyasini olgan, shunday oilada unib-o‘sib farzandning darhol musulmon bo‘lishi qiyin edi. Usmon ibn Affon kabi Muoviya ham “xalifat rasulluloh” (Alloh rasulining o‘rinbosari, vakili) unvoni o‘rniga, “xalifatulloh” (Allohning vakili) unvonini qabul qilgan. Bu unvon o‘zida diniy hokimiyatni ham nazarda tutar edi. Muoviya doimo qabila boshliqlari va viloyat hokimlari bilan kelishish yo‘lini tutgan. Shaxsiy qobiliyatlari, kuchi va aqliga tayanib davlatda xavsizlikni ta’minlashga intilgan. Suriyalik qo‘shinlarni u mamlakatning turli hududlariga tarqatib yubordi va ularga doimiy ravishda hadyalar berib turdi. Tarixchi Y.Vellxauzenning fikriga ko‘ra, xalifa Muoviya mohir diplomat bo‘lgan. Iste’dodli kishilarni yuqori lavozimlarga qo‘ygan, o‘ziga ishonmagan kishilarni ham turli mansablarga tayinlagan. Tarixchi P. Kronning fikricha, Muoviya siyosatining muvaffiqiyatiga suriyalik arab qabilalari katta yordam bergan. Xususan, Qudo’a qabilasi hukmronligi ostida butun Suriyadagi arablar jamlangan edi. Suriyada Iroq va Misrdan farqli o‘laroq, shaharlardagi xilma-xil qabilalar hukumatning hamma qarorlarini ham qo‘llab-quvvatlamas edi. Bu narsa xalifa oldiga qabilalar bilan kelishish majburiyatini yuklardi. Hazrati Ali davrida Iroqdagi qabilalar ittifoqining parchalanishi qabilalarni yagona markazga bo‘ysundirish imkonsizligini ko‘rsatdi. Ammo Muoviya I davrida 656-661-yillarda yuz bergan ichki fitnalar natijasida zaiflashgan xalifalikning parchalanishi oldi olindi.

Xalifa Sulaymon haqida
Sulaymon-Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, hukmdor. Mil.avv.965-928 yillarda Isroilludeya podshohi boʻlgan. Dovudning oʻgʻli. 13yoshida taxtga oʻtirgan. Yetuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan koʻra olimroq boʻlgan. Rivoyatga koʻra, u jamiki insonlar, hayvonlar va parrandalar olamiga podshohlik qilgan, qushlar tilini tushungan. Shamollar ham uning ixtiyorida boʻlib, Sulamon farmoniga koʻra, u xodit bildirgan joyda esardi. Sulaymonga berilgan moʻjizalardan biri mis koni edi, deb rivoyat qilinadi: paygʻambar izmidagi jinlar oʻsha misdan uning xohlagan narsasini yasab berishar ekan. Jinlarning Sulaymonga qasrlar bunyod etgani, dengiz tubidan duru javohirlar olib chiqib bergani naql etiladi. Sulaymon oʻz qoʻl ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bular orasida hudhud (sassiqpopishak) ham boʻlib, u Yamanning Sabo shahridan quyoshparast malika Bilqis haqida xabar keltiradi. S. Bilqisga maktub yoʻllab, uni yolgʻiz Allohga itoat etishga daʼvat etadi. Sulaymon otasining vasiyatiga koʻra, Aqso masjidini qurdirdi. Sharq va Gʻarbda bir qancha mamlakatlarni zabt etib, jahongir boʻldi. Sulaymonning oʻlimi bilan bogʻliq rivoyat jinlar, devlar gʻaybni-kelajakda roʻy beradigan voqea-hodisalarni biladi, degan gumonlarni rad etadi: jon taslim qilgan Sulaymon tayangan hassani uzoq vaqt yogʻoch qurti yeb u yerga qulab tushmaguncha, jinlar Sulaymonning vafot etganini bilmaganlar va paygʻambar ularga buyurgan vazifa — baland qasr bino qilish ishini davom ettiraverganlar 




Xalifa Yazid II haqida

Download 158.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling